Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35-rasm. Nefelometr sxemasi
Nefelometr. Kolloid eritmalarning konsentratsiyasi va undagi zarrachalarni
oʻlchami aniqlanadigan asbob nefelometr deyidadi. Reley formulasi tajriba yoʻli bilan zarrachalarning oʻlchamini topishga imkon berar edi. Agar zarrachalarning konsentratsiyasi ma‘lum boʻlsa, u holda zarrachalarning hajmini, ularning radiusini topish mumkin. Agar va ma‘lum boʻlsa, u holda kosentratsiyani topish mumkin. Yorugʻlik nurining intensivligini (J) nefelometriya usuli bilan topish mumkin. Nefelometrning ishlashi sinaladigan zolda yoyilgan yorugʻlik nurining intensivligini standart zolda yoyilgan yorugʻlik nuri intensivligi bilan solishtirib koʻrishga asoslangan. Reley formulasiga koʻra, kolloid eritmada yoyilgan yorugʻlik intensivligi kolloid zarrachalarning konsentratsiyasi ga va kolloid zarracha hajmining 68 kvadrati ga proporsionaldir. Reley formulasiga kirgan barcha konstantalar oʻrniga ni qoʻyib quyidagi formulani hosil qilish mumkin. Nefelometr ikkita bir xil silindrik shisha idishdan iborat boʻlib, biriga konsentratsiyasi ma‘lum standart zol, ikkinchisiga konsentratsiyasi noma‘lum zol toʻddiriladi. Soʻngra ikki silindr yonidan yorugʻlik nuri oʻtkazilganda Tindal konusi hosil boʻladi. Zollardan sochilayotgan nur asbobning yuqori qismidagi oynaga tushadi va u okulyar orqali kuzatiladi. Okulyar koʻzgusi doira shaklida boʻlib, teng ikkiga boʻlingan, uning birinchi yarmini standart eritmaning nurlari yoritsa, ikkinchi yarmini aniqlanadigan moddaning nurlari yoritadi (35-rasm). 35-rasm. Nefelometr sxemasi: 1-yorugʻlik manbai; 2 va 3- oʻzgaruvchan yoriqlar; 4-shisha silindrlar. Yoritilish yarim doiralarida har xil boʻlsa, silindrlarni yuqoriga yoki pastga tushirish bilan ularni bir xil koʻrinishga keltirish mumkin. Shu paytda zollarning yoritilayotgan qismlarining balandligi zollarning konsentratsiyasiga teskari proporsional boʻladi: 1 2 2 1 C C h h Bunda, - standart zolning konsentratsiyasi, - standart zolning balandligi, - sinaladigan zolning konsentratsiyasi, – sinaladigan zolning balandligi. Tekshirilayotgan kolloid eritmalarning konsentratsiyasi quyidagi formula asosida aniqlanadi: 2 1 1 2 h h C C 69 Kolloid zarrachalarning oʻlchami koʻzga koʻrinadigan yorugʻlik nurining toʻlqin uzunligidan kichik boʻlganligi uchun eng kuchli optik mikroskop bilan ham ularni koʻrib boʻlmaydi. Sinaladigan kolloid eritmaning konsentratsiyasi aniqlangandan soʻng undagi kolloid zarrachalarning hajmi quyidagi formula boʻyicha topiladi: 2 1 1 2 1 2 2 1 ; h h V V h h V V bunda, - standart eritmadagi zarracha hajmi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling