O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

Bitiruv malakaviy ishning hajmi. Ushbu bitiruv malakaviy ish kirish
adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodlari va uslublari, olingan natijalar tahlili 
bo`limlari
 
xulosa
 
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishni 
rasmiylashtirishda 9 ta rasm va 2 ta jadvaldan foydalanilgan. 
Ish 56 sahifada bayon 
etilgan.



1-BOB. ADABIYOTLAR SHARHI. 
1.1. Mitoxondriyalarning tuzilishi va funksiyasiga oid zamonaviy ma‟lumotlar 
 
1.1.1. Mitoxondriyalarning tuzilishi 
Mitoxondriyalar barcha aerob, eukariot hujayralarda mavjud. Ularning 
hujayralardagi soni ozmi-ko‗pmi doimiy bo‗lib, hujayraning tipiga ham bog‗liq 
bo‗ladi. Ba‘zi adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, hujayraning rivojlanish stadiyasi va 
funksional aktivligiga bog‗liq holda o‗zgarib turishi ham mumkin (Бескина, 
2002).
Bizga ma‘lumki, mitoxondriyalar hujayraning energetik manbai bo‗lgan 
organoidi bo‗lib hisoblanadi. Ular ko‗pincha ATF zarurati tug‗ilgan hujayralar 
strukturasi yaqinida yoki o‗zlariga zarur bo‗lgan hujayra ―yoqilg‗i‖ manbai 
yaqinida joylashadi. Faol ishlovchi muskul hujayralarida, masalan, hasharotlarning 
uchish muskullari hujayralarida, miofibrillalar yaqinida to‗g‗ri qator bo‗lib 
joylashadi. Ana shunday joylashishi tufayli bu mitoxondriyalarda hosil bo‗lgan 
ATF molekulalari miofibrillaning elementlariga yetib borishi ta‘minlanadi 
(Алматов, 1986).
Mitoxondriyalar o‗lchami va shakli hujayra tipiga bog‗liq holda kuchli 
o‗zgarib turadi. Achitqi hujayralarida ularning shakli aylanaga yaqin, jigar 
hujayralarida koptok shaklida, buyrak hujayralarida silindr shaklida, fibroplastlarda 
esa ipsimon shakllarda bo‗ladi. Plastinkasimon va yulduzsimon mitoxondriyalar 
ham uchrab turadi.
Hujayraning metobolitik holatiga ko‗ra, mitoxondriyaning shakli kabi hajmi 
ham tez va birdaniga o‗zgarishga uchrashi mumkin. Mitoxondriyalar ko‗pincha 
oxirlari bilan bir-biriga bog‗lanadi va uzun ipsimon struktura hosil qilib
agregasiyalanadi. Bu borada kalamush jigari mitoxondriyalari kengroq o‗rganilgan 
(Камбурова, 2001; Салиходжаева и др., 2002; Fiore et al., 2004; Чулиев, 2007).



Elektron mikroskoplarda olingan ma‘lumotlarga ko‗ra, intakt hujayralarda 
ularning bo‗yi 2 mkm da yaqin bo‗lib, eni esa, 1 mkm atrofida bo‗ladi. Bundan 
shunday xulosa qilish mumkinki, ular o‗z kattaliklari bilan bakteriyalarga teng 
bo‗ladi (1-rasm).

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling