O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46

Issiqlik mashinasi. Issiqlik mashinasi deb yoqilg‘ining ichki ener-

giyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga aytiladi.

Issiqlik  mashinasining ish prinsiði 63- rasmda ko‘rsatilgan. Bir

siklda  Ò

1

  temperaturali  isitkichdan  Q  issiqlik  miqdori  olinib,Ò



2

temperaturali sovitgichga Q

2

 issiqlik miqdori qaytariladi va Q



1



Q

2

 miqdordagi ish bajariladi. 64- rasmda  issiqlik mashinasining tuzili-



shi ko‘rsatilgan. Har qanday dvigatel uchta qismdan iborat: ishchi

modda (gaz yoki bug‘), isitkich va sovitgich. Isitkichdan Q

1

 issiqlik



miqdori olgan ishchi modda kengayib ish bajaradi. Yoqilg‘ining yoni-

shi natijasida isitkichning temperaturasi Ò

1

 o‘zgarmas bo‘lib qoladi.



63- rasm.

Siqilishda ishchi modda Q

1

 issiqlik miq-



dorini Ò

2

T

1

 temperaturali sovitgichga



uzatadi. Issiqlik dvigateli siklik ravishda

ishlashi kerak. Aylanma jarayon yoki sikl

deb sistema bir qancha holatlardan o‘tib,

dastlabki  holatiga qaytadigan jarayonga

aytiladi (65- rasm). Soat strelkasi aylanishi

bo‘ylab ro‘y beradigan jarayon (gaz ol-

din kengayib, keyin siqiladi) to‘g‘ri sikl,

soat strelkasi aylanishiga teskari yo‘nalishda

(gaz oldin siqilib, keyin kengayadi) ro‘y

beradigan jarayon esa teskari sikl deyiladi.

Issiqlik mashinalari to‘g‘ri sikl, sovit-

gichlar esa teskari sikl asosida ishlaydi.

Sikl tugaganda ishchi modda  o‘zining

dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni uning

ichki energiyasi boshlang‘ich qiymatiga ega

bo‘ladi.


Issiqlik

mashinasi



A

Q

1

Q

2

T

1

T

2

www.ziyouz.com kutubxonasi



163

Karno sikli. Karno sikli ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayon-

lardan tashkil topgan (66- rasm). 1 — 2  jarayonda ideal gaz isitkich-

dan olingan issiqlik miqdori (Q

1

) hisobiga izotermik kengayib, ish



bajaradi. Ò = const bo‘lganidan gazning ichki energiyasi o‘zgarmaydi.

2 — 3 jarayonda gaz adiabatik kengayib, ichki energiyasi hisobiga ish

bajaradi. Chunki bu jarayonda gaz issiqlik miqdori olmaydi. 3 — 4

izotermik siqilishda ajraladigan barcha Q

2

 issiqlik miqdori sovitgichga



uzatilib, ichki energiya o‘zgarmaydi. 4 — 1 adiabatik  siqilishda baja-

rilgan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi. Shunday qilib,

ideal gaz o‘zining dastlabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini

to‘la tiklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan Q

1

 issiqlik miqdori-



ni oladi va sovitgichga Q

2

 issiqlik miqdori beradi. Òermodinamika-



ning birinchi qonuniga muvofiq, Q

1

— Q



2

 issiqlik miqdori ish ba-

jarishga sarflanadi va sikl o‘rab turgan yuzaga teng.

Issiqlik  mashinasining  foydali  ish  koeffitsiyenti.  Issiqlik

mashinasining yoki Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK)

deb quyidagi kattalikka aytiladi:

1

2



1

.

Q



Q

Q

-

h =



                                         

(46.1)


Isitkich

Sovitkich



T

1

Q

1

Q

2

T

2

Q

1

-Q



2

 

64- rasm.

65- rasm.

66- rasm

.

izoterma


ad

ia

ba



ta

izoterma


ad

ia

ba



ta

p

p

www.ziyouz.com kutubxonasi



164

Shuningdek, Karno siklining FIK ni isitkichning Ò

1

 va sovitgichning



Ò

2

 temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:



1

2

1



.

T

T

T

-

h =



                                          

(46.2)


Demak, issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog‘liq

bo‘lmay, balki isitkichning va sovitgichning temperaturalari bilangina

aniqlanadi.

(46.1) ifodadan yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1) issiqlik mashinasining FIK ni ko‘tarish uchun isitkichning

temperaturasini oshirish, sovitgichning temperaturasini esa pasayti-

rish kerak;

2) issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo‘ladi.

Bugungi kunda muhandislarning barcha harakatlari issiqlik mashi-

nalarining FIK ni orttirishga qaratilgan. Buning uchun esa mashina

qismlari orasidagi ishqalanishni, yoqilg‘i to‘la yonmasligi natijasidagi

yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘llarini izlamoq darkor. Hozirgi paytda

issiqlik mashinalarining FIK 40% ni tashkil qiladi.

Sovitkichlar. Yuqorida qayd etilganidek, sovitkichlar teskari sikl

prinsiðida  ishlaydi (67- rasm).  Ish bajarish  hisobiga   sistemadan

ma’lum miqdordagi issiqlik miqdori olinadi. Boshqacha aytganda, issiqlik

miqdori sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘tkaziladi va mashina

sovitgichga aylanadi (68- rasm). Eng keng tarqalgan sovitish mashinasi,

bu xo‘jalik muzlatkichidir.



68- rasm.

67- rasm.

p

Sovitish


mashinasi

T

2

Q

2

A



Q

1

T

1

www.ziyouz.com kutubxonasi



165

Sinov savollari

1.

  Issiqlik  mashinasi  deb  qanday  qurilmaga  aytiladi?  2.  Issiqlik



mashinasining ish prinsipi. 3.  Issiqlik mashinasining tuzilishi. 4. Sikl deb

nimaga aytiladi? 5.Òo‘g‘ri sikl deb qanday siklga aytiladi? Òeskari sikl deb-

chi? 6. Qanday mashinalar to‘g‘ri siklda ishlaydi? Òeskari siklda-chi?

7. Karno sikli deb nimaga aytiladi? 8. Karno siklida bajarilgan ish nimaga

teng? 9. Karno siklida ish nima hisobiga bajariladi? 10. Issiqlik mashinasi-

ning foydali ish koeffitsiyenti (FIK). 11. Karno sikli FIK ning temperaturalar

orqali ifodasi. 12. FIK ishchi moddaning turiga bog‘liqmi? 13. FIK isitkich

va sovitkichlarning temperaturalariga bog‘liqmi? 14. Issiqlik mashinasining

FIK ni ko‘tarish uchun nima qilish kerak? 15. Issiqlik mashinasining FIK

qanday qiymatlarni qabul qiladi? 16. Issiqlik mashinasi FIK ning kichik

bo‘lishiga   sabab nima?  17. Sovitkich qanday prinsipda   ishlaydi? 18.  Sovitishga

qanday erishiladi?



  47

- §. Issiqlik dvigatellari. Òabiatni muhofaza

          qilish

M a z m u n i :  issiqlik dvigatellari;  bug‘ mashinasi; ichki yonish

dvigateli;  karburatorli  dvigatel;  dizel;  reaktiv  dvigatel;  tabiatni

muhofaza qilish.



Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug‘ mashinasi, bug‘

turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.



Bug‘ mashinasi. Bug‘ mashinalari va bug‘ turbinalarida isitkich

vazifasini bug‘ qozoni, ishchi modda vazifasini bug‘, sovitgich vazi-

fasini  esa atmosfera yoki ishlatilgan  bug‘ni  sovitish qurilmasi  —

kondensator bajaradi.



Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi

modda vazifasini yonilg‘i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o‘taydi.

Odatda, yonilg‘i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg‘isi

ishlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator)

yordamida yonilg‘i va havo aralashma ko‘rinishida tayyorlanib, silindrga

uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa

atmosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba’zi turdagi dvigatellarga batafsil

to‘xtalamiz.



Karburatorli dvigatel. Òo‘rt taktli karburatorli dvigatelning ish

prinsipi va  ishchi diagrammasini ko‘raylik (69-  rasm).  Òashqi kuchlar

ta’sirida porshen pastga qarab harakatlanganda (69- a rasm), kiritish

klapani ochilib, ishchi aralashma silindrga, tushadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


166

Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro‘y beradi. Porshen

eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (surish

takti) tugaydi: grafikda jarayon 0 — 1  to‘g‘ri chiziq bilan ko‘rsatilgan.

Ikkinchi (qisish) takti ham (69- b rasm)  tashqi kuch ta’sirida ro‘y

beradi.


Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu

grafikda 1 — 2  chiziqqa to‘g‘ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida

chaqnab yonish (69- d rasm). Porshen eng yuqori holatga yetganida

o‘t oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi

keskin ortadi. Grafikda bu 2 — 3  izoxorik jarayonga mos keladi. Kla-

pan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya’ni adiabatik

ravishda kengayadi. 3 — 4  chiziq ishchi yurish deyiluvchi taktga to‘g‘ri

keladi (69- d rasm). Ko‘rinib turibdiki, bu taktda gazning bosimi

pasayadi, hajmi ortadi, temperaturasi pasayadi. Bu holda bajarilgan

ish musbat bo‘lib, u gaz ichki energiyasining kamayishi hisobiga

bajariladi. Òo‘rtinchi takt chiqarib tashlash (69- rasm). Porshen eng

pastga yetganida chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish

moslamasi orqali atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Gazning bosimi

pasayadi va takt oxirida atmosfera bosimiga teng bo‘lib qoladi. Grafikda

bu izoxorik jarayon 4 — 1 chiziq bilan ko‘rsatilgan. Porshen maxovik

energiyasi hisobiga yuqori holatiga qaytadi va takt tugaydi.

Ko‘rilgan yopiq jarayonda — bajarilgan ish jarayonlar chiziqlari

bilan ajratilgan, shtrixlangan shaklning yuzasiga teng bo‘ladi. Grafik-

ni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 3 — 4 qismdagi kengayish 1 — 2

qismdagi qisilishga nisbatan kattaroq bosimda ro‘y beradi. Aynan

shuning natijasida dvigatel foydali ish bajaradi. 3 — 2  va 4 — 1  izoxorik

jarayonlarda (= const) ish nolga teng va yuqorida qayd etilganidek,



69- rasm.

a)

b)

d)

e)

www.ziyouz.com kutubxonasi



167

foydali  ish  adiabatik  kengayish  va  siqilishlarning  farqlari  bilan

aniqlanadi.

Amalda ichki yonish dvigatellarining FIK 20 — 30% ni tashkil

etadi. Ularning  FIK ni  orttirish uchun esa aralashmani ko‘proq

siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg‘i aralashmasini

qattiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg‘i qizib, o‘z-o‘zidan

yonib ketishi mumkin.  Bu esa  dvigatelning ish prinsiðini buzadi.



Dizel. Olmon muhandisi D i z e l  yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli

va FIK ancha yuqori bo‘lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi

ancha yuqori bo‘lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg‘i

o‘z-o‘zidan o‘t olishi uchun yetarli darajada baland bo‘ladi. Yoqilg‘i

esa karburatorli dvigatellarnikidek birdaniga emas, balki asta-sekin,

porshen harakatining biror qismi davomida yonadi. Yoqilg‘ining yonish

jarayoni ishchi bo‘shliqning hajmi ortib borishi davomida ro‘y beradi.

Shuning uchun ham gazlarning bosimi ish davomida o‘zgarmay qoladi.

Shunday qilib, dizelda aralashmaning yonish jarayoni o‘zgarmas

bosimda ro‘y beradi. Karburatorli dvigatellarda esa bu jarayon o‘zgarmas

hajmda  ro‘y  berar  edi.  Dizel,  karburatorli  dvigatelga  qaraganda

tejamkorroq bo‘lib, FIK ham ancha yuqori, qariyb 40% ni tashkil

qiladi. Uning quvvati ham ancha katta bo‘lishi mumkin. Shu bilan

birga, ancha arzon yoqilg‘ida ham ishlayveradi. Dizellar statsionar

qurilmalarda, temir yo‘l, havo va suv transportlarida keng qo‘llaniladi.

Hozirgi paytda kichik quvvatli dizellar avtomashina va traktorlarda

ham ko‘p ishlatilmoqda.

Reaktiv dvigatel. 70- rasmda reaktiv dvigatelning sxemasi keltiril-

gan. Uning ish prinsiði quyidagicha. Samolyot uchganda  qarshidan

kelayotgan  havo  oqimi  bosim  hosil  qiladigan  soplo  orqali  o‘tib,

forsunka sochayotgan yoqilg‘ini qo‘shib oladi. Hosil bo‘lgan ishchi

yoqilg‘i so‘ngra yonish kamerasiga tushadi va o‘t oldiruvchi svecha

yordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo‘lgan

gazlar katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib

70- rasm.

Yoqilg‘i


O‘t oldiruvchi

svecha


Bosim soplosi

Chiqish  soplosi

Yoqilg‘i

kamerasi


F

o

rs



u

n

ka



www.ziyouz.com kutubxonasi

168

tashlanadi. Aralashmaning yonishi bosimning keskin ortishiga olib ke-

ladi  va  natijada  soplodan  chiqadigan  gazning  tezligi  dvigatelga

kirayotgan gazning tezligidan juda katta bo‘ladi. Aynan shu tezliklar

farqi natijasida harakat miqdorining saqlanish qonuniga muvofiq,

reaktiv tortish kuchi vujudga keladi.

Hozirgi  issiqlik  mashinalarining  FIK  40%  dan  (ichki  yonish

dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo‘lishi mumkin. Shuning

uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo‘lida

tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish

dvigatellarining tinimsiz ko‘payib borayotganligi tabiatga va atrof-

muhitga katta xavf tug‘dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish

bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.

Òabiatni muhofaza qilish. Òabiatning oliy mahsuli bo‘lmish inson,

qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular

yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne’matlar — toza havo, toza

suv  va  toza  mahsulotlar  kerak.  Biz  nafas  oladigan  havo  Yer

atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida

kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang,

tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari,

havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo‘ladi.

Issiqlik dvigatellarining ko‘p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda

har yili 2 milliard tonna ko‘mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu

esa Yerdagi temperaturaning ko‘tarilishiga va natijada muzliklarning

erib, okeanlardagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million

tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi.

Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosfera-

ni uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik

va atom elektr stansiyalari quvvatlarining ortishi bilan suvga bo‘lgan

ehtiyoj  ham  ortib  boradi.  Shuning  uchun  hozir  havo  va  suv

havzalarining  ifloslanishidan  saqlanishning  bevosita  va  bilvosita

usullaridan foydalaniladi. Bevosita usul — bu turli tutunlar va gazlarni

tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg‘ilar —

tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzinsiz

yuradigan avtomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar.

Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli moddalar

konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi

chiquvchi  manbalarning  balandligini  orttirish,  meteorologik

sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yuborishning

turli usullaridan foydalanish va hokazolar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



169

Yer maydoni va suv zaxiralaridan oqilona foydalanish maqsadida

esa suv ta’minotining yopiq sikli asosida ishlovchi elektrostansiyalar

majmuasini qurish nazarda tutiladi.

Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chi-

qaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni tozalash

qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Òabiatga ziyon keltiradigan

korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog‘i kerak. Ko‘kalam-

zorlashtirish  ishlarining  ko‘lamini  esa  iloji  boricha  kengaytirish

maqsadga muvofiqdir.

           

Sinov savollari

1.  Issiqlik  dvigatellariga  nimalar  kiradi?  2.  Bug‘  mashinasi.  3.  Ichki

yonish dvigateli.  4.  Ichki yonish dvigatelining ish prinsiði.  5.  Karburatorli

dvigatelning ish prinsiði.  6.  Karburatorli dvigatelning ishchi diagrammasini

tushuntiring.  7. Karburatorli dvigatel nimaning hisobiga foydali ish bajaradi?

8. Ichki yonish dvigatelining  FIK qancha?  9. Ichki yonish dvigateli FIK

ni oshirishning nima  qiyinchiligi bor? 10.  Dizelning ish prinsiði.  11.  Dizel-

ning  ish   prinsipi  karburatorli  dvigatelnikidan  nimasi  bilan  farq  qiladi?

12.  Dizelning  FIK  qancha?  13.  Dizelda    FIK  ning  yuqoriroq  bo‘lishiga

qanday erishiladi? 14. Dizelning qanday  afzallik tomonlari bor? 15. Reaktiv

dvigatelning  ish  prinsiði.    16.  Reaktiv  tortish  kuchi  qanday  vujudga

keltiriladi? 17. Reaktiv dvigatellarning FIK qancha? 18. Ichki yonish dvi-

gatellari tabiatni ifloslamaydimi? 19. Òurli sanoat chiqindilari inson, hayvonot

va o‘simlik dunyosiga zarar keltirmaydimi? 20. Yoqilg‘ilarning ko‘p ishla-

tilishi Yerdagi  o‘rtacha  temperaturaning  ko‘tarilishiga  olib  kelmaydimi?

21.  Òabiatni  muhofaza  qilish  uchun  qanday  chora-tadbirlar  ko‘rilmoq-

da? 22. Sanoat korxonalarining qurilishiga qanday talablar qo‘yilgan?

Masala yechish namunalari

1 -  m a s a l a .  5 kg massali azot hajmi o‘zgarmasdan 150 K gacha

qizdirildi. Gazga berilgan issiqlik miqdori, ichki energiyaning o‘zgarishi,

gaz bajargan  ish  topilsin.

Berilgan:

= 5 kg;

DT = 150 K;



= const;

= 5.

= ?

DU = ?



= ?

Yechish.  Gazning  tashqi  kuchlarga    qarshi

bajargan ishi  À ð × DV.

Àgar = const ekanligini nazarda tutsak, D= 0,

demak, À = 0 bo‘ladi. Unda ushbu jarayon uchun

termodinamikaning birinchi qonuni

= DU

ko‘rinishni oladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


170

Ichki energiyaning o‘zgarishi DU  ni

D

D

U



R

T

i

m

M

=

×



×

2

formuladan topish mumkinligini e’tiborga olamiz. Bu yerda = 5 —



azot  molekulasining  erkinlik  darajasi, 

=

×

-



28 10

3

kg



mol

  azotning

molyar massasi, 

=

×

8 31



,

J

Ê mol



  gaz molyar doimiysi. Berilganlar

yordamida topamiz:

3

5

5



2 28 10

8,31 150J 556,5 kJ.



U

-

×



D

= ×


×

×

=



J a v o b : = 0,   D= 556,5 kJ;   Q = 556,5 kJ.

2 -  m a s a l a .  Foydali ish koeffitsiyenti 0,4 ga teng bo‘lgan Karno

siklida gazning izotermik ravishda kengayishda  bajarilgan ish 8 J

bo‘lsa, gazning izotermik ravishda siqilishidagi ish aniqlansin.

Berilgan:

h = 0,4;


A

k

= 8 J;



Ò = const.

A

s

= ?



bu yerda: Q

1

 — gaz isitkichdan olgan issiqlik miqdori, Q



2

 — gaz sovitkichga

bergan issiqlik miqdori. Izotermik kengayishda bajarilgan A

k

 ish gaz



isitkichdan olgan Q

1

 



issiqlik miqdoriga, izotermik siqilishdagi A

s

 



ish esa

gaz sovitkichga bergan Q

2

 issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi, ya’ni



Q

1

A



k

;    Q

2

A



s

.

Unda siklning FIK  quyidagi ko‘rinishni oladi:



 

k

s



k

A

A

A

-

h =



yoki   bundan  A

c

 ni topsak,



A

s

 = (1 — h)A



k

.

Berilganlar yordamida olamiz:



s

(1 0,4) 8J

4,8J.

=

-

×



=

J a v o b : A

]

= 4,8 J.


Yechish. Siklning ðV — diagrammasini tuzamiz

(66- rasm).    1 — 2  o‘tish  gazning  izotermik

kengayishini;  3 — 4  o‘tish  esa  izotermik

siqilishini  ko‘rsatadi.  Karno  siklining  FIK

quyidagicha aniqlanadi:

1

2



1

,

Q



Q

Q

-

h =



www.ziyouz.com kutubxonasi

171

Òest savollari

1. Berilgan formulalar orasidan gazning bajargan ishi ifodasini

toping:


A. pDV.

B. · Dl.

C. · Dh.

D. · U.

E. · j.

2. Izoxorik jarayonda ideal gazga 300 J issiqlik uzatilgan. Gazning

ichki energiyasi qanchagacha o‘zgargan?

A. 150 J ga ortgan.

B. 300 J ga ortgan.

C. 200 J ga ortgan.

D. 200 J ga kamaydi.

E. O‘zgarmagan.

3. Òo‘g‘ri tasdiqni toping: 1 kg moddaning temperaturasini 1 °C

ga o‘zgartirishda unga beriladigan yoki undan olinadigan issiqlik miqdori...

deyiladi.

A. ... solishtirma erish issiqligi ...

B. ... solishtirma qotish issiqligi ...

C. ... solishtirma issiqlik sig‘imi ...

D. ... issiqlik miqdori ...

E. ... solishtirma yonish issiqligi ...



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling