O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov
Ba’zi moddalar uchun 273 K da chiziqli kengayishning
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi.
- Ba’zi suyuqliklar uchun 273 K da hajmiy kengayishning temperatura koeffitsiyenti
- Qizdirilgan suyuqlikning zichligi.
- Issiqlikdan kengayishni texnikada va turmushda e’tiborga olish.
- Suv zichligining temperaturaga bog‘liqligi.
- Suv zichligi o‘zgarishining tabiatga ta’siri.
- Suvning muzlaganda kengayishi va uning oqibatlari.
- Masala yechish namunalari 1 - m a s a l a .
- Berilgan: h = 20 mm = 2 · 10 –2 m; Yechish.
- Mustaqil yechish uchun masalalar
- Òest savollari 1.
- ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI
- 60- §. Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni
Ba’zi moddalar uchun 273 K da chiziqli kengayishning temperatura koeffitsiyenti Moddalar
a, 10 6 K –1 Moddalar
a, 10 6 K –1 Aluminiy Volfram Yog‘och: tola bo‘ylab ko‘ndalang Temir Invor (temir va nikel) qotishmasi) Jez
Mis 24 4 6 30 12 0,9 18 17 Qo‘rg‘oshin Shisha:
oddiy kvars Superinvor (temir, nikel, xrom qotishmasi) Rux Chinni
29 10 0,7 0,03 30 3 Hajmiy kengayish. V 0 hajm Ò 0 temperaturali jismni Ò tempera- turagacha, ya’ni DT = T — T 0 temperaturaga qizdiraylik. Natijada jismning hajmi V gacha, ya’ni DV = V — V 0 ga ortadi. Qizigan jismning hajmi temperatura o‘zgarishiga chiziqli bog‘liq: V = V 0 (1 + b · DT), (59.3) bu yerda b — hajmiy kengayishning temperatura koeffitsiyenti deyila- di. Agar (59.3) dan b ni topsak, b =
1 0 D D T V V
(59.4) www.ziyouz.com kutubxonasi 209 ni olamiz. Demak, b jism hajmining nisbiy kengayishi DV
0 ning temperatura o‘zgarishi DT ga nisbati bilan aniqlanadi. Boshqacha aytganda, jismning temperaturasi 1 K ga o‘zgarganda uning hajmi dastlabki hajmining qancha qismiga o‘zgarganini ko‘rsatadi. Agar V = l 3 ekanligini e’tiborga olsak, chiziqli va hajmiy kenga- yishlarning temperatura koeffitsientlari orasida b =3 a
(59.5) munosabat mavjudligini topish mumkin. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Suyuqlik qizdirilganda molekulalarning betartib harakat o‘rtacha kinetik energiyasi ortadi. Bu esa molekulalar orasidagi masofaning ortishiga olib keladi. Natijada suyuqlikning hajmi ortadi. Qattiq jismlarniki kabi suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi ham hajmiy kengayishning temperatura koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Qizdirilgan suyuqlikning hajmi (59.3) ifoda bilan aniqlanadi.
Modda
b, 10 – 3 K –1 Kerosin 0,54
3,0 3,3
1,7 Qizdirilgan suyuqlikning zichligi. Ma’lumki, zichlik m V r =
ifoda yordamida aniqlanadi. Demak, qizdirilgan suyuqlikning hajmi ortsa, uning zichligi kamayishi kerak. Zichlik o‘zgarishining temperaturaga bog‘liqligini aniqlash uchun Ò 0 va Ò temperaturalardagi suyuqlik zichliklarini r 0 va r bilan belgi- laymiz hamda (59.3) yordamida olamiz, bunda
= r ligidan foyda- lanamiz:
m m T r r b = + × 0 1 ( ) D yoki r r b = + ×
0 1 ( ) . DT (59.6)
14 Fizika, I qism www.ziyouz.com kutubxonasi 210 Issiqlikdan kengayishni texnikada va turmushda e’tiborga olish. Har qanday asbob-uskuna, mashinalarni yasashda ular tayyorlana- digan materiallarning issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Misol uchun elektr qurilmalarida turli xil metallar yoki metall va shishalar- ning kavsharlanishiga zarurat bo‘lsa, unda chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyentlari bir-biriga yaqin bo‘lganlarinigina tanlash zarur. Aks holda qizish yoki sovish natijasida mexanik kuchlanish vujudga kelib, asbobni ishdan chiqarishi mumkin. Ko‘plab mashina va mexanizmlarning issiqlikdan kengayishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan qismlari invordan yasaladi. Ko‘rsatishi temperaturaga bog‘liq bo‘lmasligi uchun soat mayatniklari, geode- ziya uzunlik o‘lchov asboblari invordan yasaladi. Quvur yo‘llarini qurishda ma’lum masofada bukri qismlar qilina- di. Bu qismlar quvurlarni isishda yoki sovishda uzunligi o‘zgarishi natijasida buzilishdan saqlaydi. Elektr uzatish simlarining osiltirib qo‘yilishida ham o‘tkazgich materialining issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi. Elektr yordamida yuruvchi transport vositalarining o‘tkazgichlari yuklar yordamida tortib qo‘yiladi va hokazolar. Òexnikada suyuqliklarning ham issiqlikdan kengayishini hisobga olish zarur. Yopiq idishda saqlanadigan suyuqlik qizdirilganda portlab ketishi mumkin. Shuning uchun ham turli idishlar suyuqliklar bilan to‘ldirilganda yoki juda qattiq yopilmaydi yoki suyuqlik hajmining ortishi hisobga olinib, bo‘shliq qoldiriladi. Suv zichligining temperaturaga bog‘liqligi. (59.6) ifodadan ko‘ri- nib turibdiki, temperatura ortishi bilan suyuqliklarning zichligi ka- mayadi. Lekin suv bundan mustasno. Òajribalarning ko‘rsatishicha, suv o‘zining eng katta zichligiga 4 °C da erishadi. Bunga sabab muz kristall panjarasining o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligidir. Agar suyuq holatda H 2 O molekulalari bir- biriga jips joylashsa, kristallanishda molekulalar orasidagi masofa ortadi va muz kristali molekulalari orasida bo‘shliq vujudga keladi. Natijada muz holatidagi suvning hajmi ortadi. Suvning zichligi 4 °C da eng katta qiymatiga erishadi va muzdagi- dan ham katta bo‘ladi. Shuning uchun ham muz suvda suzib yuradi. Òemperatura 4 °C dan ko‘tarilganda ham, pasayganda ham suyuqlik- ning zichligi kamayadi va, demak, hajmi ortadi.
70 %ini suv qoplab turgani uchun ham, uning issiqlikdan kengayishi- ning o‘ziga xos xususiyati ob-havoga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunga suv havzalarida turli temperaturali suv qatlamlarining tinimsiz o‘rin www.ziyouz.com kutubxonasi
211 almashinuvi yaqqol misol bo‘ladi. Suvning temperaturasi 4 °C ga yetguncha issiqroq suvning zichligi sovuqroq suvning zichligiga nisba- tan kichikroq bo‘ladi va shuning uchun ham issiqroq suv yuqoriga ko‘tarilib, sovuqrog‘i pastga tushadi. Òemperaturaning 0 dan 4 °C gacha bo‘lgan oralig‘ida esa teskari hol ro‘y beradi. Endi yuqoriroq temperaturali suv pastga tushadi, sovuqrog‘i esa yuqoriga ko‘tarilib, yanada soviydi va muzlaydi. Shu sababli suv havzalarining yuqori qatlami muzlab, quyi qatlamlari muzlamaydi. Natijada suv havzasi tubigacha muzlamay, undagi baliqlar va boshqa jonzotlar hayoti saqlanib qoladi.
etilganidek, suv muzlaganda uning molekulalari orasidagi masofa va, demak, muz holatidagi suvning hajmi ham ortadi. Bu hol tog‘ jinslarining yemirilishiga olib keladi. Jins qatlamlari orasiga kirib qolgan suv muzlaydi va hajmi ortib, qatlamlarni yemiradi. Shuningdek, suv solingan idishlar ham uning muzlashi natijasida yorilishi yoki sinishi mumkin. Buning oldini olish uchun turli usullardan foydalaniladi. Masalan, avtomobillarning sovitkichlariga suv o‘rniga ancha past temperaturalarda ham muzlamaydigan boshqa suyuqliklardan foy- dalaniladi. Sinov savollari 1. Issiqlikdan kengayish deb nimaga aytiladi? 2. Issiqlikdan kengayishning sababi nima? 3. Qizdirilgan jism uzunligining temperatu- raga bog‘liqligini yozing. 4. Chiziqli kengayishning temperatura koeffitsiyenti qanday fizik ma’noga ega va uning birligi nima? 5. Qizdirilgan jismning hajmi temperaturaga bog‘liqmi? 6. Hajmiy kengayishning temperatura koeffitsiyenti qanday fizik ma’noga ega va uning birligi nima? 7. Chiziqli va hajmiy kengayishlarning temperatura koeffitsiyentlari orasida qanday bog‘lanish mavjud? 8. Qizdirilgan suyuqlik hajmining ortishi qanday tu- shuntiriladi? 9. Qizdirilgan suyuqlik hajmining o‘zgarishi qanday ifoda bilan aniqlanadi? 10. Qizdirilgan suyuqlikning hajmi qanday o‘zgaradi? 11. Qizdirilgan suyuqlik hajmining o‘zgarishini tushuntirib bering. 12. Òurli moddalardan yasalgan jismlarni kavsharlaganda issiqlikdan kengayishini hisobga olish zarurmi? 13. Invorning qanday xususiyatlari mavjud? 14. Quvurlarda bukri qismlarning, elektr uzatish simlarining osiltirib qo‘yi- lishining sababi nimada? 15. Òexnikada suyuqliklarning issiqlikdan ken- gayishi qanday qilib hisobga olinadi? 16. Òemperatura ortishi bilan suvning zichligi qanday o‘zgaradi? 17. Suv o‘zining eng katta zichligiga qachon www.ziyouz.com kutubxonasi
212 erishadi? 18. Muz holatidagi suvning hajmi qanday qilib ortadi? 19. Nima uchun muz bo‘lagi suvda suzib yuradi? 20. 4 °C gacha pasayishda issiqroq va sovuqroq suvlar qanday joylashadi? 21. Òemperaturaning 0 dan 4 °C gacha oralig‘ida-chi? 22. Suv havzalarining yuqori qatlami muzlab, pastki qatlami muzlamay qolishiga sabab nima? 23. Òog‘ jinslarining yemirilishiga sabab nima? 24. Nima uchun muzlaganda suv solingan idishlar yoki suvi bo‘lgan quvurlar yorilib ketadi? 25. Nima uchun avtomobillarning sovitgichlariga past tempera- turalarda ham muzlamaydigan suyuqliklar quyiladi?
1) gazning ichki bosimi; 2) molekulalarning xususiy hajmi aniq- lansin.
–2 m 3 ;
——————
( )
2 3 2 2 0, 25
0,135 P 28 10 10 a 107,6kPa; p - - × æ ö ¢ = = ç ÷ è ø 2) molekulalarning xususiy hajmini topish uchun bir moldagi molekulalarning hajmi Van-der-Vaals doimiysi b ning to‘rtdan bir qismiga tengligidan foydalanamiz:
= = 4 4 , azot uchun b = × - 3 86 10 5 , m 3 mol ligidan V = = × × × × × - - - 0 25 3 86 10 4 28 10
5 3 3 5 8 62 10
, , , . m m 3 J a v o b . p ¢ = 107,6 kPa; V ¢ = 8,62 · 10 - 5 m 3 . 2 - m a s a l a : Glitserin kapillar nayda 20 mm balandlikka ko‘ta- rildi. Agar nay kanalining diametri 1 mm bo‘lsa, glitserinning sirt tarangligi aniqlansin.
–2 m; Yechish. Gazning ichki bosimi 2 2 2 2
m a V M V p v æ ö ¢ = = ç ÷
è ø ifoda yordamida aniqlanadi. Agar azot uchun a = × 0 135 , N m
mol 4 2 va 3 kg mol 28 10
M - = × ekan- ligini va berilganlarni nazarda tutsak, Yechish. Suyuqlikning kapillar nayda ko‘tarilish balandligi www.ziyouz.com kutubxonasi
213 d = 1 mm =10 –3
m. ————————— a = ? a
= × × ×
g R h 2 , bu yerda r = 1,26 · 10 3 kg/m 3 glitserinning zichligi; R d = 2 kapillar nayning radiusi; g = 9,81 m/s 2 erkin tushish tezlanishi. Kattaliklarining qiymatlaridan foydalanib topamiz: a =
= × × × × × × × - - - 1 26 10 9 81 0 5 10 2 10 2
3 2 3 62 10 , , , . N m N m J a v o b . a = 62 mN m .
1. Kislorod uchun Van-der-Vaals doimiysi a = × 0 136 , N m
4 mol
ga teng. Kislorodning ichki bosimi hisoblansin. (p ¢ = 0,271 kPa.) 2. Kapillar naydan oqib chiqayotgan 100 tomchi spirtning massasi 0,71 g. Agar uzilish paytida tomchi bo‘ynining diametri 1 mm bo‘lsa, spirtning sirt tarangligi aniqlansin. a = æ
ö ø÷ 22 16 , . ml m 3. Har birining radiusi 1 mm dan bo‘lgan ikkita simob tomchisi bitta katta tomchiga birlashadi. Bu qo‘shilishda qanday energiya ajraladi? Jarayon izotermik hisoblansin. (DE = 2,64 mJ.) Òest savollari 1. Gaz suyuqlikka aylanishi mumkin bo‘lgan eng yuqori temperaturaga ...temperatura deyiladi. A. Kritik. B. Kyuri. C. Absolut. D. Òo‘yingan bug‘. E. Òo‘g‘ri javob A va C.
kashf etilgan? A. S.Karno.
C. D.Mendeleyev. D. L.Kapitsa. E. Guk. 2
h a r × × = formula yordamida aniqlanadi, bu ifodadan a ni aniqlasak, www.ziyouz.com kutubxonasi 214 3. ... deb, 1 m 3 havo tarkibida mavjud bo‘lgan suv bug‘larining miqdori bilan xarakterlanuvchi kattalikka aytiladi. A. Absolut namlik. B. Nisbiy namlik. C. Shudring nuqtasi. D. Parsial bosim. E. Òo‘g‘ri javob yo‘q. 4. Suyuqlikning ham sirti, ham butun hajmi bo‘ylab bug‘ pufakchalarining jadal hosil bo‘lishi bilan bug‘ga aylanish jarayoniga ...deyiladi. A. Kondensatsiya. B. Bug‘lanish. C. Qaynash. D. Dinamik muvozanat. E. Òo‘g‘ri javob A va B.
suyuqlik qanday balandlikka ko‘tariladi? (Sirt taranglik koeffitsiyenti 0,072 N/m, suvning zichligi 10 3 kg/m 3 ). A. 14,4 sm. B. 28,8 sm. C. 6,12 sm. D. 9,8 dm E. 20 sm. Asosiy xulosalar Real gazning holat tenglamasi (Van-der-Vaals tenglamasi): ( ) 2 .
m a V p V b RT æ ö + - = ç ÷ ç ÷ è ø Bug‘lanish. Moddaning bug‘ (gaz) holatiga o‘tishiga bug‘lanish deyiladi. Moddaning suyuqlik va gaz holatlari o‘rtasida farq qolmagan holatiga kritik holat deyiladi. Namlik tushunchasi atmosferadagi suv bug‘larining miqdorini xarakterlash maqsadida kiritiladi. Nisbiy namlik: 0 100% D D f = × kabi aniqlanadi. Qaynash deb, suyuqlikning ham sirti, ham butun hajmi bo‘ylab bug‘ pufakchalarining jadal hosil bo‘lishi bilan bug‘ga aylanish jarayoniga aytiladi. Solishtirma bug‘ hosil bo‘lish issiqligi r deb, qaynash holatidagi 1 kg moddani suyuq holatdan bug‘ holatiga o‘tkazish uchun sarflanadigan issiqlik miqdoriga aytiladi: .
SI dagi birligi J kg
× www.ziyouz.com kutubxonasi 215 Sirt tarangligi deb, sirtni o‘rab turgan konturning birlik uzunligiga ta’sir etuvchi sirt taranglik kuchiga aytiladi: .
a =
SI dagi birligi N m 1 . Suyuqliqning kapillar naydan ko‘tarilish balandligi: 2 .
h a r × × = Qattiq jismlar turli xususiyatlariga ko‘ra, kristall va amorf jismlarga ajratiladi. Òemperaturaning ko‘tarilishi natijasida modda chiziqli o‘lcham- larining va hajmining ortishi issiqlikdan kengayish deyiladi. Cho‘ziq jism uzunligining temperatura o‘zgarishiga chiziqli bog‘liqligi: = + aD 0 (1 ). l l T Jism hajmining temperatura o‘zgarishiga chiziqli bog‘liqligi: = + bD
0 (1 ). V V T www.ziyouz.com kutubxonasi 216 ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI Elektrodinamika — elektr zaryadlari orasidagi o‘zaro ta’sirni amalga oshiruvchi elektromagnit maydon qonunlari haqidagi bo‘lim- dir.
Eng sodda elektr va magnit hodisalari juda qadim zamonlardanoq odamlarga ma’lum bo‘lgan. Bu hodisalar yagona sistemaga solinguncha ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan, kashfiyotlar qilingan. 1785- yilda fransuz fizigi Sh.Kulon (1736—1806) nuqtaviy zaryadlar orasidagi o‘zaro ta’sir qonunini kashf etdi. 1820- yili daniyalik fizik Ersted (1777— 1851) elektr toki atrofida magnit maydon hosil bo‘lishini kashf etdi. 1831- yilda M.Faradey (1791—1867) elekromagnit induksiya hodisasini ochdi. Ingliz olimi J. Maksvell (1831—1879) elektrodinamikaning asosiy qonunlarini yaratdi va 1867- yilda e’lon qildi. U o‘zining nazariyasida tabiatda yagona elektromagnit maydon mavjudligini ko‘rsatdi. Nemis fizigi G. Gers (1857—1894) elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligi- ni tajribada isbotlab, Maksvell nazariyasini tasdiqladi. Elektr maydon — elektromagnit maydonning (magnit maydon bilan birgalikda) namoyon bo‘lish shakllaridan biridir. U harakat- siz zaryadga ta’sir ko‘rsatadi. Elektr maydon haqidagi tushuncha ing- liz fizigi M.Faradey tomonidan kiritilgan. Uning tasavvuri bo‘yicha harakatsiz har bir zaryad o‘z atrofida elektr maydon hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birlari bilan maydonlari orqali ta’sirlashishadi. Harakatsiz zaryad atrofidagi elektr maydonga elektrostatik maydon deyiladi. Ushbu bob elektrostatik maydonni o‘rganishga bag‘ishlanadi. 60- §. Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni M a z m u n i : elektr zaryadi; elektr zaryadining diskret ekanli- gi; elektromagnit ta’sir; jismlarning zaryadlanishi; elektr zaryadi- ning saqlanish qonuni; elektr zaryadining SI dagi birligi; moddalardagi elektronlar miqdori.
www.ziyouz.com kutubxonasi 217 Elektr zaryadi. Jun matoga ishqalangan kahrabo tayoqcha yengil narsalarni tortish xususiyatiga ega bo‘lishi juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan. Ingliz shifokori Jilbert (XVI asrning oxiri) ishqalashdan keyin yengil narsalarni torta olish xususiyatiga ega bo‘lgan jismlarni elektrlangan (yunoncha kahrabolangan) deb atadi va elektr so‘zi qo‘llanila boshlandi. Òabiatdagi moddalarning turli-tumanligiga qaramasdan faqat ikki xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken (1868—1953) tajribalar yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya’ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi
–19
C) ga karrali ekanligini aniqladi. Boshqacha aytganda, istalgan jismning zaryadi Q = ± Ne, (N — butun son) bo‘lmog‘i ke- rak. Elektron (m
= 9,11 · 10 –31 kg) va proton (m p = 1,67 · 10 –27 kg)
mos ravishda manfiy va musbat elementar zaryadli zarralardir. Elektromagnit ta’sir. Yuqorida ko‘rganimizdek, har qanday jism massasidan tashqari elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi. Va ular orasida nafaqat gravitatsion, balki elektromagnit ta’sir ham mavjud- dir. Bir xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, elektromagnit ta’sir gravitatsion ta’sirdan ko‘p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta’sir barcha jismlarga xos bo‘lsa, elektromagnit ta’sir faqatgina zaryadlan- gan jismlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta’sirning kuchliligi jismdagi zaryad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling