O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana28.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1304410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus

Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, baliq moyi, surma (III)- xloridning 
xloroformdagi to‘yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, kontsentrlangan sulfat kislota, A 
vitaminning xloroformdagi 0,05 % eritmasi, temir (II)- sulfatning sirka kislotadagi to‘yingan 
eritmasi. 
Ishning bajarilishi. 
1- tajriba.
 S
urma (III)- xlorid bilan qilinadigan reaktsiya. 
Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi surma (III)- xloridning 
xloroformdagi to‘yingan eritmasidan qo‘shiladi. Aralashma ko‘k rangga bo‘yaladi, sekin- asta
pushti binafsha rangga o‘tadi. Agar probirka nam bo‘lsa, suvni yuqotish uchun 1-2 tomchi sirka 
angidrid qushish mumkin. 
2- tajriba.
 
Sulfat kislota bilan qilinadigan reaktsiya. 
B
ir tomchi baliq moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi kontsentrlangan 
sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko‘k rangga kirib, tezda qoramtir-qizil rangga o‘tadi.
Bu reaktsiya kontsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli 
xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan. 
 
 


3- tajriba.
 
Temir (II)- sulfat bilan qilinadigan reaktsiya.
1-2 tomchi baliq moyi yoki A vitaminning 0,05 % xloroformdagi eritmasidan olib, 5-10 
tomchi FeSO
4
ning muz-sirka kislotadagi to‘yingan eritmasidan tomiziladi, unga 1-2 tomchi 
kontsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Aralashma ko‘k rangga kirib, sekin- asta pushti qizil 
rangga o‘tadi. Karotinlar bu reaktsiyada yashil rang beradi. 
C vitaminga xos sifat reaktsiyalari. 
C vitamin kimyoviy tabiati jihatidan 1-askorbin kislota tarkibida diyenol gruppa tutgan 
laktondir. C vitamin molekulasida karboksil gruppa tutmasa ham kislota xususiyatiga ega. 
Askorbin kislotaning eng xarakterli xossasi oson oksidlanishi va kaytarilishidir. Har ikkala 
ko'rinishi ham vitaminlik faolligiga ega. C vitamin oksidlovchilar ta‘sirida tezda parchalanib 
ketadi. Bu jarayon neytral yoki ishkoriy muhitda qizdirilganda tezlashadi. Kislotali muhitda 
ancha barqaror.
C vitamin tuqimalardagi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida, uglevod, yog‘ va oqsillar 
almashinuvida katta rol o‘ynaydi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling