O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


-rasm. Nafas zanjirining tuzilishi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
3-rasm. Nafas zanjirining tuzilishi. 
 


14 
1-kompleks – NADN-degidrogenaza. Mitoxondriya ichki membranasi 
tarkibiga kirgan oqsil komplekslari ichidagi eng og‗iri bo‗lib, kamida 16 
polipeptiddan tashkil topgan. Uning katta qismi struktura hosil qilish funksiyasini 
bajaradi. 

FMN*Н
2
ga 
aylanadigan 
prostetik 
gruppa 
– FMN 
(флавинмононуклеотид) ishtirokida, NADN ni oksidlaydi. Ikkita elektronning 
FMN ga o‗tkazilishi, ikkita protonning matriksdan qamrab olinishi bilan boradi. 
Bir mol kompleks 14 dan 7 gacha temir-oltingugurt markazlariga (klasterlariga) 
ega bo‗lib, ular tarkibiga 16 dan 28 gacha temir atomlari hamda kislotaga sezgir 
oltingugurt atomlari kiradi. Har bir klasterda 2 yoki 4 temir atomlari uchraydi. 
Temir-oltingugurtli markazlar, juftlanmagan elektronga xos EPR spektrlarini 
namoyon etadi va har doim bir elektronli tashuvchi bo‗lib ishlaydi. Kompleks – 1 
elektronlarning NADN (Е
m
= - 0,32 V) dan ubixinonga (Е
m
= + 0,1 V) o‗tkazilishini 
katalizlaydi. U protonlarni membrana orqali o‗tkazishga ham qodir. 
2-kompleks. Bu kompleks tarkibiga kamida 4 ta polipeptid kiradi va ulardan 
ikkitasi (eng yirigi bo‗lib) FAD (flavinadenindinukleotid) bilan kovalent bog‗lanib, 
suksinatdegidrogenazani hosil qiladi. Polipeptidlarning kattasi ikkitadan, kichigi 
bittadan 
temir-oltingugurt 
klasterlarga 
ega. 
2-kompleks 
tarkibiga 
suksinatdegidrogenazadan tashqari, yana sitoxrom b kirib, u ham boshqa sitoxrom 
gruppalari singari, nokovalent bog‗langan protogemga ega. Sitoxromlar ham bir 
elektronli tashuvchilar bo‗lib, 2-kompleks tarkibidagi sitoxrom b FAD bilan 
ekvimolyar nisbtada bo‗ladi. 2-kompleks elektronlarning suksinatdan (Е
m
= + 0,03 
V) ubixinonga o‗tkazilishini katalizlaydi.
Ubixinon elektronlarni 1- va 2-komplekslardan hamda yuqorida aytib 
o‗tilgan donorlardan qabul qilib, elektron tashuvchi zanjirda o‗ziga xos chorraha 
vazifasini bajaradi. Ubixinon redoks zanjirdagi tuban molekulyar komponentlardan 
bo‗lib, bir vaqtning o‗zida 2 ta elektron va 2 ta vodorodni o‗ziga biriktirib 
ubixinolga aylanadi. Ubixononni koferment Q (CoQ
n
; UQ
n
) deb ham atashadi. 
Hayvon hujayralarida odatda n=10, o‗simlik hujayralarida esa u, 9 yoki 10 ga teng. 
Ubixinonning roli haqida hozir ham turlicha fikr va mulohazalar, tortishuvlar 


15 
davom etib kelmoqda. Shu narsa ayonki, ubixinon, 1-, 2- va 3-komplekslarni 
ularga aloqador elektron tashuvchi zanjir tarmoqlari bilan bog‗lovchi zveno bo‗lib 
ishlaydi. Ubixinon protonlarni membrana orqali tashilishini amalga oshiradi. 
Bunday jarayonda uning birdaniga ikki marta ishtirok etishi ehtimoldan xoli emas. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling