Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar, kolbachalar, voronka, mikropipetka, mikrobyuretka,
pipetka, paxta, suv hammomi, rux sulfatning 0,45 % li eritmasi, natriy ishqorning 0,1 % li
eritmasi, giposulfitning (Na
2
S
2
O
3
) 0,005 normal eritmasi, natriy ishqorning 10 % li eritmasi,
qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasi (2,65 g kimyoviy toza kaliy temir 3 sianid bir oz
distillangan suvda eritilib, ustiga natriy karbonat tuzidan 10,6 g solib eritiladi, ular to‗liq
eriganidan keyin eritma hajmi 1 l ga yetguncha distillangan suv solinadi va rangli shisha idishda
saqlanadi), kraxmalning 1 % li eritmasi, atsetat kislotaning 3 % li eritmasi, natriy xlorid, rux
sulfat va kaliy yodid tuzlari eritmalari.
Ishning bajarilishi
1) Qondagi oqsillarni cho„ktirib ajratish. Buning uchun 3 ta probirkaga rux sulfatning
0,45 % li eritmasidan 5 ml dan va 0,1 normal natriy ishqori eritmasidan 1 ml dan olinadi.
Natijada probirkada rux gidroksidning kolloid eritmasi hosil bo‗ladi.
Mikropipetka bilan 0,1 ml qon olib, birinchi va ikkinchi probirkadagi suyuqlikka
qo‗shiladi (uchinchi probirka - nazorat). Pipetkaning ichida qon qotib qolmasligiga e'tibor
beriladi. Keyin uchala probirka ham qaynab turgan suv hammomida 3 minut saqlanadi. Shunda
rux gidroksid ta'sirida qondagi oqsillar cho‗kadi. Cho‗kmali suyuqlik sovitib, filtrlanadi.
Tekshirish uchun olingan 0,1 ml qondagi glyukoza filtratga o‗tadi.
2) Filtratdagi glyukozani qizil qon tuzi bilan oksidlash. Buning uchun filtratlar ustiga
qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasidan 2 ml dan qo‗shiladi. Keyin qaynab turgan suv
hammomida 15 minut saqlanadi. Shunda qizil qon tuzining bir qismi glyukozani oksidlab, sariq
qon tuziga aylanadi. Qo‗shilgan 2 ml qizil qon tuzi qondagi barcha glyukozani to‗liq oksidlash
uchun lozim bo‗lgan miqdordan ortiqchasi reaksiyaga kirishmaydi va ortib qoladi.
3) Sariq qon tuzini cho„ktirish va qizil qon tuzining ortib qolgan qismiga ekvivalent
Do'stlaringiz bilan baham: |