Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reley qonuni.
34-rasm. Faradey -Tindal effekti:
1-yoʻrugʻlik manbai; 2- linzalar; 3-dispers sistema. Chin eritmalarda, toza suyuqliklar aralashmasida yorugʻlik nihoyatda kam tarqaladi va Faradey-Tindal effekti yuz bermaydi. Uni faqat maxsus asboblar yordamida koʻrish mumkin. Ba‘zan tashqi koʻrinishiga qarab kolloid eritmani chin eritmadan ajratib boʻlmaydi, ayni sistemani kolloid yoki chin eritma ekanligini 66 aniqlashda Faradey-Tindal effektidan foydalaniladi. Faradey-Tindal effektining intensivligi zolning disperslik darajasi ortishi bilan kuchayadi, disperslik ma‘lum darajaga borganda maksimumga yetadi va soʻngra pasayadi. Bu effekt zolning disperslik darajasi ortishi bilan kuchayadi. Shuningdek, yuqorida ta‘kidlanganidek, kolloid eritma zarrachalarining oʻlchami tushayotgan yorugʻlik nurining toʻlqin uzunligidan kichik boʻlgani uchun difraksiya hodisasi roʻy beradi, ya‘ni yorugʻlik nuri zarrachani ―oʻrab oʻtib‖, oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Demak, kolloid eritmalarda zarrachalarning nurni yoyish qobiliyati oʻsha tushayotgan nurning toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻladi. Reley qonuni. Ingliz fizigi D.Reley zarrachalarning nur tarqatishini va kolloid dispers sistemada tarqalayotgan nurning yorugʻlik darajasi (intensivligi)ni oʻrgandi. Reley qonuniga muvofiq kolloid sistema orqali oʻtayotgan yorugʻlik nurining intensivligi kolloid zarrachalarning soniga, zarracha hajmining kvadratiga toʻgʻri proporsional, tushayotgan yorugʻlik nuri toʻlqin uzunligining toʻrtinchi darajasiga teskari proporsionaldir: 2 2 2 2 1 2 2 2 1 4 2 2 n n n n k I I o Ushbu tenglama Reley formulasi boʻlib, bunda, I - kolloid zarrachadan yoyilayotgan yorugʻlikning intensivligi, - yorituvchi nurning intensivligi, - sistemaning hajm birligidagi zarrachalari soni, - har bir zarrachaning hajmi, - kolloid zarrachaning yorugʻlikni sindirish koeffitsienti, - dispersion muhitni hosil qilgan moddaning yorugʻlikni sindirish koeffitsienti, k - proporsionallik koeffistienti, λ – tushayotgan nur toʻlqin uzunligi. Agar dispers faza moddasining (ya‘ni zarrachaning) yorugʻlikni sindirish koeffitsienti dispersion muhitni tashkil qilgan moddaning yorugʻlikni sindirish koeffitsientiga teng boʻlsa, bunday sistemada Faradey-Tindal effekti koʻrinmaydi. Aksincha, bu farq qancha katta boʻlsa, Faradey-Tindal effekti shuncha ravshan koʻrinadi. Shuningdek, Reley formulasini zarrachalarining oʻlchamlari 40-70 nm dan katta boʻlmagan sistemalar uchungina qoʻllash mumkin. Boshqacha aytganda, bu 67 formula faqat kolloid eritmalar uchun toʻgʻri formula boʻlib, uni dagʻal dispers sistemalarga tadbiq etib boʻlmaydi. Toʻlqin uzunliklari kichik boʻlgan binafsha va havo rang nurlar kolloid sistemalarda yaxshi yoyiladi, lekin toʻlqin uzunligi katta boʻlgan qizil nur yaxshi yoyilmaydi. Koʻpgina rangsiz zol va minerallarni qizil rangda boʻlishi shu sabablidir. Bu yerda qizil nurlar ham yoyiladi. Yondan qaralsa bu zol va minerallar koʻk rangda boʻladi. Shu hodisa orqali tushuntirish mumkinki, kunduz vaqti osmon ham koʻk rangda boʻladi, quyoshni botishi va chiqishi esa qizil rangda boʻladi. Svetoforning qizil nuri ham tumanda uzoqdan koʻrinadi. Ya‘ni, agar tushayotgan yorugʻlik pоlixrоmatik (оq yorugʻlik) boʻlsa, u hоlda sоchilgan yorugʻlik qisqa toʻlqinlardan ibоrat boʻlishi kerak, ya‘ni rangsiz kоllоid eritmalar yonidan yoritilganda zangоri rangga ega boʻladi. Oʻtgan nurlarda ular qizil rangda koʻrinadi. Tarkibida chang, tuman va tutun zarrachalari mavjud boʻlgan havо qatlami оrqali zangоri nurlar oʻtkazilganda toʻla sоchiladi, qizil nurlar oʻtkazilganda esa ancha kam miqdоrda sоchiladi va qizil signal uzоq masоfada ham koʻrinadi. Kolloid sistemalarning nur tarqatish xossalari Faradey-Tindal effektiga asoslanib tuzilgan nefelometr, ultramikroskop va elektonmikroskoplar yordamida oʻrganiladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling