O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Fiziologik jarayonlarni boshqarilishida mitoxondriya ichki
Download 0,81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
1.2. Fiziologik jarayonlarni boshqarilishida mitoxondriya ichki
membranasidagi SsA – sezgir poralarning roli 1.2.1. SiklosporinA-sezgir poralar haqida umumiy ma‟lumot Oxirgi olingan ma‘lumotlarga qaraganda, odam hayvonlar hujayralarining faoliyati va ularda moddalar almashinuvining boshqarilishi, turli patologik holatlarning rivojlanishidagi asosiy rolni mitoxondriya ichki membranasidagi SiklosporinA (SsA)-sezgir poralar o‗ynaydi deb taxmin qilinadi. Birinchi marta Hunter va Havorth lar tomonidan 70-yillarda izolyatsiyalangan Mx larda xarakterlangan bo‗lib, MRT - pora (mitixondrial permeability transition pore) molekulyar massasi 1500 Da gacha bo‗lgan aralashmalar uchun Mx ichki membranalarining o‗tkazuvchanligini keskin ko‗payishiga olib keladi. Bu o‗tkazuvchanlikning ko‗payishi Сa 2+ - ionlarini yuzaga keltiradi, shuning uchun uni Ca 2+ ga bog‗liq MRT – pora deb ataladi. 21 80-yillarning oxirigacha, ya‘ni immunodepressiv siklik dekapeptid siklosporinA MTR-porani o‗ziga xos bloklashi aniqlanguniga qadar, bioximiyaviy jihatdan ajablanarli bo‗lib kelgan. Shundan so‗ng, MRT-pora o‗zining ikkinchi nomini oldi, ya‘ni siklosporinA - sezgir pora (SsA-sezgir pora). Taxminan, uning ta‘siri SsA-bog‗lovchi oqsil siklofilin orqali ifodalanadi. MRT-poralar yuzaga keltirgan o‗tkazuvchanlikning tez o‘zgarishi membranalar depolyarizasiyasini, oksidlanishli – fosforlanishning ajralib qolishiga, ichki Mx ionlarining va metabolitik intermediatlarining hamda Mx larning yuqori amplitudada bo‗kishiga olib keladi. MRT-poraga siklosporin A ning ingibirlovchi ta‘sirida to‗ydiruvchanlik effektining asosi shuni ko‗rsatadiki, u mitoxondriya membranasida lipid nomaxsus o‗zgarishiga qaraganda, kanal yoki pora hisoblanadi. Petch-klyampa texnikasini qo‗llash natijasida, mitoxondriya membranasidagi SsA-sezgir pora o‗rganilgan. Bu pora 1500 Da gacha bo‗lgan molekulyar massaga ega bo‗lgan anion va kation aralashmalarini o‗tkaza oladi va ko‗p tarkibli o‗tkazuvchi kanalga o‗xshaydi. Poralarning o‗tkazuvchanligini plazmatik membrana Na + va Ca 2+ kanallarinikidan xam yuqori bo‗lganligi uchun, MRT – poralarni ifodalash uchun yana bir termin «mitoxondriya megakanali» ishlatiladi. Hozirgi vaqtda Ca 2+ ga bog‗liq MRT – poraning ochilishiga olib keluvchi omillarning katta qismi ma‘lum: Ca 2+ ning yuqori konsentrasiyasi, prooksidantlar, lipidlarning perekisli oksidlanish (LPO) ikduksiyasi pora kompleksida tiol gruppalarning oksidlanishi, noorganik fosfatlar, membrana potensialining kamayishi va pH matriksining kutarilishi, ingibitorlar ADF/ATF-antiporter antraktilat va karboksiantraktilat asetil – CoA va erkin yog kislotalari, mezofosfolipidlar, ogir metallar, tireoid gormonlari, vazopressin gormoni va boshkalar. Biroq MRT – poraning yopilishiga olib keluvchi ta‘sirlar va moddalar ancha kamroq: Mg 2+ , ADF, yuqori membrana potensiali, past pH va ba‘zi bir jinsiy gormonlar, glutation, antioksidantlar. 22 SsA-sezgir poralarning molekulyar tuzilishi haligacha tortishuvligicha qolmoqda. Biroq, hozirgi paytda SsA-sezgir poralar uzida oksil matriksi, tashki va ichki membranasi, ANT, SfD va shu kabi bir kator moddalarning murakkab kompleksidan iborat deb taxmin kilinmokda. Ko‗rsatilishicha, pora ochiq holatga o‗tganda, ANT ligantlariga juda sezgir bo‗ladi [Андреев и др., 1994]. Barcha nukleotidlar ichidan faqat ANT substratlari (ADF va ATF) pora bilan o‗zaro ta‘sirlashadi [Halestrap et al., 1998]. Shuningdek, ANT darvoza pora singari ishlaydi. Substratlar transporti vaqtida ANT ikki xil konformasion holatda bo‗ladi: m- konformasiya (bunda bog‗lanish vaqtida substratlar ichki membranaga matriks tomondan ta‘sir ko‗rsatadi) va s-konformasiya (bunda bog‗lanish vaqtida substratlar ichki membranaga sitoplazma tomondan ta‘sir ko‗rsatadi). Membranaga turli tomondan ta‘sir qiluvchi antiporter ingibitorlari, xususan, ANT bilan s- konformasiyada bog‗lanuvchi - atraktilat, karboksiatraktilat va asil-SoA lar poraning induksiyalanishini stimullasa, matriks ingibitorlari, xususan, antiporter bilan m-konformasiyada bog‗lanuvchi – bonkrek kislotasi esa uning ochilishiga to‗sqinlik qiladi [Mихайлова и др., 1996]. Demak, bu s-konformasiya poraning ochilishi uchun ishlaydi deyishga asos bo‗ladi. Download 0,81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling