O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46

Sinov  savollari

1. Gazlarning suyulishi deb nimaga aytiladi? 2. Gazni qachon suyultirish

mumkin? 3. Gazlarning temperaturasini  pasaytirishning  qanday usullari

mavjud? 4. Kritik temperatura yuqori bo‘lgan gazlar qanday sovitiladi?

5.  Detander nima maqsadda ishlatiladi? 6. Reaktiv turbodetanderni kim

kashf qilgan? 7. Reaktiv  turbodetanderning ish prinsipi.  8. Suyuq havo

qayerlarda ishlatiladi? 9. Qattiq simob, qattiq spirt qanday hosil qilinadi?

10. Gazlarning suyulish temperaturasida moddalarning xossalari qanday

o‘zgaradi? 11. Dyuar idishidan nima maqsadda foydalaniladi? 12. Dyuar

idishi qanday tuzilgan?



51- §. Havoning namligi. Shudring nuqtasi

M a z m u n i :  namlik,  absolut  va  nisbiy  namliklar,  shudring

nuqtasi;  gigrometr, psixrometr.

Namlik. Yer kurrasidagi  barcha suv havzalarining sirtidan suvning

tinimsiz bug‘lanishi ro‘y berib turadi. Shuning uchun ham atmosfera

tarkibida suv bug‘lari ham mavjud. Atmosferadagi suv bug‘larining

miqdorini xarakterlash uchun namlik tushunchasi kiritiladi.



Absolut va nisbiy namliklar. Absolut namlik deb — 1 m

3

 havo



tarkibida mavjud bo‘lgan suv bug‘larining miqdori bilan xarakter-

lanuvchi kattalikka aytiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


181

Amalda  absolut namlikdan tashqari havoning bug‘ bilan to‘yinish

darajasini bilish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu maqsadda

nisbiy namlik tushunchasi kiritiladi. Nisbiy namlik deb, absolut namlik



D  ning  shu  temperaturada  1m

3

  havoni  to‘yintirish  uchun  zarur



bo‘ladigan suv bug‘larining miqdori D

0

 ga foizlarda ifodalangan nisbati



bilan aniqlanuvchi kattalikka aytiladi:

f

D

D

=

×



0

100%.


Agar havoning tarkibida suv bug‘lari bo‘lmasa, uning absolut va

nisbiy namliklari nolga teng bo‘ladi.



Shudring nuqtasi. Havodagi suv bug‘lari to‘yingan holatda bo‘la-

digan temperatura shudring nuqtasi  deyiladi.

Òurli temperaturalar uchun D

0

 ning qiymati jadvalda beriladi.



Shunday qilib, shudring nuqtasi va havoning temperaturasi ma’lum

bo‘lsa, jadvalda ularga mos bo‘lgan D va D

0

 ning qiymatlarini olib,



nisbiy  namlik f ni hisoblash mumkin.

Gigrometr. Havoning namligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob

gigrometr deyiladi.  Eng oddiy gigrometrning ish  prinsiði havoning

namligi ortishi bilan inson sochining uzayishiga asoslangan. Soch

gigrometrining tuzilishi 73- rasmda ko‘rsatilgan. C soch tolasining

73-  rasm.

C

yuqori uchi mahkamlanib, yengil blok  orqali

aylantirib o‘tkazilgan ikkinchi uchiga R yuk

osilgan. Blokka berkitilgan S  ko‘rsatkich soch

uzunligining o‘zgarishini bildiradi. Asbobni

oldindan mos oraliqlarga bo‘lib chiqib, nisbiy

namlikni bevosita aniqlash  mumkin.

Psixrometr. Havoning namligini aniqroq

hisoblash uchun p s i x r o m e t r  deyiluvchi

asbobdan foydalaniladi (74- rasm). U ikkita

74- rasm.

Doka


Suv

R

R

www.ziyouz.com kutubxonasi



182

termometrdan iborat bo‘lib, ulardan birining simobli shari suvli idishga

tushirilgan doka bilan o‘ralgan. Doka kapillarlaridan ko‘tarilgan  suv

termometr simobli sharini ho‘llaydi. Agar havo suv bug‘lari bilan

to‘yinmagan bo‘lsa, dokadagi suv bug‘lanib, termometrni sovitadi.

Natijada ho‘llangan termometrning ko‘rsatishi quruq termometrning

ko‘rsatishidan pastroq bo‘ladi.

Havo qancha quruq bo‘lsa, ho‘l va quruq termometrlar ko‘rsat-

kichlari orasidagi farq ham shuncha katta bo‘ladi. Shu farqqa asosan

psixrometr jadvalidan havoning nisbiy namligi aniqlanadi. Agar havo

suv  bug‘lari  bilan  to‘yingan  bo‘lsa,  unda  dokadagi  suv  bug‘lan-

maydi. Òermometrlarning ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib, nisbiy namlik

100 % ekanligini ko‘rsatadi. Bunday hol yomg‘ir yog‘ayotgan va

tuman tushgan paytda bo‘lishi mumkin.



Sinov savollari

1. Namlik tushunchasi nima maqsadda kiritiladi? 2. Absolut namlik

deb nimaga aytiladi? 3. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi? 4. Shudring

nuqtasi deb qanday temperaturaga aytiladi?  5. Gigrometr nima maqsadda

ishlatiladi? 6. Soch gigrometrining tuzilishi?  7. Soch gigrometrining ish

prinsiði nimaga  asoslangan? 8. Psixrometrdan nima maqsadda foydalaniladi?

9. Psixrometr qanday tuzilgan? 10. Psixrometrning ish prinsiði. 11. Qachon

ho‘l termometrning ko‘rsatishi quruq termometrnikidan pastroq bo‘ladi?

12. Qachon termometrlar ko‘rsatishlari orasidagi farq kattaroq bo‘ladi?

13. Psixrometr jadvali nimani ko‘rsatadi? 14. Òermometrlarning ko‘rsatish-

lari bir xil bo‘lsa, nisbiy namlik qanday bo‘ladi? 15. Òuman tushganda

nisbiy namlik nimaga teng bo‘ladi?



52- §. Atmosfera va gidrosfera. Sayyoralarning

        atmosferasi

M a z m u n i : atmosfera; troposfera; stratosfera; mezosfera; ter-

mosfera; ekzosfera; Venera atmosferasi;  boshqa sayyoralar atmosferasi;

gidrosfera;  jahon okeanining hayot uchun ahamiyati.



Atmosfera. Yerning havo qobig‘iga atmosfera deyilib, u yunoncha

„atmos“ — bug‘, „sfera“ — shar so‘zlari birikmasidan iborat. Atmo-

sfera Yer bilan birgalikda bir butundek aylanadi. Uning massasi

5,15 · 10

kg atrofida. Yer sirtidagi atmosfera tarkibining 78,1 % ini



azot, 21 % ini kislorod, 0,9 % ini argon tashkil qiladi. Juda kam

miqdorda karbonat angidrid, vodorod, geliy, neon va boshqa xil gazlar

www.ziyouz.com kutubxonasi


183

mavjud. 20 — 25 km balandlikda yerdagi jonli organizmlarni qisqa

to‘lqinli kosmik nurlarning zararli ta’siridan asrovchi ozon qatlami

joylashgan.

Atmosferaning quyi qatlamlarida suv bug‘lari ham mavjud. 100

km dan yuqorida atmosferaning tarkibi balandlikka qarab o‘zgara

boshlaydi. Atmosferaning yuqori qismini asosan geliy va vodorod tashkil

qiladi. Balandlikka ko‘tarilgan sari atmosferaning zichligi va bosimi

kamaya boradi. Atmosferaning mavjudligi issiqlik balansida muhim rol

o‘ynaydi. Uning tarkibidagi suv bug‘lari va karbonat angidrid issiqlik

nurlarini  yutib,  Yerni  sovishdan  saqlaydi.  Boshqacha  aytganda,

atmosfera parnik (issiqxona) effektini vujudga keltirib, temperaturaning

sutkalik  va  mavsumiy  o‘zgarishini  pasaytiradi.  Agar  atmosfera

bo‘lmaganda edi Yerning quyosh nurlari tushadigan tomoni cho‘g‘dek

qizib,  tushmaydigan  tomoni  esa  muzlab  yotgan  va  Yerda  hayot

bo‘lmagan bo‘lar edi.

Atmosfera — troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera va

ekzosferalarga bo‘linadi (75- rasm).



Òroposfera. Atmosferaning asosiy massasini troposfera deyiluvchi,

Yer atrofidagi havo qatlami tashkil qiladi. Uning balandligi qutb

kengliklarida 10 km, ekvatorial kengliklarda esa 17 km ni tashkil qiladi.

75- rasm.

Troposfera

Stratosfera

Mezosfera

Termosfera

Ekzosfera

B

a

la



n

d

li



k

   


(

k

m



)

Îz

o



n

qa

tl



am

i

www.ziyouz.com kutubxonasi



184

Yer ob-havosining o‘zgarishiga olib keluvchi barcha o‘zgarishlar

troposferada ro‘y beradi. Bunda suvning bug‘lanishi va kondensatsiyasi

muhim ahamiyat kasb etadi. Òurli suv havzalarining sirtidan sutka-

siga 7 · 10

12

 m



3

 suv bug‘lanib, shuncha suv yog‘ingarchilik ko‘rinishida

qaytib tushadi. Shuning uchun ham atmosferadagi suv bug‘larining

o‘rtacha miqdori qariyb o‘zgarmas holda saqlanadi.

Yer sirtida hosil bo‘lgan suv bug‘lari havo qatlamlarining issiqlik

harakatiga ergashadi. 1,5 — 2 km  balandlikka ko‘tarilgan bug‘lar

to‘yingan holatga kelib kondensatsiyalanadi. Ko‘tarilayotgan havo

qatlami  tutib  turgan  tomchilardan  bulutlar  hosil  bo‘ladi.  Bulut

tomchilarining o‘lchamlari 0,01 mm atrofida bo‘ladi. Bulutlarning

zichlashuvi natijasida tomchilarning o‘lchamlari 1 — 5 mm gacha ortadi.

Bunday tomchilarni bulutlar tutib tura olmaydi va natijada yozda

yomg‘ir,  qishda    qor  yog‘adi.  Bug‘ning  kondensatsiyalanishi  va

bulutlarning hosil bo‘lishi natijasida issiqlik miqdorining ajralishi ro‘y

beradi. Shuning uchun ham bu jarayonlar quyi troposferaning energetik

holatiga ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. Lekin troposfera issiqlikni, asosan,

Yer  sirtidan  oladi.  Yuqoriga  ko‘tarilgan  sari,  troposferaning

temperaturasi har 100 metrga 1 K dan pasayib boradi. Òroposferaning

yuqori qatlamida temperaturaning pasayishi sekinlashib, 2 km ga yaqin

qatlamda temperatura qariyb doimiy qoladi.

Stratosfera.  Òroposferadan  yuqorida  stratosfera  joylashgan.

Stratosferada temperatura ko‘tarilib boradi. U stratosferaning quyi

chegarasida  200 — 210 K  ni tashkil qilsa, yuqori chegarasida 280 K

atrofida bo‘ladi. Stratosferaning balandligi 50 — 55 km gacha bo‘lib,

bosimning o‘rtacha qiymati esa 1000 Pa ni tashkil qiladi.

Mezosfera. Stratosferadan yuqorida mezosfera joylashgan. U 80

km balandlikkacha davom etadi. Undagi temperatura yuqoriga ko‘tarilgan

sari kamayib boradi va yuqori chegarasida 160 K atrofida bo‘ladi.

Òermosfera. Atmosferaning keyingi qatlami bo‘lmish termosferada

temperatura yanada ortib boradi. 600 km balandlikda temperatura 1700



K, kechasi 1200 K ni tashkil qiladi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va

kosmik  kemalar  aynan  shu  balandliklarda  harakatlanishadi.

Òermosferadagi bosim juda past, 10 Pa atrofida, gaz konsentratsiyasi

esa juda kichik bo‘lganligi uchun ham yuqori temperatura yo‘ldoshlar

va kosmik kemalarning sirtlarini qattiq qizita olmaydi.

Ekzosfera. 800 km balandlikdan boshlab atmosferaning yuqori

qatlami — ekzosfera joylashgan. Ekzosfera sayyoralararo bo‘shliqqa

tutashib ketadi.

Venera  atmosferasi.  Venera  (Zuhra)  atmosferasining  tarkibi

Yernikidan  keskin  farq qiladi. Uning 97 % ini karbonat angidrid,

www.ziyouz.com kutubxonasi


185

2 % ini azot, 1 % ini kislorod tashkil etadi. Venera atmosferasining

bunday tarkibi va katta zichligi (sirtidagi bosim 100 atm gacha yetadi)

parnik effektini kuchaytiradi. Garchi Venera atmosferasining asosiy

qismini karbonat angidrid tashkil qilsa-da, Veneradagi va Yerdagi

karbonat angidridning umumiy miqdori qariyb bir xil. Karbonat angidrid

Yerda turli xil tog‘ jinslari tarkibida bo‘lsa, Venerada atmosfera tarkibiga

kiradi.


Yerdan boshqa barcha sayyoralar atmosferalari tarkibida kislorod

miqdorining  kamligiga  sabab,  ularda  o‘simlik  dunyosi  taraqqiy

topmaganligidir.

Boshqa sayyoralar atmosferasi. Mars  atmosferasining tarkibida

karbonat angidrid va suv bug‘lari topilgan. Uning bosimi 1000 Pa dan

oshmaydi. Merkuriy  atmosferasida ham karbonat angidrid mavjud.

Lekin Merkuriy sirtidagi temperatura 620 K gacha yetishini hisobga

olsak, uning atmosferasi amalda yo‘qligiga ishonch hosil qilamiz.

Ulkan  sayyoralar  (Yupiter,  Saturn,  Uran,  Neptun,  Pluton)

atmosferalarining asosiy qismini vodorod, ammiak, metan, geliy

tashkil qiladi. Bunga sabab, gaz va chang bulutlaridan Quyosh sistema-

sining paydo bo‘lishida, vodorod va geliy chekkaga chiqib, og‘irroq

elementlarning Quyoshga yaqinroq joyda qolganligidir.



Gidrosfera. Yerning suv qobig‘i gidrosfera deyilib, u atmosferadan

farqli o‘laroq, Yer sirtini to‘la emas, balki 70,8 % inigina qoplaydi.

Yerning suv qobig‘iga nafaqat okeanlar va dengizlarning suvlari, balki

daryolar, ko‘llar, yerosti suvlari, muzliklar ham kiradi.  Qit’alar va orollar

gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlarga ajratadi.

Yer sirtidagi suv miqdorining eng ko‘p to‘plangan joyi okeanlar

bo‘lib, ular gidrosferaning 94% ini tashkil qiladi. Jahon okeanining

hajmi 1,37 · 10

18

 m

3



 ga teng. Uning sirtidan har yili 4,5 · 10

14

 m



suv


bug‘lanib,  qariyb  shuncha  suvni  daryolar  okeanlarga  qaytaradi.

Okeanlarning suvi to‘la bug‘lanishi uchun 3000 yil kerak bo‘ladi,

ya’ni okean suvlari 3000 yilda bir marta yangilanadi. Xuddi shuningdek,

daryolarning suvlari ham 10 — 12 sutkada bir marta yangilanib turadi.

Yerdagi barcha suv massasi tinimsiz harakat va aylanishda bo‘ladi.

Suv, okean va quruqlik sirtidan bug‘lanib, atmosfera tarkibidagi namlik

zaxirasini  yaratib  tursa,  o‘z  navbatida  qor,  yomg‘irlar  okean  va

quruqlikka suvni qaytaradi.



Jahon okeanining hayot uchun ahamiyati. Jahon okeanida vujudga

kelgan o‘simliklar atmosferani kislorod bilan boyitdi va turli hayvonlar

yashashiga sharoit vujudga keltirdi. Suvni vodorod va kislorodga

ajratadigan okeanlardagi o‘simliklar dunyosi hozirgacha atmosferadagi

erkin kislorodning asosiy manbayi bo‘lib qolmoqda. Okean, atmosfera

www.ziyouz.com kutubxonasi



186

va quruqlik o‘rtasida uzluksiz modda almashinuvi ro‘y berib turishini

ta’minlaydi. Gidrosfera sirtidan bug‘lanadigan namlik shamol yordamida

materikka uchib boradi va yog‘ingarchilik bo‘lib yerni sug‘oradi.

Òabiiy suvlar tarkibida erigan holatda turli gazlar, asosan, azot,

kislorod va karbonat angidrid mavjud. Atmosferadan suvga o‘tadigan

karbonat angidrid  o‘simliklardagi fotosintezda ishlatiladi. Hayvonlar

va  o‘simliklardan  iborat  organizmlar  dunyosi  bir  yilda  karbonat

angidriddan 100 mlrd tonna uglerodni ajratib oladi. Okeanda atmo-

sferadagiga nisbatan 60 marta  ko‘p karbonat angidrid mavjud.

Ma’lumki, suvning issiqlik sig‘imi ancha katta, 1 m

3

 suvning 1 K



ga sovishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori 3300 m

3

 havoni 1 K ga



qizita  oladi.  Shuning  uchun  ham  okeanlar  va  dengizlar  quyosh

issiqligini saqlovchi va sayyoramiz sirti bo‘ylab taqsimlovchi vazifasini

bajaradi.

Sinov savollari

1. Atmosfera deb nimaga aytiladi va u qanday ma’noni anglatadi?

2. Atmosferaning massasi qancha? U harakatdami yoki tinchlikdami?

3. Atmosferaning tarkibi. 4. Ozon qatlami qanday balandlikda joylashgan va

u qanday vazifani bajaradi? 5. Atmosferaning issiqlik balansidagi ahamiyati.

6. Yerdagi temperatura  o‘zgarishining kichikligiga sabab nima? 7. Atmosfera

qanday qatlamlarga bo‘linadi? 8. Òroposfera qanday qatlam va uning balandligi

nimaga teng? 9. Bir sutkada suv havzalaridan qancha suv bug‘lanadi?

10. Suv bug‘lari qanday balandlikda kondensatsiyalanadi? 11. Bulutlar

qanday hosil bo‘ladi? 12. Yuqoriga ko‘tarilgan sari temperatura qanday

o‘zgaradi? 13. Stratosfera qayerda joylashgan va unda temperatura qanday

o‘zgaradi?  14. Stratosfera qanday balandlikkacha davom etadi? 15. Mezosfera

qayerda joylashgan? Uning balandligi va unda temperaturaning o‘zgarishi.

16. Òermosferada temperatura qanday o‘zgaradi? 17. Sun’iy yo‘ldoshlar va

kosmik kemalar harakatlanishi uchun termosferaning tanlanishiga  sabab

nima?  18. Ekzosfera qanday balandliklardan boshlanadi?  19. Veneraning

atmosferasi Yernikidan nimasi bilan farq qiladi? 20. Yer atmosferasi tarkibida

kislorodning ko‘pligiga sabab nima? 21. Boshqa sayyoralar atmosferasi haqida

nimalarni bilasiz? 22. Gidrosfera deb nimaga aytiladi? U yer sirtining

qancha qismini qoplaydi? 23. Jahon okeanining hajmi qancha va undan bir

yilda qancha suv bug‘lanadi? 24. Atmosferadagi erkin kislorodning asosiy

manbayi nima? 25.  Okeanlar va dengizlarning Yerdagi issiqlik  balansini

saqlashdagi  ahamiyati qanday?

www.ziyouz.com kutubxonasi



187

53- §. Qaynash. Bug‘ hosil bo‘lishi va kondensatsiyasida

issiqlik balansi tenglamasi

M a z m u n i :   qaynash;    qaynash  temperaturasining  bosimga

bog‘liqligi; solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi; kondensatsiyalanish

issiqlik balansi tenglamasi.



Qaynash. Qaynash deb, suyuqlikning ham sirti, ham butun hajmi

bo‘ylab bug‘ pufakchalarining jadal hosil bo‘lishi bilan bug‘ga aylanish

jarayoniga aytiladi. Demak, qaynash —  suyuqlikning bug‘ga aylanishi-

ning xususiy holidir.

Endi ochiq idishdagi suyuqlikni qizdiraylik. Har qanday suyuqlikda

ham ma’lum miqdorda erigan gaz mavjud bo‘ladi. Òemperatura ortishi

bilan gaz suyuqlikdan ajraladi va idishning ichki devorlariga kichik

pufakchalar ko‘rinishida yopishib qoladi. Òemperatura ko‘tarilgan sari

pufakchalarning o‘lchamlari orta boradi va suyuqlik sirtiga qalqib chiqa

boshlaydi.

Suyuqlikning yuqori, kam qizdirilgan qatlamlariga ko‘tarilgan

pufakchalarning hajmi, suv bug‘larining pufak ichidagi kondensatsiya-

si tufayli kichraya boradi (76- a rasm).

Suyuqlikning  temperaturasi  tenglashganda  pufakcha  hajmi

ko‘tarilish davomida kattalashadi. Bunga sabab pufakcha ichidagi

to‘yingan bug‘ning bosimi r

T

nkT o‘zgarmay qolgan bir paytda



gidrostatik bosim r

g

rgh ning kamayishi.



Kattalashib borayotgan pufakchaning ichi to‘yintiruvchi bug‘ga

to‘la bo‘ladi, chunki temperatura o‘zgarmas bo‘lganda to‘yintiruvchi

bug‘ning bosimi hajmga bog‘liq bo‘lmaydi.

Pufakcha suyuqlik sirtiga yetganda undagi to‘yintiruvchi bug‘ning

bosimi amalda suyuqlik sirtidagi atmosfera bosimiga teng bo‘ladi.

Pufakchani  to‘ldirib  turgan  to‘yintiruvchi  bug‘  atmosferaga

chiqariladi (76- rasm).  Qaynash ro‘y beradi.

76- rasm.

b)

a)

Suyuqlik to‘yintiruvchi bug‘ining

bosimi  tashqi  bosimga  teng  bo‘l-

ganda,  qaynash  jarayoni  butun

suyuqlik  bo‘ylab  bir  xil  tempera-

turada ro‘y beradi.



Normal sharoitda har bir suyuqlik

to‘yintiruvchi bug‘ining bosimi uning

sirtidagi tashqi bosimga teng bo‘la-

digan  ma’lum  bir  temperaturada

qaynaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



188

Bu temperatura qaynash temperaturasi deyiladi.



Qaynash temperaturasining bosimga bog‘liqligi. Agar suyuqlik

sirtidagi bosim kichikroq bo‘lsa, unda qaynash paytida unga teng

bo‘ladigan suyuqlik to‘yintiruvchi bug‘ining bosimi ham pastroq bo‘ladi.

Demak, qaynash temperaturasi ham pastroq bo‘ladi. Shunday qilib,



qaynash  temperaturasi tashqi bosimga bog‘liq bo‘ladi, degan xulosaga

kelamiz. Òashqi bosim qancha past bo‘lsa, suyuqlikning qaynash

temperaturasi ham shuncha past bo‘ladi. Atmosfera bosimi past bo‘lgan

tog‘  cho‘qqilarida  suvning  dengiz  sathidagidan  ko‘ra  pastroq

temperaturalarda qaynashi xulosamizning yaqqol  isbotidir. Atmosfera

bosimi ancha yuqori — 15 atm  (15 · 10

 Pa) 


 

bo‘lgan bug‘ mashina-

larining qozonlarida suvning qaynash temperaturasi 200 °C (473 K)

ga yaqin bo‘ladi.



Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi. Qaynash jarayonida suyuq-

likka beriladigan issiqlik miqdori, asosan, quyidagilarga sarflanadi:

1) bug‘ pufaklari hosil bo‘lishida va harakatlanishida tashqi bosimga

qarshi ish bajarish;

2) suyuqlikning bug‘lanishi natijasida yo‘qotiladigan issiqlikning

o‘rnini to‘ldirish.

Bir xil temperaturadagi turli xil suyuqliklarning bir xil miqdorini

bug‘ga aylantirish uchun qancha issiqlik miqdori sarflanadi? Òempe-

raturasi turlicha bo‘lgan bir xil suyuqlikning bir xil miqdorini-chi?

Òabiiyki, har ikkala holda ham turlicha issiqlik miqdori sarflanadi. Bu

xulosani oydinlashtirish uchun solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi

tushunchasi kiritiladi.



Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi r deb, qaynash holatidagi

1  kg  moddani  suyuq  holatdan  bug‘  holatiga  o‘tkazish  uchun

sarflanadigan issiqlik miqdoriga aytiladi.

m  massali suyuqlikni bug‘ga aylantirish uchun sarflanadigan issiqlik

miqdori Q  quyidagicha aniqlanadi:



Q =  rm.                                           

(53.1)


Bundan

r

Q

m

=

.



                                            

(53.2)


(53.2) solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi r ning SI dagi birligini

topishga imkon beradi:

[ ] [ ]

[ ]


r

Q

m

=

=



=

1 J


1kg

J

kg



1

.

www.ziyouz.com kutubxonasi



189

Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq m massali bug‘ning

suyuqlikka aylanishida (kondensatsiyalanishda) ham (53.1) ga teng

issiqlik miqdori ajralib chiqadi.

Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi temperaturaga bog‘liq bo‘lib,

temperatura pasayishi bilan kattalasha boradi. Bunga sabab, past

temperaturali suyuqlik molekulalarining energiyasi kamligi natijasida

ularning suyuqlik sirtidan uzilib chiqa olish qobiliyatiga ega bo‘la olishi

uchun katta miqdordagi issiqlikning talab qilinishidir.

Sinov savollari

1.  Qaynash deb nimaga aytiladi? 2. Nega dastlab suv bug‘larining

pufakchalari yuqoriga ko‘tarilgan sari kichraya boradi? 3. Qachon ko‘tarilgan

sari pufakchalar kattalasha boradi? 4. Ko‘tarilgan sari pufakchaning

kattalashishiga sabab nima? 5. Kattalashib borayotgan pufakchaning ichida

nima bor? 6. Qaynash jarayoni butun suyuqlik bo‘ylab bir xil temperaturada

ro‘y berishi uchun qanday shart bajarilishi kerak? 7. Suyuqlik qachon

qaynaydi? 8. Qaynash temperaturasi deb qanday temperaturaga aytiladi?

9. Qaynash temperaturasi tashqi bosimga bog‘liqmi? 10. Nima uchun

tashqi bosim past bo‘lganda suyuqlikning qaynash temperaturasi ham

past bo‘ladi? 11. Nima uchun tog‘ cho‘qqilarida qaynash temperaturasi

past bo‘ladi?  12. Nima uchun bug‘ qozonida qaynash temperaturasi yuqori

bo‘ladi?  13. Qaynash jarayonida  suyuqlikka beriladigan issiqlik miqdori

nimalarga sarflanadi?  14. Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi tushunchasi

nima uchun kiritiladi? 15. Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi deb

nimaga aytiladi? 16. Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligining SI dagi

birligi. 17. Bug‘ hosil bo‘lishida sarflangan issiqlik miqdori konden-

satsiyalanganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga teng bo‘ladimi? 18.

Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi temperaturaga bog‘liqmi? 19.

Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligining temperaturaga bog‘liqligini

qanday tushuntirasiz?


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling