O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


-rasm. Mitoxondriya nafas zanjirining sxematik tuzilishi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

2-rasm. Mitoxondriya nafas zanjirining sxematik tuzilishi. 
Hayvon va o‗simliklar nafas zanjirlarining struktura jihatdan o‗zaro biroz 
farqlanishiga qaramay, har ikkala holda ham elektron donori sifatida nafas 
zanjirida oksidlanib, uchkarbon sikli degidrogenazalari tomonidan qaytaradigan 
NADN 

nikotinamidadeninnukleotid 
ishlaydi. 
Hayvon 
nafas 
zanjiri 
mitoxondriyadan tashqarida NADN ni bevosita oksidlay olmaydi. Chunki, uni 
oksidlashga mas‘ul ferment (NADN degidrogenaza) membrananing matriks 
tomonida (M) joylashgan. Mitoxondriya membranalarining turli birikmalarga 
bo‗lgan o‗tkazuvchanliklari ham o‗zaro farqlanadi. Tashqi membrana molekulyar 
massasi 10
4
dan kam birikmalarni tanlamasdan o‗tkazaversa, ichki membrana 


13 
yuksak tanlovchanlik bilan xarakterlanib, kamida 10 ga yaqin maxsus 
tashuvchilarga ega.
Sitozol matriks hamda membrana ichidagi fermentlar tomonidan 
katalizlanadigan moki tip bog‗langan reaksiyalar sistemasida sitozol NADN 
oksidlanish ekvivalentini mitoxondrial NADN ga uzatadi. Chunki, sitozol va 
mitoxondrial NADN zahiralari o‗zaro fazoviy ajralgan. Hayvon zanjiri tarkibiga 
ekzogen NADN ni glitserol-3-fosfat-digidroksiatsetonfosfat shunti vositasida 
oksidlovchi yana bir ferment, FAD ga bog‗liq glitserol-3-fosfodegidrogenaza 
kiradi. 
Hayvon hamda o‗simlik nafas zanjirlari suksinatni (STK-intermediatini), 
kovalent bog‗langan FAD ga ega, suksinatdegidrogenaza yordamida oksidlaydi. 
Bu ferment elektron tashuvchi zanjirdagi membranaga bog‗langan birdan-bir 
fermentdir. Va nihoyat, yog‗ kislotalarining в-oksidlanishi natijasida 
qaytariladigan flavoprotein-elektron tashuvchi zanjirdagi oxirgi elektron manbai 
hisoblanadi.
Nafas zanjiri xolat va dezoksixolat singari detergentlar bilan qayta 
ishlanganda elektron tashishga qodir, sun‘iy membranada proton tashiluv 
aktivligini tiklab, spontan reaksiyalasha oladigan, to‗rtta oqsil komplekslariga 
ajraladi (3-расм). 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling