O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


 Mitoxondriyalarning funksiyalari


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

1.1.2. Mitoxondriyalarning funksiyalari 
Hujayrada sodir bo‗ladigan turli jarayonlarning energiya almashinuvi bilan 
o‗zaro aloqadorligini aniqlash zamonaviy biologiyaning dolzarb vazifalaridan 


10 
biridir. Ma‘lumki, mitoxondriyalarning normal fiziologik holatdan chiqishi o‗z 
navbatida hujayralarda ham patologik holatlarning yuzaga kelishi yoki uning 
nobud bo‗lishi olib keladi. Demakki, ular hujayra patologiyalarini yuzaga kelishida 
asosiy rolni bajaradi. 
Mitoxondriyalar ikki qavat membranaga ega murakkab strukturali hujayra 
organoididir, ularning uzunligi o‗rtacha 2-7 mk, diametri 0,5 mk ga teng va 
membranalararo bo‗shliqda turli xil kofermentlar joylashgan. Mitoxondriyaning 
ichki membranasi ionlarga nisbatan tanlab o‗tkazuvchanlik xususiyatiga ega. 
Mitoxondriyaning murakkab fermentativ struktura tizimida aminokislotalar, 
lipidlar almashinuvi, fosfolipidlar, mochevina biosintezi, ionlarning tashilishi kabi 
jarayonlar amalga oshadi. Mitoxondriyada energiya bog‗lash jarayoni umumiy 
tarzda 1961 yilda ingliz biokimyogar olimi Piter Mitchellning xemiosmotik 
nazariyasida asoslab berilgan. Ushbu nazariyaga ko‗ra mitoxondriya ichki 
membranasida elektronlar tashilishi ATF sintezi jarayoni intermediat, ya‘ni 
membranada vujudga keluvchi protonlar gradiyenti bilan bog‗langan. Bunda 
membranada proton tashuvchi maxsus nasos tizimi mavjud. Bu nasos protonlarni 
konsentrasiya gradiyentiga qarshi aktiv tashilishini amalga oshirib, hosil bo‗lgan 
energiya ATF makroergik bog‗larida to‗planadi. Bu jarayon nafas zanjiri deb 
atalgan murakkab donor akseptor uzatuvchilar, sitoxrom tizimi faoliyati bilan 
ta‘minlanadi. Mitoxondriyalarning asosiy vazifasi hujayralarda energiya sarfi bilan 
boradigan jarayonlarni energiya bilan ta‘minlovchi ATF molekulalarini sintez 
qilishdan iborat. YA‘ni hujayraning ―elektr generatorlari‖ yoki ularni yana ―kuch 
stansiyalari‖ deb ham nomlanadi. Fosforlanish reaksiyalariko‗plab hujayra 
jarayonlarini, masalan, ATF ga bog‗liq K
+
(K
ATP
) kanallari, sarkoplazmatik 
retikulumdan (SR) kalsiyni chiqaruvchi kanallari va potensialga bog‗liq kalsiy 
kanallari singari ion kanallarining faolliklarini boshqaradilar. Bundan tashqari 
mitoxondriya glyukozaning gomeostazini saqlashda ishtirok etadi, oshqozon osti 
temir 

-hujayralarining insulin sekresiyasiga yordam beradi. gipotalamik 
glyukozaga-sezgir neyronlarning qo‗zg‗alishi imkonini yuzaga keltirishda ishtirok 


11 
etadi. Ular kislorod va boshqa muhim mitoxondrial substratlarining sensori sifatida 
nafas olishni boshqarishi mumkin (Эршова, 2003).
Mitoxondrial energiya almashinuvi ATF-sintetik yo‗lidan farqli ravishda 
turli metabolizm yo‗llari, jumladan, homilaning qalin yog‗ qatlamida katexolamin-
regulyator oqsil umumlashtirgichlarning ekspressiyasi va issiq qonli hayvonlarning 
uyquga ketishida issiqlik generasiyasi nafas olish zanjirining ozod radikalli 
birikmalari hosil bo‗lishini boshqarilishi uchun energiya manbai hisoblanadi. 
Bundan tashqari mitoxondriya energetik metabolizmga bog‗liq bo‗lmagan va 
gemoglabin, steroidlar va oshqozon kislotalari hosil bo‗lishini katalizlaydigan 
fermentlar hosil bo‗ladigan muhim biokimyoviy jarayonlarning joyi hisoblanadi.
Mitoxondriyalarning kalsiy to‗plash xususiyati mitoxondriya fermentlari 
aktivligini kalsiyga bog‗liq holda boshqarilishi orqali energetik talabni biriktirish 
bilan ATF mahsulotlari oshishini ta‘minlaydi. Mitoxondriyalarda Ca
2+
ning 
to‗planishi turli hujayralardagi Ca
2+ 
-kanallari signallarining hududiy va vaqt 
dinamikasiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
So‗nggi yillardagi tadqiqotlar hujayraning apoptotik va nekrotik halokatida 
mitoxondriyalarning asosiy rol o‗ynashini ko‗rsatdi. Ma‘lumki, hujayra nobud 
bo‗lishi arafasida membranalari potensiali kamayishi natijasida apoptozni 
indusirlaydigan faktor hamda sitoxrom C kabi ―o‗lim oqsillarini‖ saqlaydilar va 
ular mitoxondriya yorilgan paytda sitoplazmaga ajralib chiqadi (Гагельганс, 2001, 
Камбурова, 2001). 
Bunga muvofiq mitoxondriyaning hujayra fiziologiyasidagi markaziy o‗rni 
turli kasalliklarda mitoxondriyaning funksional buzilishining kritik ahamiyatini 
belgilaydi. O‗tkir mitoxondrial disfunksiyalarda, masalan, ishemiya va anoksiyada 
energiya yetishmovchiligi hamda hujayraning nekrotik halokatiga sabab bo‗ladi. 
Energetik metobolizmda mitoxondriyaning anomoliyasi organizm qarishida 
shuningdek, ma‘lum neyrogenerativ kasalliklar jumladan, parkinson kasalligida, 
amiotrof loteral skleroz va boshqa kasalliklarda ahamiyatlidir, hamda diabetda 
sabab 
bo‗lishlari 
mumkin. 
Ko‗pgina 
ensifalomiopatiyalar, 
parfiriyalar 


12 
mitoxondriyadagi qator fermentativ yo‗llardagi genetik nuqsonlardir. Demak, 
mitoxondriyadagi ATF sintezi hujayra sintetik statusini, osmotik boshqarilish, rN-
nazorati, sitozol, Сa
2+
-gomeostaz va hujayra signalizasiyasini kritik boshqarish 
mumkin (Досон, 1991). 
Mitoxondriyadagi intermediant ATF ni oksidlanishi orqali generasiyalanish 
sistemasini oksidlanish-fosforlanish deb ataladi. Oksidlanishli fosforlanishda 
ishtirok etadigan asosiy elementlar sxematik tarzda ko‗rsatilgan (1-sxema), ular 
mitoxondriya fiziologiyasi to‗g‗risida tasavvur hosil bo‗lishiga yordam beradi 
hamda hujayradagi mitoxondriyaning funksiyalarini tadqiq etishga yordam beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling