cho‘kmaga tushadi. Cho‘kmani taxlangan filtr qog‘ozi bilan boshqa o‘lchamli silindrga
filtrlanadi. Tiniq filtrat ustiga ammoniy sulfatning maydalangan kukunidan 100 ml
eritmaga 13,5 g tuz hisobi bo‘yicha solinadi va shisha tayoqcha yordamida kristallar
to‘liq erib ketguncha uzoq vaqt aralashtiriladi. Bundan keyin ammoniy sulfatning 70 % li
eritmasi hosil bo‘ladi va albuminlar cho‘kmaga tushadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma Byuxner
voronkasida filtrlanadi. Cho‘kma ehtiyotlik
bilan filtrdan ajratib olinadi, 50 ml li
kimyoviy stakanga solinadi va eng kam miqdorda suvda eritiladi. Hosil bo‘lgan eritmaga
4 % li sirka kislotasi eritmasidan aralashtirilib turilgan holda
eritmani pH ni universal
indikator qog‘ozi bilan tekshirib turib, tomchilab solinadi. pH ning ko‘rsatkichi 4,7-4,8
ga yetganda eritmaga ozginadan sulfat ammoniyning to‘yingan
eritmasidan aralashtirib
turgan holda solinadi. Bu jarayon yo‘qolmaydigan loyqa hosil bo‘lguncha davom
ettiriladi. Stakan toza shisha bilan yopiladi va sovutgichga qo‘yiladi. Bir sutkadan keyin
tuxum albumini ninasimon kristallar holda cho‘kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: