O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
Poraning past o„tkazuvchanlik holati
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.4. Poraning yuqori o„tkazuvchanlik holati
1.2.3. Poraning past o„tkazuvchanlik holati
Pora Ca 2+ - induksiyalangan Ca 2+ - o‗tkazuvchi to‗liq qaytariluvchi kanal ochilish darajasini o‗zgartirishi shu bilan birga Mx ning boshqa funksiyalarini, masalan, doimiy hajmini saqlab turuvchi xususiyatlarga egaligini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Bunday hollar Y.V. Yevtodiyenko guruhi tomonidan in vitro da kuzatildi, lekin yaqinda poraning maxsus konformasiyasi bilan o‗zaro nisbati aniqlandi. Shuni aytib o‗tish kerakki, Hunter va Havorth poraning ochilish va yopilish qaytar jarayonlarini muhim o‗tkazish holati kabi aniqladilar va muhokama qildilar. Intakt organellalarda Са 2+ induksiyalanganda, Са 2+ chiqishini poraning maxsus konformasiyasi ta‘minlaydi. Bu konformasiya molekulyar massasi 300 Da gacha bo‗lgan birikmalarni o‗tkazib yuboradi (yuqori o‗tkazuvchanlik holatidan 5 barobar kam) va Н + , Ca 2+ ѐki K + ga o‗xshash katta bo‗lmagan ionlar uchun o‗tkazuvchandir. Pora bu holatda Mx bo‗kishini yuzaga keltirmaydi va matriksli рН bilan boshqariladi. Elektrofiziologik izlanishlarda poralarning o‗tkazuvchanligi M. Zoratti va Szabo lar tomonidan tavsiflangan edi. O‗tkazuvchan holatning yarim, 500 pS 25 atrofiga to‗g‗ri keladigan holati, 500 pS holatdan rivojlanib, nihoyatda porani 1200 pS bo‗lgan ochiq konformasiyada bloklaydigan to‗liq o‗tkazuvchan holatdan farqli o‗laroq, poraning ochilishdan yopilishning dastlabki holatiga kelishiga yordam beradi. Shunday qilib, Petch-klyampa metodikasini qo‗llash bilan olib borilgan tadqiqotlardagi kuzatishlarda 500 pS da poraning holati, intakt organellarda topilgan poraning past o‗tkazuvchan konformasiyasiga to‗g‗ri keladi. 1.2.4. Poraning yuqori o„tkazuvchanlik holati Poraning yuqori o‗tkazuvchanligi birinchi marta izolyatsiyalangan organellalarda ta‘riflangan. O‗zgaruvchanlikning o‗zgarish jarayoni ichki membrananing Cа 2+ - aktivlashgan gidrofil kanali ochilishiga bog‗liq bo‗lgan Cа 2+ Mx dan chiqishi uchun yo‗l sifatida ta‘riflangan.keyinroq eletrofiziologik jihatdan ta‘riflangan. Yuqori o‗tkazuvchanlik holatida pora Mx ning ichki membranasi molekulyar massasini 1500 Da gacha bo‗lgan eritmalar uchun noselektiv o‗tkazuvchan qilib qo‗yadi va hatto Ca 2+ - xelatorlar bilan birga bog‗lanishda ham ochiq bo‗lib qoladi. Biroq Mx ochiq pora bilan OF va proton gradientini saqlab tura olmaydi, in vitro poralarning ochilishini yuzaga keltiradigan (ishemiyaning reperfuziya sikli bilan o‗xshash ximiyaviy yoki fizikaviy) hujayra toksinligi ATF ning aerob sintezini pasaytiruvchiga o‗xshash hodisalarni yuzaga keltiruvchi in Situ pora faollashishi bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin deb taxmin qilinadi. Xanter laboratoriyasida va boshqa bir guruh olimlar ko‗rsatib o‗tganidek, poraning yuqori o‗tkazuvchan holati faqatgina Ca 2+ ionlari bilan boshqarilmaydi, balki ekzogen modda toksinli effektlari ham kanal mexanizmini boshqaruvchi kalit bo‗lib xizmat qiladi. Bu ikkilamchi sensorlar ma‘lum endogen faktorlarga mos keladi va yuqori o‗tkazuvchan holatda poraning toksik o‗limida qatnashishdan tashqari programmalashtirilgan hujayra o‗limining borishida fiziologik trigger bo‗lishi mumkin. 26 Yuqori o‗tkazuvchanlik holatida pora matriks domeni bilan ikki Ca 2+ ionining kooperativ bog‗lanishi orqali aktivlashgan kabi ta‘riflangan bo‗lishi mumkin, fiksasiyalashgan o‗tkazuvchanlikda esa 1,2 nS ga yaqinroq. Bu konformasiyada in vitro porasining ochilishi transmembran proton gradientining to‗liq va barqaror pasayishiga olib keladi, bunda turli xil ionlarning (Ca 2+ ga o‗xshash) va katta bulmagan molekulalarning (primidin va adenin nukleotidlariga o‗xshash) chiqishi aniqlandi. Yuqori o‗tkazuvchanlik holatida pora Cа 2+ - potensial va rN ga bog‗liq kanal belgilarini namoyon qiladi, shu bilan birga fosfat redoks potensiallari bilan modulyatsiyalanadi. Ochiq poralarda mitoxondrial siklofilin D (SfD) o‗zining matriks domeni bilan bog‗lanib, SsA-ning ingibitorlik xususiyatini boshqaradi. Poraning ochilishi shu bilan birga nafas zanjiri kompleksi orqali elektron tashish tezligi va nafas olish zanjiri ishi natijasida hosil bo‗lgan kislorodning reaktiv formasi orqali ham boqarilishi mumkin. Olingan adabiyot ma‘lumotlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, Mx ning SsA – sezgir porasi ancha murakkab tuzilishga ega. Uning tarkibiga ANT, VDAC va SfD kiradi. Poraning shakllanishda bu komponentlardan tashqari kreatinkinaza, geksokinaza va qator oqsillar ham ishtirok etadi.bu pora ikki xil funksional holatda bo‗ladi:past va yuqori o‗tkazuvchanlik holatlarida. Poraning past o‗tkazuvchanlik holatida 500 pS gacha o‗tkazuvchanlikka ega Ca 2+ - induksiyalangan Ca 2+ chiqaruvchi kanal xususiyatiga ega. Yuqori o‗tkazuvchanlik holatida pora 1,2 nS ga taxminan yaqin bo‗lgan fiksasiyalangan o‗kazuvchanlikka ega kanal kabi bo‗ladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling