O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana28.03.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1304410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Biokimyo qòllanma 2023 uchun maxsus

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Qondagi qand miqdorini aniqlash usuli uning qanday xususiyatiga asoslanadi? 
2. Qondagi oqsillar qanday qilib cho‗ktirib olinadi? 
3. Qizil qon tuzi bilan oksidlash qanday amalga oshiriladi? 
2
-LABORATORIYA MASHG‟ULOTI 
 Yog‟larga xos sifat reaktsiyalar. 
Lipidlarga turli-tuman kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan ko‘p sonli tabiiy birikmalar 
kiradi, ular tarkibiga ko‘ra turli xildagi spirtlarning yuqori molekulyar yog‘ kislotalari yoki 
fosfat kislota bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Ularda tarkibiy qismlarining bog‘lanish tipi 
bo‘yicha umumiylik bo‘lsada, tuzilishi va kimyoviy tabiati jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Barcha lipidlar suvda amalda erimaydi-yu, ko‘pgina organik erituvchilarda oson eriydi, shu 
jihatdan ular uglevodlar va oqsillardan keskin farq qiladi. Lipidlarning o‘ziga xos eruvchanligi 


muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, to‘qima va organlar tarkibida bo‘lgan boshqa 
moddalardan ularni ajratib olishga imkon beradi. Quyida lipidlarning fizik-kimyoviy xossalariga 
tegishli bo‘lgan yog‘larga xos sifat reaktsiyalar to‘g‘risida tajribalar keltiriladi. 
1-tajriba: Yog‟larning eruvchanligini aniqlash. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog‘oz, etil spirt, atseton, efir, 
petroley efiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin, uglerod(IV)- sulfid, paxta, kungaboqar 
moyi, margarin, qo‘y va mol yog‘i. 
Ishning bajarilishi.
20 ta probirka olib, ularni ikki gruppaga bo‘lib, nomerlanadi. Har ikkala gruppadagi 
probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, atseton, efir, petroley efiri, dixloretan, 
xloroform, benzol, benzin va uglerodsulfid quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning 
hammasiga bir necha tomchi paxta yog‘i yoki boshqa o‘simlik moyi, ikkinchi gruppadagi 
probirkalarga no‘xat kattaligidagi mol yog‘i solib, normal temperaturada eruvchanligi 
kuzatiladi, so‘ng suv hammomida qizdirib ko‘riladi. Kuzatish natijalarini yozib quyiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling