O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Yog‟larning sovunlanishi va yog‟ kislotalar olish


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana28.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1304410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus

Yog‟larning sovunlanishi va yog‟ kislotalar olish. 
Neytral yog‘lar ishqoriy sharoitda gidrolizlanganda glitserin va yog‘ kislotalar (yoki 
ularning natriyli va kaliyli tuzlari-sovun) hosil bo‘lsa, bunday reaktsiya yog‘larning 
sovunlanishi deb ataladi. Agar yog‘lar kislota ta‗sirida gidrolizlansa, sovun o‘rniga erkin yog‘ 
kislotalar hosil bo‘ladi. Yog‘ to‘la gidrolizga uchratilgandan keyin, gidrolizatga 
kontsentrlangan xlorid kislota qo‘shilsa, erkin yog‘ kislotalar ajraladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar:  50 ml li qizdirishga chidamli kolba, qaytar sovitgich 
yoki probirka o‘rnatilgan 60-70 sm uzunlikdagi shisha nay, suv hammomi, filtr qog‘oz, 
chinni kosacha, voronka, probirkalar, pipetkalar, shisha tayoqcha, kaliy gidrokidning 
spirtdagi 10 % li eritmasi, kontsentrlangan xlorid kislota, lakmus qog‘oz, efir, Na
2
CO
3
ning 
10% li eritmasi, fenolftaleinning spirtdagi 0,1% li eritmasi, kaliy xloridning 5% li eritmasi, 
10% li qo‘rg‘oshin atsetat eritmasi, paxta moyi. 
Ishning bajarilishi.
50 ml li kolbaga 1g mol yog‘i yoki paxta moyi olib, uning ustiga 10% li KOH ning 
spirtli eritmasidan 10 ml guyiladi. Kolba og‘zi gaytar sovitkich sifatida uzunligi 60-70 sm 
bo‘lgan shisha nay o‘rnatilgan probka bilan berkitiladi. Shundan keyin kolbadagi aralashma 
gaynayotgan suv hammomida 30-45 minut davomida gizdiriladi. Gidroliz tamom 
bo‘lganligiga ishonch hosil gilish uchun, kolbadagi aralashmadan shisha tayogcha yordamida 
1 tomchi olib 2-3 tomchi suvda aralashtiriladi va filtr gog‘ozga tomizib guritiladi. Agar filtr 
gog‘ozda dog‘ golsa, gizdirish davom ettiriladi, dog‘ golmasligi esa gidroliz tamom 
bo‘lganligini bildiradi. 
Gidroliz oxiriga yetgach gidrolizatni chinni kosachaga olib, ustiga 10 ml suv guyiladi 
va suv hammomida spirt to‘la uchib ketguncha gizdiriladi. Shundan keyin gidrolizatdan 3-4 
ml olib, unga 3-4 tomchi kontsentrlangan xlorid kislota go‘shilsa, ajralib chiggan erkin yog‘ 
kislotalar cho‘kadi. 
Cho‘kma filtrlanadi va distillangan suv bilan yuviladi, filtrat esa tashlab yuboriladi. 
Cho‘kmani yuvish voronkadan o‘tayotgan suvning kislotaliligi lakmusga nisbatan neytral 
bo‘lguncha davom ettiriladi. 
Olingan toza yog‘ kislotalar cho‘kmasi 2 ml efirda eritiladi. Probirkaga 2 ml spirt 
guyib, uning ustiga 10% li soda eritmasidan 2 tomchi go‘shiladi, suyuglik pushti-gizil rangga 
bo‘yaladi. Shu gizil rangli suyuglik ustiga yog‘ kislotalarning efirli eritmasidan go‘shiladi, 
natijada aralashmadagi soda bilan yog‘ kislotalar reaktsiyaga kirishib, muhit neytrallanadi va 
eritma rangsizlanadi. 
Chinni kosachada golgan gidrolizatdan 3 ta probirkaga 1 ml dan guyiladi. Birinchisiga 
teng hajmda suv go‘shib chaygatiladi. Hosil bo‘lgan sovun suvning sirt tarangligini 
pasaytiradi, natijada ko‘pik hosil bo‘ladi. Ikkinchi probirkadagi gidrolizat ustiga kaltsiy 
xloridning 5% li eritmasidan bir necha tomchi tomiziladi, bunda yog‘ kislotalarining kaltsiyli 
tuzi hosil bo‘ladi, bu tuz suvda erimasligi sababli cho‘kmaga tushadi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling