O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti
miqdorda yodni erkin holda ajratish
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodni titrlash
miqdorda yodni erkin holda ajratish. Probirkalardagi suyuqliklar suv hammomidan olib
sovitiladi. Keyin har biriga yodli rux xlorid reaktividan 3 ml dan, atsetat kislotaning 3 % li eritmasidan 2 ml va 1 % li kraxmal eritmasidan 1-2 tomchi qo‗shiladi. Natijada rux sulfat sariq qon tuzi bilan birikib, kaliy rux temir-2-sianid kompleks birikma hosil qiladi. Bu glyukozaning oksidlanishidan hosil bo‗lgan sariq qon tuzini qizil qon tuziga o‗tishdan saqlaydi. Shu bilan birga glyukozaning oksidlanishidan ortib qolgan qizil qon tuzi kislotali muhitda kaliy yodid bilan reaksiyaga kirishib, o‗ziga ekvivalent miqdorda yodni erkin holda ajratadi. Bu kraxmal bilan ko‗k rang hosil qiladi. 4) Yodni titrlash. Kolbachalardagi suyuqliklarning ko‗k rangi yo‗qolguncha mikropipetkaga qo‗yilgan giposulfitning 0,005 normal eritmasi bilan titrlanadi. Hisoblash. Shu erkin yodni titrlash uchun sarf bo‗lgan giposulfit miqdori asosida quyidagi jadval bo‗yicha hisoblab tekshirilgan qondagi qandning miqdori topiladi. Erkin yodni titrlash uchun sarf bo„lgan giposulfit miqdori asosida qon qandi miqdori topish haqida ma'lumot Gipos ul - fit ning ml mi qdor i dor i 0,00 0,01 0,02 0,03 0,04 0,05 0,06 0,07 0,08 0,09 0,0 0,385 0,382 0,379 0,376 0,373 0,370 0,367 0,364 0,361 0,358 0,1 0,355 0,352 0,350 0,348 0,345 0,343 0,341 0,338 0,336 0,333 0,2 0,331 0,329 0,327 0,325 0,323 0,321 0,318 0,316 0,314 0,312 0,3 0,310 0,308 0,306 0,304 0,302 0,300 0,298 0,296 0,294 0,292 0,4 0,290 0,288 0,286 0,284 0,282 0,280 0,278 0,276 0,274 0,272 0,5 0,270 0,268 0,266 0,264 0,262 0,260 0,259 0,257 0,255 0,253 0,6 0,251 0,249 0,247 0,245 0,243 0,241 0,240 0,238 0,236 0,234 0,7 0,232 0,230 0,228 0,226 0,224 0,222 0,221 0,219 0,217 0,215 0,8 0,213 0,211 0,209 0,208 0,206 0,204 0,202 0,200 0,199 0,197 0,9 0,195 0,193 0,191 0,190 0,188 0,186 0,184 0,182 0,181 0,179 1,0 0,177 0,175 0,173 0,172 0,170 0,168 0,166 0,164 0,163 0,161 1,1 0,159 0,157 0,155 0,154 0,152 0,150 0,148 0,146 0,145 0,143 1,2 0,141 0,139 0,138 0,136 0,134 0,132 0,131 0,129 0,127 0,125 1,3 0,124 0,122 0,120 0,119 0,117 0,115 0,113 0,111 0,110 0,108 1,4 0,106 0,104 0,102 0,101 0,099 0,097 0,095 0,093 0,092 0,090 1,5 0,088 0,086 0,084 0,083 0,081 0,079 0,077 0,075 0,074 0,072 1,6 0,070 0,068 0,066 0,065 0,063 0,061 0,059 0,057 0,056 0,054 1,7 0,052 0,050 0,048 0,047 0,045 0,043 0,041 0,039 0,038 0,036 1,8 0,034 0,032 0,031 0,029 0,027 0,025 0,024 0,022 0,020 0,019 1,9 0,017 0,015 0,014 0,012 0,010 0,008 0,007 0,005 0,003 0,002 Jadvalning chap tomonidagi birinchi ustunda giposulfitning butun va o‗nlar ham tepasidagi gorizantal ustunda yuzlar soni ko‗rsatilgan. Jadvalning o‗rtasidagi raqamlar esa sarf bo‗lgan giposulfitga tegishli qand miqdorini ko‗rsatadi. Masalan, birinchi kolbachadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‗lgan giposulfit miqdori 1,31 ml bo‗lsin. Ikkinchi kolbadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‗lgan giposulfitning miqdori 1,38 ml bo‗lsin. Qon solinmagan nazorat kolbachadagi suyuqlikni titrlash uchun sarf bo‗lgan giposulfit miqdori 1,91 bo‗lsin. Birinchi kolbadagi suyuqlikning qand miqdorini bilish uchun avval jadvalning chap tomonidagi ustundan 1,3 tepadagi gorizantal ustundan 0,01 ni topib, ikkalasi to‗g‗ri shartli chiziq bilan birlashtiriladi. Ikkala chiziqning birlashgan nuqtasi 0,122 raqamga duch keladi. Demak, birinchi tajribada tekshirilgan 0,1 ml qonda 0,122 mg qand bor ekan. Xuddi shu xilda ikkinchi tajribadagi qand miqdori topiladi. U 0,110 mg qandga, nazoratniki esa 0,015 mg qandga to‗g‗ri keladi. Parallel ravishda o‗tkaziladigan har ikkala tajribadan o‗rtachasi topiladi. Buning uchun birinchi tajribada topilgan qand miqdorini ikkinchi tajribada topilgan qand miqdoriga qo‗shib, chiqqan son ikkiga bo‗linadi. 0,122 + 0,110 = 0,232 0,232 : 2 = 0,116 Shu 0,116 mg dan kontrol tajribadagi qand miqdori 0,015 mg ni olganda 0,1 ml qondagi qand miqdori chiqadi. 0,116 – 0,015 = 0,101 va so‗ngra qondagi glyukozaning foiz miqdori topiladi. 0,1 ml qonda ------------- 0,101 100 ml qonda ------------- X X = 100 x 0,101/0,1 = 101 mg % Shunday qilib, bizning misolimizda qondagi qand miqdori 101 mg % ekan. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling