O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
1.3. Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial
funksiyalarning o„zgarishi Adabiyot manbalaridan ma‘lumki, patologik holatlarining kelib chiqishiga asosan mitoxondriyalar disfunksiyasi sabab bo‗ladi. Mitoxondriya 27 membranasining zararlanishi kasallikka olib keladi. Masalan, (-hujayralarda mitoxondrial buzilishlar diabetni chaqiradi (Эршова, 2003). Mitoxondriyalar yana ishemiyada, gepatitda va ishemik to‗qimalar reperfuziyasida zararlanadi, bu yurakda, miyada va buyrakda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mitoxondriya oqsillarining mutatsiyalanishi patologik to‗qimalarning turli ko‗rinishlarida kuzatiladi; mitoxondriya disfunksiyasi barcha asosiy neyrodegenerativ kasalliklar Parkinson, Alsgeymerga bog‗liq bo‗lib, motoneyronlarning buzilishi va ko‗pincha sklerozga olib keladi (Krieger, Duchen, 2002; Schon, Manfredi, 2003). Yurak mitoxondriyalari disfunksiyasi kardiomiopatiyani keltirib chiqarishi mumkin. Sepsis kasalligi davrida ko‗pgina organlar tizimining zararlanishida mitoxondriya disfunksiyasi asosiy rol o‗ynashi isbotlangan. Mitoxondriyalar hujayra disfunksiyalarining inisirlanishida asosiy mishen hisoblanadi [Duchen, 1999; Francesca et al., 2002]. Ma‘lumki, mitoxondriya o‗tkir disfunksiyasi ishemiya yoki anoksiyada hujayrada energiya yetishmovchiligi va nekrotik o‗limiga olib keladi. Hujayra metobolizmidagi energetik o‗zgarishlar organizmning qarishi va kasalliklarda ular bilan bog‗liq ravishda shuningdek, bir qancha turli xil o‗sma shishlari rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi. Mitoxondriyada hosil bo‗ladigan erkin radikallar, taxmin qilingandek hujayra funksiyalari degradasiyasida markaziy rol o‗ynaydi. Qarish jarayoni asosida nima yotadi? Bunda uzoq yashashni ta‘minlaydigan bir qancha genlar mitoxondriyani himoya qiladi yoki hech bo‗lmaganda hujayra antioksidant himoya funksiyasini o‗zgartiradi (Hekimi, Guarente, 2003; Migliaccio et al., 1999). Mitoxondrial DNK mutasiyasi bir-biridan farq qiladigan kardiomiopatiya patologiyalaridan tortib, oshqozon-ichak trakti patologiyasi va bosh miya shikastlanishigacha bo‗lgan patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Mitoxondriyalarda patologik holatlarning rivojlanishida ular ichki membranasidagi SsA-sezgir poralarining roli keng mushoda qilinmoqda. Aniqlanishicha, ushbu poralarning ochilishi to‗qimalar reperfuziyasi va ishemiyada 28 nekrozning rivojlanishida kalit rolini o‗ynaydi [Lemasters et al., 1998]. Jigarning turli xildagi zararlanishlari, xususan turli ko‗rinishdagi gepatitlarning kelib chiqishida mitoxondriyalarning funksiyasi buzilishi yotadi. Zamonaviy gepatologiyada tadqiqotchilar asosiy e‘tiborni turli gepatitlarning farmakoterapiyasi va ushbu patologiyalarning molekulyar mexanizmlarini o‗rganishga qaratmoqdalar. Buni ushbu patologiyalarda membrana buzilishlarining molekulyar mexanizmlari to‗lig‗incha asoslanmaganligi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek, bu jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi biologik preparatlar aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo‗llarini aniqlash borasida ko‗plab tadqiqotlarni olib borishni taqozo etmoqda [Mеyr, 2001]. Shu munosabat bilan jigar patologiyalarida membrana buzilishlarining molekulyar mexanizmlarini o‗rganish dolzarb muammolardan bo‗lib, davolashning yangi uslub va ko‗rinishlarini ishlab chiqish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Gepatit sharoitida patologik holatlar rivojlanishi mexanizmlarini o‗rganishning birmuncha qulay modeli bu eksperimental toksik gepatit hisoblanadi (Акиншина, 2001). Ma‘lumki, jigarning SSl4 bilan toksik zararlanishida jigar hujayralari gipoksiyasi kuzatiladi. Buni jigarning ichki gemosirkulyatsiyasining o‗zgarishi va hujayra ichki fermentlar faolligining buzilishi bilan tushuntirish mumkin [Абдуллаев, Kаримов, 1989; Гuбский и др., 1990; Gumpricht et al., 2005]. Hujayra va hujayra organiodlari membranasi o‗tkazuvchanligining oshishi natijasida, hujayralarda destruktiv o‗zgarishlar yuzaga keladi [Абдуллаев, Kаримов, 1989 Гутникова, Акиншина и др., 1999]. Krebs siklining dezorganizasiyalanishi natijasida glutamat, malat va sitrat oksidlanishining pasayishi, mitoxondriya nafas zanjiri fermentlari faolligining susayishi, oksidlanishli fosforlanishning uzilishi, shuningdek ATF hosil bo‗lishining kamayishi kabi jarayonlar kuzatiladi [Алматов и др., 1986; Гонский и др., 1996]. 29 O‗z navbatida, ССl 4 gepatositlar mitoxondriyalarida shikastlanishlarni va ularda bioenergetik jarayonlarning buzilishini chaqiradi. CCl 4 tа‘siriда sitoxrom S да nаfаs zаnjiri elеktronlаrining tаshuvchilаri yo‗qolishi [Абдуллаев, Kаримов, 1989; Гонский и др., 1996; Dehpour et al., 1999], to‗qima nafas olishining izdan chiqishi va nafas zanjiri kofaktorlarining kamayishi, NAD va NADF sintezining buzilishi, suksinatdegidrogenaza va sitoxromoksidazalar faolligining tushib ketishi oqibatida jigar mitoxondriyalarida nafas olishning fosforlanishdan uzilishi yuz beradi [Манкус, Хафизова, 1980; Ким и др., 2005]. ССl 4 ta‘sirida mitoxondriyalarda Ca 2+ transportining izdan chiqishi qiziqarli fakt hisoblanadi. ССl 4 ta‘sirida jigar hujayralari membranasining zararlanishi sAMF va sAMF-ga bog‗liq glikogenolitik kaskadning faollanishiga, shuningdek sitozolda Са 2+ miqdorining ortishi bilan uning kompartmentalizasiyasining buzilishiga olib keladi. [Gubskiy i dr., 1990]. Bu ma‘lumotlar ССl 4 ning aniqlangan ma‘lum konsentrasiyalarida SsA-sezgir poralarning yuqori o‗tkazuvchanlik holatiga o‗tib qolishini isbotlovchi dalillardir. Geliotrinli toksik gepatitda, mitoxondrial va nemitoxondrial Ca 2+ pulining tezlik bilan bo‗shab qolishi kuzatiladi, buning natijasida timositlar plazmatik membranasidagi membranaga bog‗liq Са 2+ miqdori ortib ketadi [Ионов, 2000]. Shu munosabat bilan ushbu ishda kalamush jigari mitoxondriyalari SsA- sezgir poralari holatini toksik gepatit sharoitidagi o‗zgarishlarini o‗rganish maqsad qilindi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling