3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
A
6-LABORATORIYA MASHG‟ULOTI
MUSKUL TO‟QIMASIDAN OQSIL FRAKSIYALARINI AJRATISH.
Darsning maqsadi: Muskul to’qimsi tarkibidagi albumin va globulinni eritmaga
o’tkazish, tuzlar ishtirokida cho’ktirish va ularni dializ usulida tozalash.
Asboblar va reaktivlar: shisha xovoncha, shisha voronka, 1 L li tumshuqli laboratoriya
shisha stakani, dializ qilish uchun kolloid xaltacha, doka, qog‘oz filtrlar, 10 % li natriy
gidroksid, 1 %
li kumush nitrat, ammoniy sulfat, 10%
li natriy gidroksidi, 1 % li mis
sulfat, ammoniy sulfat (to‘yingan), muskul to‘qimasi.
Ishni bajarish tartibi. Albumin va globulinlar tabiiy manbalarda eng ko‘p
tarqalgan
oqsillar hisoblanadi. Ular odatda birgalikda uchraydi. Ularni ajratish suvda
eruvchanligiga va mineral tuzlarda cho‘kishiga qarab amalga oshiriladi.
Albuminlar suvda va tuzlarning kuchli eritmalarida (tuzlarning 50 % li eritmasidan
yuqori bo‘lgan to‘yingan eritmasida) eriydi.
Globulinlar yesa, faqat tuzlarning o‘rtacha
konsentratsiyasida (8-15 %li) eriydi. Tuzlarning juda yuqori va past konsentrasiyali
eritmalarida globulinlarning eruvchanligi kamayadi.
Oqsillarning tuzli eritmasini olish. 10 g maydalangan muskul to‘qimasi xovonchada
10-15 minut davomida 40-50 ml 10 % li natriy sulfatning eritmasi
bilan aralashtirilgan
holda ushlanadi. Natijada yarim suyuq massa hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan massa 2 qavat
dokadan suzib olinadi. Bu jarayon filtrat tiniqlashguncha davom ettiriladi. Filtrlash
jarayoni sekin amalga oshadi. Natijada 15-20 ml cha tiniq
pushti-qizil rangli eritma
olinadi. Hosil bo‘lgan oqsilning tuzli aralashmasi tarkibida albuminlar va globulinlar
bo‘ladi. Bundan keyin ular dializ va tuzlash usullari bilan bir-birlaridan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: