О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet24/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Nazorat uchun savollar:
1.Jismoniy tarbiyani tashkil etishda qanday tamoyillardan foydalaniladi?

2.Bolalarga jismoniy tarbiya berishda qanday metodlardan foydalaniladi?


3.Jismoniy tarbiya berish metodlari qanday turlarga bо‘linadi?
4.Kо‘rgazmali metodlarning mazmun va mohiyati nimadan iborat?
5.Amaliy metodlarning mazmun va mohiyati nimadan iborat?
6.Og‘zaki metodlarning mazmun va mohiyati nimadan iborat?
7.О‘yin metodlarning mazmun va mohiyati nimadan iborat?
8. Musobaqa metodlarning mazmun va mohiyati nimadan iborat?


Mavzu: 5 Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari
Mavzu rejasi:
1.Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
2.Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi.
3.Tabiatning tabiiy kuchlari.
Tayanch iboralar: Sog‘lomlashtirish vazifalari,тa’limiy vazifalar,тarbiyaviy vazifalar, jismoniy tarbiya vositalari, gigiyenik omillar,tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv), jismoniy mashqlar,xilma-xil faoliyat turlari, uqalash.

5.1.Jismoniy tarbiyaning vazifalari
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir:

  1. Sog‘lomlashtirish vazifalari.


  2. Ta’limiy vazifalar.


  3. Tarbiyaviy vazifalar.




Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yо‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bо‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir.
Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:
  • suyaklarning tо‘g‘ri va о‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishi, tovon ravoqlarining rivojlanishi, bо‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish;


  • tana qismlarining (proporsiyalar) tо‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklarning о‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;


  • barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qо‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bо‘yin, kо‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);


  • kо‘proq zaifrivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim;


  • yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va tо‘satdan о‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish;


  • kо‘krak qafasi harakatchanligini о‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritm barqarorligiga, о‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;


  • ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) tо‘g‘ri ishlashiga yordamlashish;


  • termoregulyatsiya funksiyasining tо‘g‘ri rivojlanishiga kо‘maklashish;


  • markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qо‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish.





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling