4-rasm. Yakka quvurni kо‘ndalang aylanib о‘tish (A) va nisbatning о‘zgarishini burchakka bog‘lanishi (B)
bо‘lganda chegara qatlamning qalinligi minimal bо‘lsa, issiqlik berish koeffitsiyentning maksimal qiymati kuzatiladi (4-rasm, B). bо‘lganda oqimning ajralishi yuz beradi va issiqlik berish minimumga erishadi, bо‘lganda esa –oqim turbulentlanishi tufayli issiqlik berish ortadi.
-ning о‘rtacha qiymatini aniqlash uchun quyidagi kriterial tenglamalar tavsiya etiladi:
; ; (11)
; . (11a)
Kо‘p sonli quvurlardan iborat bо‘lgan bog‘lam-tо‘plamlarga birlashtirilgan issiqlik almashish apparatlarda issiqlik berish jarayoni ancha murakkab bо‘ladi. Amalda bog‘lam-tо‘plamlarda quvurlar kо‘p hollarda shaxmatli yoki yо‘lakli tartibda joylashtiriladi (5-rasm).
Birinchi qator quvurlardan oqib о‘tish shartlari yakka quvurni aylanib о‘tish jarayoniga о‘xshash bо‘ladi.
5-rasm. Yо‘lakli (A) va shaxmatli (B) tartibda joylashagan doiraviy quvurli tо‘plamlarda issiqlik tashuvchining harakati.
Keyingi qatorlarda oqim turbulentlanishi tufayli aylanib о‘tish tavsifi о‘zgaradi va issiqlik berish oshadi. Issiqlik berish tо‘plamdagi va nisbiy qadamlarga ham bog‘liq bо‘ladi. Yо‘lakli tо‘plamlarda oldingi quvurlar keyingilarni tо‘sadi va ular orasida turg‘un sohalar vujudga keladi. Shaxmatli tо‘plamlarda barcha quvurlar bir xil sharoitda bо‘lib turbulentlanish darajasi oshadi. Shuning uchun, shaxmatli tо‘plamlarda yо‘laklilarga qaraganda issiqlik berish yuqori bо‘ladi. Quvurning 3-4 qatorlaridan keyin oqim barqarorlashadi.Quvur tо‘plamlarining о‘rtacha issiqlik berish koeffitsiyentini aniqlash uchun, bо‘lganda quyidagi kriterial tenglamalardan foydalaniladi:
quvurli yо‘lakli joylashaganda
; (12)
quvurlar shaxmatli joylashganda
. (12a)
Bu formulalarda belgilovchi о‘lcham sifatida quvurning tashqi diametri, belgilovchi temperatura –issiqlik tashuvchining о‘rtacha temperaturasi, belgilovchi tezligi sifatida esa – tо‘plamning eng tor kо‘ndalang kesimdagi tezligi olinadi.
Nazorat savollari.
Erkin konfeksiyada issiqlik berish nima?
Majburiy konveksiyada issiqlik berish.Issiqlik tashuvchining laminar va turbulent oqimini tushuntiring.
3. Jismning kо‘ndalang oqib о‘tishida issiqlik berish nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |