O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


-rasm. Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
1-rasm. Mitoxondriyaning strukturaviy tuzilishi 
Ma‘lumki, 
mitoxondriya 
ikki 
membranali 
organoid 
hisoblanadi. 
Organellaning o‗rab turgan tashqi silliq membrana chiziqlar va burmalarga ega 
emas, ichki membranada esa, ko‗p sonli burmalar uchraydi, ularni kristalar deb 
ham yuritiladi. Jigar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo‗lib, tartibli 
joylashmagan, buyrak va yurak mitoxondriyalarda esa ular soni juda ko‗p bo‗lib, 
ular bir-biriga juda jips joylashgan bo‗ladi. Ayrim mitoxondriyalardagi kristalar 
oddiy barmoqsimon o‗simta shaklida, lekin ko‗pchilik organizmlarda ular 
murakkab to‗r shaklida bo‗ladi. Buning sababi shuki, oksidlanishli-fosforlanish va 
elektron tashish sistemasi (nafas zanjiri) funksiyalashuvida ishtirok etuvchi 



fermentlarning ichki membarana yuza maydonida joylashuvi tufayli bo‗lsa kerak 
deb taxmin qilinadi. Keyingi olib borilgan ishlarda ta‘kidlanishicha, 
mitoxondriyalar kristalarining murakkab bo‗lishi, unda amalga oshadigan nafas 
olish jarayoni hamda oksidlanuvchi-fosforlanishning jadalligi bilan xarakterlanadi 
(Абдуллаев, 1989). 
Mitoxondriyaning ichki bo‗shlig‗i – matriks deb yuritilib, u yarim suyuq, 
taxminan 50% oqsildan iborat va ingichka strukturaga ega bo‗lgan modda bilan 
to‗lgan. Matriksning struktura tuzilishi ham nafas olish aktivligining o‗zgarishiga 
qarab ba‘zi o‗zgarishlarga uchraydi. Kristalar soni ko‗p bo‗lgan mitoxondriyalarda 
matriks kam rivojlangan bo‗ladi va aksincha, matriksda yuqori elektron zichlikni 
xarakterlovchi katta granulalar joylashgan bo‗ladi. Bu granulalarning ahamiyati 
to‗lig‗incha o‗rganilgan emas. Ba‘zi mitoxondriyalarda ribosomalar aniqlangan
lekin elektron mikrofotografiyalarda ular ko‗rinmaydi. Kengaytirilgan elektron 
mikroskopiya metodlarida aniqlanishicha, mitoxondriyalarning tashqi va ichki 
membranasi ultrastrukturasiga ko‗ra bir-biridan farq qiladi.
Yuqoridagi fikrimizda ta‘kidlab o‗tganimizdek, mitoxondriya tashqi 
tomondan ikki qavat yupqa parda (qobiq), ya‘ni membrana bilan o‗ralgandir. 
Tashqi membrana mitoxondriyani sitoplazmadan ajratib tursa, ichki membrana esa 
xondrioplazmani ya‘ni matriksni o‗rab turadi. Ikkala membrana orasida bo‗shliq 
bo‗lib, u suyuqlik bilan to‗la, uning qalinligi taxminan 100 A ga teng. 
Ichki 
membranadan 
mitoxondriya 
markaziga 
tomon 
hayvonlarda 
plastinkasimon, o‗simliklarda qing‗ir-qiyshiq, egri-bugri naychalar shaklidagi 
kristalar joylashgan. Kristalar mitoxondriyaning ichki sathini kengaytiradi. 
Kristlarning ichidagi fazo ham perimitoxondrial faza matriksi bilan to‗la bo‗ladi. 
Ichki membrananing mitoxondriya matriksiga qaragan sathida shakli 
qo‗ziqoringa o‗xshash elementlar (zarrachalar) tig‗iz joylashgan. Bularga aksisoma 
(ATF-soma) deb atalib, diametri 70-90 A keladigan boshchaga, 40 A keladigan 
uzunlikdagi oyoqchaga ega.



Mitoxondriyalar ichki membranasida nafas olish zanjiri mavjud bo‗lib, unda 
murakkab va ketma-ket boradigan murakkab bioenergetik jarayonlarni amalga 
oshishini ta‘minlovchi fermentlar joylashgan. Nafas zanjirida ATF sintezi amalga 
oshiriladi. Bu jarayonda nafas zarjiri bo‗ylab Н
2
ning elektronlari (aniqrog‗i 
protonlari) donordan akseptorga (reaktiv kislorodga) tashiladi. Bu vaqtda 
substratlarning oksidlanishi hamda elektron tashilishi jarayonida hosil bo‗lgan 
kinetik energiya ATF ning kimyoviy bog‗larida kimyoviy energiya ko‗rinishida 
bog‗lanadi. Zanjir oxirida turgan reaktiv O
2
va Н
2
elektronlarini neytrallaydi 
hamda suv hosil bo‗ladi.
Hozirgi kunga davr tashqi va ichki membrananing tuzilishi va ularning 
xususiyatlari to‗g‗risida to‗liq bir fikrga kelinganicha, yo‗q. Bu borada turli-tuman 
fikrlar va qarashlar mavjud. A.I.Gagelgans ma‘lumotlarida keltirilishicha
mitoxondriyaning tashqi membranasida o‗ziga xos fermentlar tizimi mavjudki, ular 
ham mitoxondriya membranasidan moddalarning transport qilinishida muhim 
ahamiyatga ega (Гагельганс, 2001).
Jumladan, tashqi membrana ichki membranaga qaraganda biroz yirikroq ion 
va molekulalarni ham o‗tkazuvchan bo‗lsa, undan farq qilgan holda ichki 
membrana bunday yirik molekulalar va ionlarga nisbatan o‗tkazuvchan emas. Ichki 
membrana 1200 pS gacha kattalikdagi ionlarni o‗tgazish xususiyatiga ega bo‗lib, 
undan yiriklari to‗g‗ridan-to‗g‗ri o‗ta olmaydi, ular maxsus transport tizimiga ega.
Xulosa o‗rnida ta‘kidlash mumkinki, mitoxondriyalar hujayralar hayot 
faoliyatidagi eng muhim organoid bo‗lib, ancha murakkab tuzilgan. Ular o‗zining 
DNK strukturasiga ega. Shu boisdan ham ularga yarim avtonom organoidlar deb 
qaraladi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling