O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Hujayra zararlanishi mexanizmlari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
1.4. Hujayra zararlanishi mexanizmlari
Moddalarning zaharli ta‘sirlari asosida hujayralarning umumiy zararlanishi yotadi, bunda ular funksional yoki struktura-funksional o‗zgarishlarga uchraydi. Organizmning a‘zolariga qarab ta‘sirlarining bunday turli-tuman bo‗lishi, hujayra tuzilmalarining murakkabligi bilan tushuntiriladi. Chunki organ va to‗qimalar bir- 30 biridan farq qilganligi sababli, ularni tashkil etgan hujayralar ham tuzilish va funksional jihatdan farqlanib, turli zararlanishlarga o‗ziga xos adaptasiyasiga ega bo‗ladi, ya‘ni shu toksikantlarga bo‗lgan turlicha sezgirlikka ega bo‗ladi. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ular zaharli moddalar ta‘siridan turlicha himoyalanishi mumkin, lekin hujayrada sodir bo‗ladigan zararlanishning umumiy mexanizmi barcha hujayralar uchun xosdir. Bular quyidagicha namoyon bo‗lishi mumkin: - energiya almashinuvining buzilishi; - hujayraichki kalsiy gomeostazining buzilishi; - hujayrada erkin-radikallanish jarayonining faollashuvi; - hujayra bo‗linishi va oqsil sintezi jarayonlarining buzilishi; - hujayra membranalarining shikastlanishi. O‗z navbatida shuni ta‘kidlash lozimki, bu mexanizmlar bir-biriga bog‗liq va bir-birini chaqirishi mumkin, ya‘ni ulardan birining harakatga kelishi, kelgusida birin-ketin boshqalarini sodir bo‗lishiga zamin yaratadi. Oqibatda butun hujayrani zararlanishiga yoki nobud bo‗lishiga sabab bo‗ladi. 1.4.1. Hujayra energiya ta‟minotining toksik zararlanish mexanizmlari Hujayralar va mikroorganizmlar hayoti davomida doimiy ravishda murakkab tuzilgan molekulalar (nuklein kislotalar, oqsillar, polisaxaridla, yog‗lar va boshqalar) sintezi sodir bo‗lib turadi. Bu birikmalar yuqori entalpiya va past entropiyaga ega. Bunday molekulalarning hosil bo‗lishi sistemada erkin energiyani ortishiga olib keladi. O‗z navbatida sintetik jarayonlar ekzergetik reaksiyalarsiz sodir bo‗lmaydi. Bunday reaksiyalar uchun zarur energiya makroergik bog‗larga ega birikmalarning gidrolitik parchalanishi hisobidan qoplanadi. Bunday birikmalarga adenozinuchfosfor kislota (ATF), adenozinikkifosfor (ADF), guanozinuchfosfor kislota (GTF), sitozinuchfosfor kislota (STF), uridinuchfosfor kislota, asilfosfat va boshqalar kiradi. Hujayraning energetik imkoniyati undagi 31 makroergik bog‗larga ega bo‗lgan birikmalar (birinchi navbatda ATF) bilan baholanadi. ATF doimo 2 ta hujayraviy jarayon natijasida sintezlanib turadi, bular glikoliz va substratlarning biologik oksidlanishi (hujayra nafas olishi) jarayonlaridir. Bu ikkalasi bevosita bir-biriga bog‗liq. Glikoliz hujayra sitoplazmasida sodir bo‗ladi. Nafas olish makroergik bog‗larning hosil bo‗lishi mitoxondriyalarda amalga oshadi. Nafas olish jarayoniga ko‗pgina fermentlar, oqsil, yog‗ va uglevodlardan tarkib topgan substratlarishtirok etadi. Ular kislorod ta‘sirida oksidlanadi, CO 2 va Н 2 O hosil bo‗ladi hamda o‗zida katta miqdordagi energiya to‗plovchi ATF molekulasi sintezlanadi. Hujayraning energiyaga bo‗lgan talabining asosiy qismi asosan ana shu ATF hisobiga qondiriladi (6-rasm). Bu rasmda hujayra nafas olishining sxematik modeli tasvirlangan (Куценко, 2002). Zanjir bo‗ylab harakatlanadigan elektron va protonlar energiyasi fermentlarni faollashtiradi hamda ADF ning fosforlanishi amalga oshadi. Toksikantlar ta‘sirining nozik (ahamiyatli) tomoni shundaki, ular organizmda makroergik molekulalar hosil bo‗lishini izdan chiqaradi, buning natijasida shu organizm to‗qima hujayralarida energiyaga bo‗lgan taqchillik yuzaga keladi oxir-oqibatda bu jarayon to‗xtatilmasa, hujayraning nobud bo‗lishiga olib keladi. Toksikantlar bundan tashqari organizmning nerv sistemasiga, uning biologik faol suyuqliklari faolligiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatishi adabiyot manbalaridan ma‘lum. Ma‘lumki, bioenergetik jarayonlarning buzilishi o‗z navbatida biologik sistemalarning shikastlanishiga olib keladi. Margimush, simob va boshqa shunga o‗xshash organik va noorganik, og‗ir metallar glikolizning enzimlarning sulfgidril gruppalari va uchkarbon sikliga bevosita ta‘sir ko‗rsatib, ularning faolligini buzadi. Bunday zaharli toksikantlarni sulfgidril zaharlar ham deb yuritiladi. Bular imkon qadar tabiiy substratlar (ftorasetat, uglerod oksidlari va boshq.) ga tanlab ta‘sir ko‗rsatadi. Ular enzimlarning faol markazlariga ta‘sir ko‗rsatib, uning nofaollashtiradi, natijada hujayraning energiya ta‘minotini izdan chiqaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling