O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46

Metalli kristallar. Panjarasining tugunlarida metallarning musbat

ionlari joylashgan bo‘ladi. Kuchsiz bog‘langan valentli elektronlar



84-  rasm.

Cl



Na

+

NaCl



CsCl

Cl



www.ziyouz.com kutubxonasi

199

 85 a-  rasm.

85 b-  rasm.

 85 d-  rasm.

atomlardan ajraladi va elektron gazini hosil

qiladi. Metalli kristallardagi bog‘lanish panjara

tugunlaridagi musbat zaryadli ionlar va manfiy

elektronlar gazi orasidagi tortishish kuchlari

yordamida ta‘minlanadi. Metalli kristallarga

ko‘pchilik metallar misol bo‘ladi.

Molekulali kristallar. Panjarasining tugun-

larida ma’lum tartibda yo‘naltirilgan molekula-

lar joylashgan bo‘ladi. Ular orasida molekula-

lar o‘zaro ta’siriga xos bo‘lgan tortishish kuchlari mavjud bo‘ladi.

Molekulali kristallarga naftalin, parafin, quruq muz (CO

2

), muz va



hokazolar misol bo‘ladi.

Defektlar

1

. Real kristallarning uncha katta bo‘lmagan bo‘lagigina

ideal tuzilishga ega bo‘lishi mumkun. Boshqa qismlarda ega panjara

tugunlaridagi zarralar joylashuvining batartibligi buziladl ba bunga

kristall panjaraning defektlari (nuqsonlari) deyiladi. Kristall panjaraning

nuqsoniga: boshqa element atomlarining kirib qolishi (85-a rasm),

bo‘sh joyning mavjudligi (85-b rasm) suljib joylashishi (85-d rasm)

sabab bo‘ladi.

Suyuq kristallar va ularning qo‘llanilishi. Ba’zi organik moddalarning

shunday  holati  mavjudki,  garchi  ular  suyuqliklarga  xos  bo‘lgan

oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lsalar-da, kristallarga xos bo‘lgan

molekulalarning ma’lum tartibda joylashuviga va fizik xossalariga ega

bo‘ladi. Moddalarning bunday holatiga suyuq kristall holati deyiladi.

Odatda, suyuq kristallar qattiq kristallarni eritish orqali hosil qilinib,

hozirgi paytda ularning bir necha mingdan ortiq turlari ma’lum. Suyuq

kristallar elektron hisoblash mashinalari, elektron soatlar, mikrokal-

kulatorlar, reklama shitlari va hokazolarda keng  qo‘llaniladi. Yupqa

ekranli televizorlar va monitorlarda ham ulardan foydalaniladi.

1

Defekt — lotincha  „defectus“ — kamchilik,  nuqson  degan  ma‘noni



anglatadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



200

Amorf jismlar. Qattiq jismlarning ikkinchi ko‘rinishi amorf jismlardir.

Garchi  ular  qattiq  jismlar  sifatida  qaralsa  ham  aslida  sovitilgan

suyuqliklardir.

Agar amorf jismning biror atomini markaziy atom sifatida qaralsa,

unga yaqin bo‘lgan atomlar ma’lum tartib bo‘ylab joylashadi. Lekin

markaziy  atomdan  uzoqlashgan  sari  tartib  buzilib,  atomlarning

joylashuvi turli xil, ya’ni tasodifiyga aylanib qoladi. Kristall jismlardan

farqli o‘laroq, amorf  jismlarda qo‘shni atomlarning o‘zaro joylashuvida

yaqin tartibgina mavjud bo‘ladi. Amorf jismlarga shisha, plastmassa va

boshqalar misol bo‘ladi. Oltingugurt, glitserin, shakar va boshqa

moddalar  ham  kristall,  ham  amorf    ko‘rinishda  mavjud  bo‘lishi

mumkin. Bunga ba’zan shishasimon shakl  ham deyiladi. Amorf jismlar

tabiatda kristall jismlarga nisbatan kam tarqalgan.

Polimerlar.  Keyingi  paytlarda  texnikada  polimerlar  deyiluvchi

moddalar keng qo‘llanilmoqda. Ular bir-biriga nisbatan kichik molekular

massali molekulalarni (monomerlarni) ulab, katta molekular massali

organik birikmalarni hosil qilish yo‘li bilan olinadi. Polimerlarni hosil

qilish jarayoni polimerlashtirish yoki polimerlanish deyiladi. Polimer

molekulasi tarkibiga kiruvchi monomerlar soni polimerlanish darajasini

ko‘rsatadi. Polimerlarning molekular massasi juda katta bo‘ladi. Mono-

merlarning xossalariga bog‘liq ravishda polimerlanishda ham chiziqli, ham

tarmoqli molekulalar zanjirlari hosil bo‘lishi mumkin.

Polimerlar ikki sinfga ajratiladi: tabiiy va sintetik.

Òabiiy polimerlarga yuqori molekular massali birikmalar — oqsil,

kauchuk  va  hokazolar  kiradi;  sintetik  polimerlarga  esa  turli  xil

plastmassalar kiradi.

Polimerlarning mexanik xossalari ko‘p jihatdan alohida molekula-

lar  o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sir  kuchlariga  bog‘liq  bo‘ladi.  Jumladan,

polimerlarda batartib kristall sohalarning mavjudligi  uning mustah-

kamligini ancha oshiradi. Shuningdek, molekulalar zanjirining uzunligi,

uning tarmoqlanganligi va makromolekulada tarkibiy elementlarning

joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega.

Polimerlarning xossalari va qo‘llanilishi. Plastmassalar juda ko‘p

ajoyib xossalarga ega: korroziyaga uchramaydi, ya’ni zanglamaydi ham,

chirimaydi ham; temperaturaning keskin o‘zgarishiga bardosh beradi;

juda katta dielektrik kirituvchanlikka ega, mustahkam, zichligi ancha

kichik, istalgan shaklni berish mumkin va hokazolar.

Aynan shular sababli polimerlardan xalq xo‘jaligida juda keng

foydalaniladi. Sun’iy ravishda hosil qilingan polimerlar mashinasozlik

va asbobsozlikda metallarning o‘rnida ishlatiladi. Ular qurilishda yog‘och

materiallarni almashtirmoqda. Sun’iy tolalardan turli matolar, tabiiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



201

terini almashtiruvchi mahsulotlar hosil qilinmoqda. Òibbiyotda ham

qo‘llanish  imkoniyatlari  juda  katta.  Bugungi  kunda  polimerlar

ishlatilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q.



Sinov savollari

1.  Qattiq  jismlarning  xususiyatlari.  2.  Qattiq  jismlarning  turlari.

3. Anizotroplik deb nimaga aytiladi? 4. Kristall jismlarning anizotropligi

deganda  nima  tushuniladi?  5.  Izotrop  moddalarga  misollar  keltiring.

6. Kristallarning anizotropligiga sabab nima? 7. Kristall panjara deb nimaga

aytiladi? 8. Kristall panjaraning tuguni deb-chi? 9. Kristall jismlarning turlari.

10. Monokristallar deb qanday jismlarga aytiladi? 11. Monokristallarning sanoat

uchun ahamiyati bormi? Misollar keltiring. 12. Polikristallar deb qanday

kristallarga aytiladi? 13. Polikristallning izotrop bo‘lishiga sabab nima?

14. Polimorfizm deb nimaga aytiladi? 15. Amorf  jismlar qanday jismlar? Ularga

misollar keltiring.  16. Polimerlar qanday hosil qilinadi? 17. Polimerlanish

darajasi deb nimaga aytiladi? 18. Polimerlarning turlari. 19. Òabiiy polimerlarga

nimalar kiradi?  20. Sintetik polimerlarga-chi? 21. Plastmassalarning keng

qo‘llanilishiga sabab nima? 22. Polimerlarning ishlatilishiga beshta misol keltiring.



57- §.  Qattiq jismlarning erishi va qotishi. Faza.

         Fazaviy o‘tishlar. Uchlanma nuqta.

M a z m u n i : Qattiq jismlarning erishi; solishtirma erish issiqligi;

qotish;  sublimatsiya;  faza,  fazaviy  o‘tishlar;  holat  diagrammasi;

uchlanma nuqta.



Qattiq jismlarning erishi. Yuqorida qayd etilganidek, molekula-

larning o‘zaro ta’sir potensial energiyasining eng kichik qiymati E

p min

molekulalarning issiqlik betartib harakat kinetik energiyasining o‘rtacha



qiymati < E

k

 > dan katta bo‘lsa (E



p min

 >> <E

k

 >), modda qattiq



holatda  bo‘ladi.  Qattiq  jism  qizitilgan  sari  molekulalarning

(atomlarning) kinetik energiyalari ortadi va tebranish amplitudasi

panjara doimiysiga tenglashib, panjaraning buzilishiga olib keladi.

Haroratning yanada ortishi natijasida qattiq  jismning erishi, ya’ni

moddaning qattiq holatdan  suyuq holatga o‘tishi ro‘y beradi. Erish

jarayoni izotermik bo‘lib, olingan issiqlik miqdori kristall panjaralarning

buzilishiga sarflanadi. Modda to‘la erigandan so‘nggina suyuqlikning

harorati ko‘tariladi. 86- rasmda erish diagrammasi ko‘rsatilgan. OA

soha moddaning T

er

 gacha qizishini ko‘rsatsa, AB soha erish jarayoniga



mos keladi. B nuqtada modda suyuq holatga o‘tib, BC soha suyuqlik

www.ziyouz.com kutubxonasi



202

haroratining  ortishini  ko‘rsatadi.  Erish  harorati  (T

er

)  har  bir



moddaning tabiatiga bog‘liq bo‘lishi bilan birga, ko‘pchilik moddalar

uchun bosim ortishi bilan ortadi.

Erishda moddalarning zichliklari kamayadi (vismut va muz bundan

istesno), lekin ichki energiyasi ortadi.



Solishtirma erish issiqligi. Erish haroratidagi 1 kg moddani qattiq

holatdan suyuq holatga o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan issiqlik

miqdoriga solishtirma erish issiqligi deyiladi.

Ya’ni


,

Q

m

=

yoki


.

Q

m

l

=

SI da solishtirma erish issiqligining birligi:



[Q]

J

[m]



kg

[ ]


1

.

l

=

=

Qotish. Agar suyuqlikni qizitish to‘xtatilsa u soviy boshlaydi (CD



soha) va qattiq holatga o‘tadi (E¢ soha). Bu jarayon ham izotermik

bo‘lib, issiqlik miqdorining ajralishi bilan ro‘y beradi. Qattiq jismning

erishi uchun qancha issiqlik miqdori sarflangan bo‘lsa, qotganida ham

shuncha issiqlik miqdori ajraladi. Bosim bir xil bo‘lganda erish T

er

 va


qotish T

k

 harorati ham teng bo‘ladi. Kristallanish jarayoni tugagandan



keyin (F nuqta) qattiq jism haroratining pasayishi ro‘y beradi.

86- rasm.

 

G

F

E

D

C

 

B

 

A

 

T

er

 



TK

 

t,s

 

0

www.ziyouz.com kutubxonasi



203

Qotish jarayoni boshlanishi uchun suyuqlik tarkibida biror zarracha

(kristallanish markazi) bo‘lgani ma‘qul. Aks holda o‘ta sovutilgan

suyuqlik (kristallanish haroratidan past haroratli suyuqlik) hosil bo‘ladi.

(DE soha). Ammo bu holat noturg‘un bo‘lib, tezda kristallanish

markazlari vujudga keladi va suyuqlik qattiq holatga o‘tadi.



Sublimatsiya. Qattiq jismlarning bug‘lanishiga, ya’ni suyuq holatga

o‘tmasdan gaz holatiga o‘tishiga sublimatsiya (vozgonka) deyiladi.

Bu hol naftalin, yod, kamfora, quruq muz kabi moddalarda kuchli

ro‘y beradi.

Sublimatsiyaga teskari jarayonga desublimatsiya deyiladi.



Faza. Fazaviy o‘tishlar. Faza deb moddaning, shu moddaning

boshqa termodinamik muvozanatdagi holatlardan fizik xossalari bilan

farq  qiluvchi,  biror  muvozanatdagi  holatiga  aytiladi.  Masalan,

moddaning suyuq, gaz va qattiq holatlari.

Moddaning  bir  fazaviy  holatdan  boshqasiga  o‘tishi  fazaviy

o‘tishlar deyiladi. Bug‘lanish va kondensatsiya, erish va qotish tabiatda

keng tarqalgan birinchi tur fazaviy o‘tishlarga misol bo‘ladi. Bunday

o‘tishlar issiqlik yoki ajralishi bilan xarakterlanadi.



Holat diagrammasi. Moddaning holati va unda ro‘y beradigan

fazaviy  o‘tishlarni  namoyon  qilish  uchun  holat  diagrammasidan

foydalaniladi. Odatda bunday diagramma p—T (bosim-temperatura)

koordinatalarida tuziladi. Diagrammaning har bir nuqtasi moddaning

har bir holatini aniqlaydi.

Misol uchun suvning holat diagrammasini ko‘raylik (87- rasm).



CMB sohada suv qattiq holatda (muz), BMA sohada suyuq holatda

(suv),  CMA sohada gaz holatda (bug‘) bo‘ladi. BM chiziq qattiq va

87- rasm.

 

G



 

p

 

P



m

 

B

 

A

T

m



T

 

M



 

G

 



Qattiq jism

 

Suyuqlik



 

Bug‘


www.ziyouz.com kutubxonasi

204

suyuq (muz va suv), MA chiziq suyuq va bug‘ (suv va bug‘), CM

qattiq va bug‘ (muz va bug‘) muvozanat holatlarini ko‘rsatadi. CM

chizig‘iga sublimatsiya chizig‘i ham deyiladi.



Uchlanma nuqta. Muvozanat chiziqlarining har uchalasi ham

bitta M nuqtada kesishadi. Bu nuqtaga uchlamchi nuqta deyiladi. Harorat



T

m

 va bosimning p



m

 qiymatlarida suv uchta fazaviy: qattiq, suyuq va

bug‘ holatlarida bo‘ladi. Suv uchun T

m

=273,16 K ga teng.



Har bir modda uchun holat diagrammasi o‘ziga xos bo‘lib, tajriba

natijalariga asosan tuziladi.



Sinov savollari

1. Qattiq jism qizitilganda qanday o‘zgarish bo‘ladi? 2. Erish deb

nimaga aytiladi? 3. Erish qanday jarayon? 4. Erish jarayonida olingan

issiqlik miqdori nimaga sarflanadi? 5. T

er

 nimaga bog‘liq? 6. Solishtirma



erish issiqligi nima? 7. Solishtirma erish issiqligining SI dagi birligi

qanday? 8. Qotish qachon ro‘y beradi? 9. Qotish qanday jarayon? 10.

Qachon qattiq jismning harorati pasaya boshlaydi? 11. DE sohani

tushuntiring. 12. 86- rasmdagi diagrammani tahlil qiling. 13. Sublimatsiya

nima? 14. Faza nima? 15. Fazaviy o‘tishlar-chi? 16. Suv uchun holat

diagrammasini tushuntiring. 17. Uchlanma nuqta qanday nuqta? 18.

Suv uchun uchlanma nuqta harorati nimaga teng? 19. Turli moddalar

uchun holat diagrammasi farq qiladimi?



     58- §. Qattiq jismlarning mexanik xossalari

M a z m u n i :  qattiq jismning deformatsiyasi; deformatsiya va qattiq

jismning  tuzilishi;  materialning  mustahkamligi,  cho‘zilish  diag-

rammasi, moddaning plastikligi; moddaning mo‘rtligi; moddaning

qattiqligi.

Qattiq jismning deformatsiyasi. Mexanika bo‘limida qattiq jism

deformatsiyasiga to‘xtalib o‘tilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, jism

faqat tashqi kuch natijasida emas, balki qizdirish va sovitish natijasi-

da ham o‘z  shaklini va, demak, ichki energiyasini o‘zgartirishi mumkin.



Òashqi  kuchlar  ta’sirida,  qizdirilganda  yoki  sovitilganda  jism

hajmining va shaklining o‘zgarishiga qattiq jismning deformatsiyasi

deyiladi.

Deformatsiyalovchi sabab olingandan so‘ng jism o‘zining dastlab-

ki holatini to‘la tiklasa, elastik deformatsiya, tiklamasa plastik deformatsiya

www.ziyouz.com kutubxonasi



205

deyiladi. Moddalar elastiklik va plastiklik xossalariga ega bo‘ladi. Masalan,

po‘lat, rezina, teri-elastik, mis, mum-plastik moddalardir.

Deformatsiya va qattiq jismning tuzilishi. Deformatsiya natijasida

kristall panjara tugunlarida joylashgan zarralarning bir-birlariga nisbatan

siljishlari ro‘y beradi. Bu esa zarralar o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro

ta’sir kuchlari muvozanatining buzilishiga olib keladi. Natijada zarralarni

dastlabki o‘rinlariga qaytarishga harakat qiluvchi ichki elastiklik kuchlari

F

el

 vujudga keladi.



Shuni ta’kidlash  lozimki, har qanday deformatsiyani amalga

oshirish uchun ish bajariladi yoki issiqlik miqdori beriladi. Demak,

deformatsiyalangan jism ichki energiyasining o‘zgarishi tashqi kuchlar

ta’sirida bajarilgan ish yoki berilgan issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi.

Misol uchun elastik ravishda cho‘zilgan yoki siqilgan sterjenning

potensial energiyasi quyidagicha o‘zgaradi:

( )

2

1



2

,

n



ES

l

E

A

l

=

= ×



× D

bu yerda — shu deformatsiyani amalga oshirgan tashqi kuchlar ishi;



— deformatsiyalanuvchi jismning ko‘ndalang kesimi yuzasi, 

uzunligi, — Yung moduli.

Ko‘rinib turibdiki, elastik ravishda cho‘zilgan sterjenning poten-

sial energiyasi deformatsiya kvadrati (D)

2

 ga to‘g‘ri proporsional.



Materialning mustahkamligi. Òurli xil qurilmalarni loyihalashda

materiallarning mustahkamligini hisobga olish kerak. Materiallarning

mustahkamligi deb, u buzilmasdan chidashi mumkin bo‘lgan yukka

(og‘irlikka) aytiladi. Mahkamlik chegarasi s

m

  deb normal mexanik



kuchlanishning yuk chidashi mumkin bo‘lgan eng katta qiymatiga aytiladi.

88- rasm.

s

e



O

D

Elastiklik chegarasi s

e

 deb


s  ning  deformatsiya  va  unga

qo‘yilgan kuch orasidagi pro-

porsionallik saqlanadigan che-

garadagi qiymatiga, ya’ni  Guk

qonuni bajariladigan chegara-

dagi qiymatiga aytiladi.



Cho‘zilish  diagrammasi.

Endi  cho‘zilish  diagrammasi

deb nom olgan kuchlanganlik

s va nisbiy deformatsiya e ora-

sidagi  bog‘lanishni  ko‘raylik

(88- rasm).

e

www.ziyouz.com kutubxonasi



206

Guk qonuni bajariladigan OA qismga elastik deformatsiya mos keladi,

s

e

— elastiklik chegarasi. U materiallarning turiga bog‘liq bo‘lib, po‘lat



uchun 5 · 10

8

 Pa, mis uchun esa 1,2 · 10



8

 Pa ni tashkil etadi. ABCD

qismga plastik deformatsiya mos keladi. AB qismda qattiq jismning oqishi

vujudga keladi, ya’ni  nisbiy deformatsiya mexanik kuchlanishga nisbatan

tezroq o‘sadi. BC qismda esa mexanik kuchlanish o‘zgarmay qoladi,

nisbiy deformatsiya  esa ortadi. Oqish chegarasi   s

o

BC  qismga mos



keladi. D nuqta mahkamlik chegarasi s

m

 ga mos keladi. Po‘lat uchun u



7,85 · 10

8

 Pa ga, mis uchun esa 2,45 · 10



8

 Pa ga teng.



Moddaning plastikligi. Juda ko‘p moddalarning plastikligi ularning

elastiklik chegarasidan juda katta bo‘ladi. Bunday moddalar qayishqoq

moddalar deyiladi. Ular ham elastik, ham plastik deformatsiyaga ega

bo‘ladi. Bundaylarga mis, rux, temir va boshqalar misol bo‘ladi.

Mum,  loy,  plastilin  kabi  elastik  deformatsiya  sohasi  mavjud

bo‘lmagan moddalar esa p l a s t i k l a r  deyiladi.

Mahsulotning sinishga qarshilik qilish qobiliyati faqat moddaning

sifatiga emas, balki mahsulotning shakliga va  ko‘rinishiga ham bog‘liq

bo‘ladi. Masalan, tayoqchani cho‘zishdan ko‘ra bir tomonlama siqish

yordamida tezroq sindirish mumkin.



Moddaning mo‘rtligi. Uncha katta bo‘lmagan deformatsiya natija-

sida bo‘laklanib ketadigan jismga mo‘rt jism deyiladi. Misol uchun

shisha, chinni idishlar mo‘rt hisoblanadi. Cho‘yan, marmar, kahrabo

judayam yuqori mo‘rtlikka ega. Po‘lat, mis, qo‘rg‘oshinlar esa mo‘rt

bo‘lmagan moddalar hisoblanadi. Mo‘rt moddalarning elastiklik va

mustahkamlik chegarasi qariyb bir xil. Shuni ta’kidlab o‘tish lozim-

ki, u yoki bu moddadan ma’lum maqsadda foydalanishda uning

mo‘rtligiga e’tibor beriladi.



Moddaning qattiqligi. Òexnikada moddalarning qattiqligi ham

muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ikkita material berilgan bo‘lsa, ular-

ning qaysinisi ikkinchisining sirtida chizib iz qoldira olsa, o‘sha qattiq

hisoblanadi.  Metallarni  arralash  va  kesish  uchun  ishlatiladigan

moddalar qayta ishlanadiganlariga nisbatan qattiqroq bo‘lishi kerakligi

shubhasiz. Hozirgi paytda bu maqsadlarda o‘ta qattiq qotishmalardan

foydalaniladi.Òabiiy moddalar ichida eng qattig‘i olmosdir.

Sinov savollari

1.  Qattiq  jismning  deformatsiyasi  deb  nimaga  aytiladi?  2.  Qanday

deformatsiya elastik deyiladi? Misollar keltiring. 3. Plastik deformatsiya deb

qanday deformatsiyaga aytiladi? Misollar keltiring. 4. Deformatsiya natijasida

kristall panjarada qanday o‘zgarish ro‘y beradi? 5. Ichki elastiklik kuchlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



207

qanday vujudga keladi? 6. Deformatsiyalangan jismning ichki energiyasi

o‘zgaradimi? 7. Deformatsiyalangan jism ichki energiyasining o‘zgarishi

nimaga teng bo‘ladi? 8. Cho‘zilgan yoki siqilgan sterjenning potensial ener-

giyasi nimaga teng bo‘ladi? 9. Materialning mustahkamligi deb nimaga aytiladi?

10. Mahkamlik  chegarasi  deb-chi? 11. Elastiklik chegarasi deb nimaga

aytiladi? 12. Cho‘zilish diagrammasi deb qanday bog‘lanishga aytiladi?  13.

Cho‘zilish diagrammasini tahlil qiling. 14. Ham elastik, ham plastik xossalarga

ega bo‘lgan moddalar mavjudmi? Ularga misollar keltiring. 15. Plastiklar

deb qanday moddalarga aytiladi? 16. Mo‘rt jismlar deb qanday

 jismlarga

aytiladi? Mo‘rt va mo‘rt bo‘lmagan moddalarga misollar keltiring. 17.

Jismlarning qattiqligi qanday aniqlanadi? Qattiq jismlarga misollar

keltiring.



    59- §. Moddalarning issiqlikdan kengayishi

M a z m u n i : issiqlikdan kengayish; issiqlikdan kengayishning

sababi;  chiziqli  kengayish;  hajmiy  kengayish;  suyuqliklarning

issiqlikdan kengayishi; qizitilgan suyuqlikning zichligi; issiqlikdan

kengayishni texnikada va hayotda e’tiborga olish; suv zichligining

temperaturaga bog‘liqligi; suv zichligi o‘zgarishining tabiatga ta’siri;

suvning muzlaganda kengayishi va uning oqibatlari.

Issiqlikdan kengayish. Qizitilgan jism o‘lchamlarining kattala-

shuvi, sovitilganining esa kichiklashuvi kundalik hayotdan ma’lum.

Òemperaturaning ko‘tarilishi natijasida jism chiziqli o‘lchamlarining

va hajmining ortishi issiqlikdan kengayish deyiladi.



Issiqlikdan kengayishning sababi. Òemperatura ortishi bilan atom-

larning to‘la energiyasi ortadi, demak, issiqlik tebranma harakat am-

plitudasi ortadi. Natijada qattiq jism zarralarining muvozanat holatlari

orasidagi o‘rtacha masofa kattalashadi, ya’ni issiqlikdan kengayish

ro‘y beradi.

Chiziqli kengayish. Bizga Ò

0

 temperaturali va l



0

 uzunlikdagi qat-

tiq jism berilgan bo‘lsin. Uni bir o‘lchamli, ya’ni ko‘ndalang kesim

yuzasi uzunligiga nisbatan e’tiborga olmaydigan darajada kichik deb

olamiz. Jismni Ò  temperaturagacha, ya’ni D— T

0

 temperaturaga



isitaylik. Natijada uning uzunligi gacha, ya’ni D— l

ga ortadi.



Òajribalarning ko‘rsatishicha, qizigan jismning uzunligi temperatura

o‘zgarishiga chiziqli bog‘liq.



l

0

(1+ aDT),                              (59.1)



www.ziyouz.com kutubxonasi

208

bu yerda a chiziqli kengayishning temperatura koeffitsiyenti deyiladi.

Agar (59.1) dan a ni aniqlasak,

0

1



l

T l

D

D



a =

                                          (59.2)

ni topamiz. Demak, a  jismning nisbiy chiziqli kengayishi 

Dl



l

0

 ning



temperatura o‘zgarishi DT ga nisbati bilan aniqlanadi. Boshqacha

aytganda, jismning temperaturasi 1 K ga o‘zgarganda uning uzunli-

gi dastlabki uzunligining qancha qismiga o‘zgarganini ko‘rsatadi:

[ ]


[ ]

[ ]


1

.

1



1m

K m


1K

l

T

l

a

-

D



=

D

×



=

=

Demak, SI da [a] = 1K



–1

 bo‘lib, amalda juda ko‘p moddalar

uchun uning qiymati temperaturaga bog‘liq bo‘lmaydi.

4- jadval


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling