O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet18/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Metallorganik birikmalar. Metallorganik birikmalar organik birikmalar sinfining katta qismini tashkil qiladi. Metallorganik birikmalar reaktsiyaga kirishish qobiliyati kuchli bo’lgan organik birikmalardir.
Organik birikmalar davriy sistemaning I, II, III gruppa va izgaruvchan valentli (Ti, Cr, Fe, Co, Ni, Pd, Pt) metallari bilan uglerod-metall bog’lari hosil qilishlari natijasida metallorganik birikmalar hosil bo’ladi.
Metallorganik birikmalarning nomlanishi uglevodorod qoldig’i va metall nomlaridan hosil bo’ladi:
CH3Na-metilnatriy, C6H5Na-fenilnatriy, (C2H5)2Hg-di-etilsimob va h-zo.
Galogenalkanlar metallar bilan o’zaro ta’sirlashib metallorganik birikmalar hosil qiladi va ulardan foydalanib turli xil organik birikmalar sintez qilinadi.
Galogenalkanlar natriy bilan reaktsiyaga kirishadi va oxirgi mashsulot sifatida tiyingan uglevodorod hosil bo’ladi (Vyurts reaktsiyasi):
2R-X + 2Na  R-R + 2NaX
Reaktsiya kuchli elektronodonor bo’lgan Na atomidan galogenga elektronlarning siljishi orqali boshlanadi. Bunda oraliq mashsulotlar sifatida ozod radikallar va natriyorganik birikmalar hosil bo’ladi:

Litiyorganik birikmalar N2 yoki Ar atmosferasida erituvchi ishtirokida galogenuglevodorodlarga litiy metali ta’sir ettirib olinadi:

Magniyorganik birikmalarni esa tetragidrofuran yoki quruq dietil efiri eritmasida galogenuglevodorodlar bilan magniy metali ta’sirida olish mumkin:

Ruxorganik birikmalar Birinchi marta E.Frankland tomonidan 1849 yili ruxga etil yodid ta’sir ettirib olingan:

Ruxorganik birikmalar asosan litiyorganik birikmalarga suvsiz ZnCl2 ta’sir ettirish bilan olinadi:

Alyuminiyorganik birikmalar odatda alkilyodidlarga alyuminiy ta’sir ettirib sintez qilinadi:

Trialkilalyuminiy texnikada 100-1200 S da bosim ostida alken, vodorod va maydalangan alyuminiydan olinadi:

Bu birikma shavoda yonib ketadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling