O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

O‘zbekiston va

Tojikiston aloqalari

      Tojikistonda 1992-1996-yillarda da vom 

etgan birodarkushlik urushi Toji kis ton  ning 

iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, 

uning qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorli-

giga ham salbiy ta’sir etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 

1998-yil 4-yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov 

O‘z  be   kis tonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari 

tashrif yakunlari bo‘yicha qo‘shma axborot imzoladilar. O‘zbekiston 

va To ji kiston Bosh vazirlari sog‘liqni saqlash, madaniyat va gumani-

tar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘ri-

si  da bitim 

larni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 

yuk ta shish hamda gaz yetkazib berish, Tojikistonning qarzi bo‘yi-


447

cha o‘zaro hi sob-kitob to‘g‘risidagi bitimlar ham imzolandi. O‘zbe-

kiston va To ji kiston munosabatlari o‘zining yangi, mustahkam lanish 

va taraq qiyot davriga o‘tdi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida 

tovar ayir bosh lash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSH dollaridan oshdi, 

bu av val gi yilga nisbatan 50 foiz ko‘pdir. 2000-yil da O‘zbe kistonda 

15 ta o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasi, To ji kistonda 3 ta tojik–o‘zbek 

qo‘sh    ma korxonasi faoliyat yuritdi.



O‘zbekiston va

Turkmaniston aloqalari

      1991-yilda O‘zbekiston va Turkma-

nis ton Prezidentlari uchrashuvida «O‘zbe-

kis ton Res 

pub likasi bilan Turkmaniston 

Res pub   likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkor lik to‘g‘risi da shartnoma» 

imzo landi. Bu shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iq 

tisodiy, 

ma daniy aloqalarga negiz bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1996-yil 16-yanvar kuni ama-

liy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Chorjo‘y shahrida S. Ni yo  zov 

bilan I. Karimov o‘rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasi-

da muzokaralar bo‘ldi. Prezidentlar O‘zbekiston bilan Turk ma nis ton 

o‘r ta  si da do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartno-

ma ni, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chega ra sini 

qo‘riq lashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masa lalari 

bo‘yicha bitimlarni imzoladilar.

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlan-

tirish va o‘zaro himoyalash, havo yo‘li, bojxona ishlarida ham-

korlik va o‘zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlik-

ning aso siy yo‘nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq 

ol mas  lik, ma da niyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va boshqa 

so ha larda hamkorlik qilish to‘g‘risida 20 dan ziyod bitimlar imzo-

landi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2007-, 2010-, 2012-

yil   lardagi Turkmanistonga Davlat tashrifi, Turkmaniston Prezidenti 

Gur banguli Berdimuhammedovning 2008-yil mart oyidagi, 2013-yil 

noya bir oyidagi O‘zbekistonga Davlat tashriflari ikki qardosh mam-

lakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarning yanada mustah kam-

lanishga xizmat qilmoqda. Ikki davlat o‘rtasida imzolangan iqtiso-

diy ham korlik to‘g‘risidagi shartnoma, do‘stona munosabatlar va har 

to mon lama hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi shart-

noma va bir qator bitimlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida ham-

korlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida erkin savdo 

tartibi yo‘lga qoyildi.


448

Turkiston –

umumiy uyimiz

       O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 

o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tojik, 

turk man va mintaqada yashovchi xalqlar 

o‘r tasida qadimiy do‘stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkam-

lashni nazarda tutib «Turkiston – umumiy uyimiz», degan g‘oyani 

ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda, ijod-

kor ziyolilar e’tiborini Turkiston tuyg‘usi – tarixiy birlik tuyg‘usini 

qay tadan tiklashga qaratdi. 

Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalq-

larni yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bu g‘oyani 

qo‘llab-quvvatladilar. «Turkiston – umumiy uyimiz» deb nomlangan 

jamoatchilik harakati tashkil topdi.

1995-yil 21-noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari 

ishtirokida «Qardosh xalqlar uchrashuvi» mavzusida xalqaro quriltoy 

bo‘lib o‘tdi. Quriltoyda «Turkiston – umumiy uyimiz» harakatini 

birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlagan dunyoga mash hur bo‘lgan 

qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruza chi va 

so‘zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o‘tgan 

ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqlolda tug‘ilajak av lod lar bog‘liqligi, 

mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg‘usining muqaddasligi haqi-

da so‘zladilar. Qurultoyda «Turkiston xalq lari madaniyati Assam-

bleyasi» tashkil etildi. Chingiz Aytmatov Assambleya Prezidenti, 

Odil Yoqubov Assambleya vitse-prezidenti etib saylandi. Assam-

bleyaning qarori Toshkentda, uning bo‘limlari Bishkek va Almati-

da tashkil etildi. Assambleya xalqaro konfe rensiya, davra suhbatla-

ri o‘tkaz moqda. 1997-yil oktabr oyidan bosh lab 8 sahifalik «Mar-

kaziy Osiyo madaniyati» nomli gazeta o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik 

va rus tillarida chiqarilmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o‘rta-

sida do‘stlik va hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga ko‘mak-

lashmoqda.

4. O‘zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan

o‘zaro manfaatli aloqalari

O‘zbekistonning

Yaqin va O‘rta Sarq 

mamlakatlari bilan 

hamkorligi

      O‘zbekiston Respublikasi, birin chi nav-

batda, Yaqin va O‘rta Sharq hamda arab 

mamlakatlari bi 

lan davlatlararo muno-

sabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga ki ri-

shdi.


449

1991-yil 16–19-deka 

br kunlari I. 

Karimov boshliq O‘zbekis-

ton dav lat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib 

tan olgan mamlakat – Turkiyada bo‘ldi. Turkiya Prezidenti Turg‘ut 

O‘zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilar-

mon  lar bilan amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Safar cho-

g‘i da O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Jumhuriyati o‘rtasi-

da dav latlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risi-

da shart 

noma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida 

Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, 

madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasida-

gi o‘zaro ham kor lik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiya-

lar sohasi dagi ham korlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, tele-

videniye va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida pro-

tokollar va boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston bilan Turkiya 

o‘rtasidagi muno sabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992-yil 

28-aprel kuni O‘zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O‘zbe-

kiston elchi 

xo na si ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkor 

lik-

ning yanada chuqur lashtirishda Turkiya Davlati rahbarlari – Turg‘ut 



O‘zol, Sulay mon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet 

Sezer lar ning O‘zbe kistonga rasmiy tashriflari chog‘ida imzolangan 

hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkor-

lik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‘ja-

lik mahsulotlarini qay ta ishlash, qo‘shma korxonalar qurish, kadrlar 

tayyorlash, turizm ni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy nati-

jalar bermoq da. O‘z be kistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtiroki da 

200 dan  ortiq roq qo‘sh ma korxonalar barpo etildi. 1996-yil iyun oyi-

da O‘zbekiston av tomo bilsozlik

  korxo na lari assotsiatsiyasi – «O‘z-

avto  sanoat» Tur kiya   ning «Koch xolding» konserni bilan Samar qand 

shahrida

  «Sam Kochavto» o‘zbek–turk qo‘shma korxonasini barpo 

etish to‘g‘risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo‘shma korxo-

na bunyod etildi va sig‘imi o‘rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha 

yuk ko‘


 

ta radigan yuk avtomobillari yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ikki mam-

lakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 mln 

AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda 275 mln AQSH dol-

lariga ko‘paydi. 

1992-yil 27-28-iyun kunlari 



Pokiston Islom Respublikasi Bosh 

vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat 

tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi.


450

Safar kunlarida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom 

Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prin-

siplari to‘g‘risida shartnoma», iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘ri-

sida, ma da ni yat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, 

turizm sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘ri-

sida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ham-

korlikni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 13–14-

avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjat-

lar yanada yangi pog‘onaga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida suv resurs-

lari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkor-

lik qilish to‘g‘risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat 

bank lari va milliy banklar o‘rtasida, vakolatxonalar ayirboshlash 

to‘g‘ risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to‘g‘risida 

bitimlar imzolandi. Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Bena-

zir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida O‘zbekistonga ikki mar-

ta tashrif buyurdi. Iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, sayyo-

hlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi. 



O‘zbekistonda Pokision sarmoyalari ishtirokida 120 ta qo‘shma 

kor  xo na tuzilgan. «Tabani», «Merkuriy», «Metro», «Laksan Tara-

ka» kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoq-

da. 1994-yilda O‘z be kiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash 

hajmi 4,3 min AQSH dollarini tasbkil etdi. O‘zbekiston Pokiston-

ga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar, shisha, yengil sanoat 

uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq 

iste’moli mollari, xususan, tay yor kiyimlar, poyafzal, charm buyu-

mlar, kakao va shakar keltirilmoqda.

1992-yil 24–25-noyabr kunlari Respublikamiz Prezidenti Islom 

Kari mov  ning 

Eron Islom Respublikasiga rasmiy Davlat tashrifi O‘z-

be  kis   ton va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Safar 

chog‘ida 

«O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi 

o‘rta sida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida Dekla-

ratsiya»

, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to‘g‘risida me mo-

ran dum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasi dagi ham-

jihat lik to‘g‘risida memorandum, pochta, telefon va teleg  raf so ha-

sidagi hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, davlat Markaziy bank-

lari o‘rtasida bitim imzolandi. 1993-yil 18-oktabrda Eron Prezi den -

ti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O‘zbekistonga rasmiy tash-

rif bilan kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kenga-

yishiga ko‘maklashdi. Safar chog‘ida tranzit aloqalarni tartib ga so lish 



451

to‘g‘risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim 

lar 

imzolandi.



O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar transport soha-

sida keng rivojlandi. 1996-yilda O‘zbekiston Eron hududi orqali 34 

ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko‘rsatkich 487 ming 

tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 

750 ming tonna tranzit yuki olib o‘tildi. O‘zbekiston yuklari aso-

san Eron 

ning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubi-

Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda. 2002-yil boshlarigacha 

Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda ellikka 

yaqin O‘zbekiston–Eron qo‘shma korxonasi barpo etildi va ular aso-

san ishlab chiqarib bilan shug‘ullanmoqda.

2002-yil 26-aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad 

Hota miy ning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O‘zbekis-

ton va Eron o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa torti-

lishga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli 

ma’lumot larni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun 

viza masala larini yengillashtirish, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruv-

chilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog‘-

kon sanoati pala tasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar ikki 

mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada 

boyitdi.

O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi 

ras miy tashrif bilan 

Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan 

dav lat lar aro munosabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnomalar, iqti-

sodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. 

Saudiya Arabistoni, Misr Davlat va hukumat vakillarining O‘zbekis-

tonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo 

munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekis-

tonlik yoshlar Qohira universitetida, «Al-Azhar» va «Ayn Shams» 

univer sitetlarida, misrliklar Toshkent texnika va agrar universitet-

la ri da tahsil olmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va 

ta’ lim markazi faol ishlab turibdi. 1992-yilda O‘zbekiston Pokiston, 

Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 

(EKO)ga a’zo bo‘lib kirdi.

O‘zbekistonning yirik mamlakat – 

Hindiston bilan aloqalari ken-

ga  yib bormoqda. 1993-yil 23-25-may kunlari Hindiston Bosh vazi-

ri Narasimxa Rao Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar 

kun  lari da 



«O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Res pub li ka si 

452

o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to‘g‘ri-

sida» shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘-

ri sida, havo yo‘llari to‘g‘risida va savdo-iqtiso diy hamkorlik to‘g‘ri-

sida bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1993-yil 17–19-avgust 

kun  lari Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasi-

da iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim, 

madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va omma-

viy ax bo   rot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. 

O‘z be kis  ton bilan Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik kengayib bor-

moqda.


1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning «TA TA 

Projekt LTD» firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‘rinli salo-

matlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, 

barlari, katta restoranlari bo‘lgan zamonaviy mehmonxona ning ochi-

lishi fikrimizning dalilidir.

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini I. Kari mov  ning 

2000-yil 1–3-may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada yuqori 

pog‘onaga ko‘tardi. Safar paytida O‘zbekiston Prezi denti Hin dis ton 

Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yaku-

nida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida xal qaro ji noyat -

chilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-

yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan. «O‘zbe-



kiston bilan Hindiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida qo‘sh ma Bayo-

not», «Jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstradit 

siya 

to‘g‘risida»gi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtiso-

diy, madaniy, ta’lim, axborot, bojxona sohalari bo‘yicha hamkorlik 

qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston va Hin dis ton o‘rtasi-

da o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin hujjatlar 

qabul qilingan. O‘zbekistonda  Hindiston bilan ham korlikda tashkil 

etilgan 30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘r sat moqda.

O‘zbekiston va

Xitoy aloqalari

      O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyo-

sati  ning asosiy yo‘nalishlaridan biri Sharq 

va Tinch okeani havzasi mamlakatlari 

bi lan alo qa lar o‘rnatish va rivojlantirishga qaratil gan. Bu mamlakat-

lar ora sida Xitoy Xalq Respublikasi bilan davlatlararo aloqa o‘matish 

alo hida ahami yatga ega.

O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki payt-

lar  da yoq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar 


453

o‘rnatildi. 1992-yil 2–3-yanvar kunlari XXR Tashqi iqtisodiy aloqa 

va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo‘ldi, shu kunlari ikki 

mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, elchixonalar 

ochishga qaror qilindi.

1992-yil 12–14-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov-

ning XXRga Davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos 

soldi. Safar chog‘ida hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha 20 ga 

ya qin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik 

to‘g‘ri si da, qishloq xo‘jaligida hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalarni 

rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitimlar bor edi.

1994-yil 18–20-aprel kunlari XXR Davlat Kengashining Raisi 

Li Penning O‘zbekistonga Davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan 

Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti 

aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolan di. 

Xitoy tomoni O‘zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 

samolyotlarini xarid qiladigan bo‘ldi.

1994-yil 24–25-oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga 

ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo‘lgan 

hujjat – «O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘r-



ta si da o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli 

ham kor likni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma», shuningdek, ikki 

davlat o‘r tasida konsullik shartnomasi imzolandi. Islom Karimov-

ning 1999-yil 8–10-noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari 

chog‘ida siyo sat, iqtisodiyot, madaniyat, telekom munikatsiya soha-

larida hujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalar yana da kengay-

di. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 78 ta O‘zbe kiston–Xitoy 

qo‘sh  ma korxonasi ikki mamlakat o‘rtasida ham korlikning rivojlanib 

borayot ganining dalilidir.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao Davlat tashrifi bilan 

2004-yil 14-iyun kuni O‘zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqla-

ri uchrashuvida O‘zbekiston–Xitoy munosabatlariga doir masa-

lalar muhokama qilindi. 2004-yil yanvar–aprel oylarida o‘zaro 

savdo hajmi 134 mln AQSH dollariga yetganligi, umumiy qiymati 

100 mln AQSH dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga 

oshirilayot ganligi qayd etildi. Ikki mamlakat to‘qimachilik, qish-

loq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida 

hamkorlik aloqa larini o‘rnatgan. Muzokaralar yakunida «O‘zbekis-

ton bilan Xitoy o‘r ta si da sheriklik munosabatlari, do‘stlik va ham-

korlikni yanada rivoj lan tirish va mustahkamlash to‘g‘risida qo‘sh-


454

ma Deklaratsiya»

 imzo  lan  di. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 

narkotik vositalari ning, psixotrop moddalarning noqonuniy ayla-

nishi va suiiste’mol etilishi ga qar shi kurashda hamkorlik qilishga, 

texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomi-

dagi institutni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar 

jami 10 ta hujjat im zo lan di.

Ikki tomonlama hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoya-

viy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda izchillik bilan rivojlan-

moq da. O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida tuzilgan 488 qo‘ sh-

ma korxona faoliyat yuritmoqda. 2002–2012-yilda Xitoy sarmo ya-

si ishtirokida qiymati 6,75 milliard dollarlik bir nechta loyiha amal-

ga oshi  rildi. 2012-yildan Xitoyga O‘zbekiston tabiiy gazi mun ta  zam 

yetkazib berilmoqda. Ikki tomonlama tovar ayriboshlash haj mi 2012-

yil  da 3,4 milliard AQSH dollariga yetdi. Hamkorlik tobora rivojla-

nib bormoqda. 

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkor-

lik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamda strate-

gik sheriklik o‘rnatish to‘grisidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida bar-

cha sohalarda rivojlanmoqda. 2008–2013-yillarda tovar ayriboshlash 

haj mi qariyb 6 barobar oshdi va 2013-yilda 5,2 milliard dollarga 

yetdi. O‘zbekiston–Xitoy kapitali ishtirokidagi 466 korxona, jumla-

dan, to‘la Xitoy sarmoyasi bilan tashkil etilgan 77 korxona faoliyat 

yurit moq da.

XXR Raisi Si Zinpinning 2013-yil sentabr oyida O‘zbe kis ton-

ga Davlat tashrifi doirasida umumiy qimmati 15 mlrd dollarga teng 

loyihalarini barpo etishga oid 31 hujjat imzolandi va amalga oshiril-

moq da.

O‘zbekiston va Janubiy 

Koreya hamkorligi

      1992-yil mart oyida O‘zbekiston va 

Ja nubiy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqa 

o‘rnatildi. 1992-yil 19-iyunda O‘z  

 

 be    kis ton 



Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya Respub lika si ga Davlat 

tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqti so diy, sav-

do, madaniy-texnikaviy aloqalar 

ga asos soldi. «O‘zbe kis  ton bilan 



Janubiy Koreya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik 

asoslari to‘g‘risida Deklaratsiya» imzolandi. Savdo-iqti 

sodiy ayir-

bosh lash haqida, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mab lag‘ 

sarf lay  digan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafo lat  lar 

haqi da bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayo-

hat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq mud dat-



455

ga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreya 

dagi 

«DAEWOO» Korpo 



ratsiyasi rahbariyati bilan Asakada  avto mo bil 

za vo di qurishga kelishildi.

1992–1996-yillarda «Uz-DAEWOOavto» O‘zbekiston–Janubiy 

Koreya qo‘shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishla-

ri amal   ga oshirildi. Zavod 1996-yil 25-mart kuni «Damas», «Tico», 

«Nexia» yen gil avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi.

O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyaning «Qabul-Tekstil» kompa-

niyasi o‘rta  sidagi hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bormoqda. 

Mazkur kom paniya O‘zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida 

sarmoya kirit di va o‘zlashtirildi. «Qabul-Tekstil» ishtirokida Tosh-

kent, To‘y tepa va boshqa shaharlarda qo‘shma korxonalar barpo 

etildi va xari 

dor   gir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaril-

moqda.


Shunday qilib, O‘zbekistonning Janubiy Koreya Respublika-

si bilan ham kor ligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O‘zbe-

kistonga  Janubiy  Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sar-

moya kirib keldi va o‘zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Janu-

biy Koreya hamkorligida barpo etilgan qo‘shma korxonalar faoliyat 

ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayir bosh lash hajmi 

yildan yilga oshib bormoqda.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling