muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, to‘qima va organlar tarkibida bo‘lgan
boshqa
moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Quyida lipidlarning fizik-kimyoviy xossalariga
tegishli bo‘lgan yog‘larga xos sifat reaktsiyalar to‘g‘risida tajribalar keltiriladi.
1-tajriba: Yog‟larning eruvchanligini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog‘oz, etil spirt, atseton, efir,
petroley efiri, dixloretan,
xloroform, benzol, benzin, uglerod(IV)- sulfid, paxta, kungaboqar
moyi, margarin, qo‘y va mol yog‘i.
Ishning bajarilishi.
20 ta
probirka olib, ularni ikki gruppaga bo‘lib, nomerlanadi. Har ikkala gruppadagi
probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan,
xloroform, benzol, benzin va uglerodsulfid quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning
hammasiga bir necha tomchi paxta yog‘i yoki boshqa o‘simlik moyi, ikkinchi gruppadagi
probirkalarga no‘xat kattaligidagi mol yog‘i solib, normal temperaturada eruvchanligi
kuzatiladi, so‘ng suv hammomida qizdirib ko‘riladi. Kuzatish natijalarini yozib quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: