Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-§. Kоllоid sistemalarni oʻrganishning mikroskopiya usullari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-rasm. Ultramikroskop sxemasi
6.2-§. Kоllоid sistemalarni oʻrganishning mikroskopiya usullari.
Ultramikroskopiya usuli. Kolloid sistemalarda nurning tarqatish hodisasi kuzatishda kolloid kimyoning rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega boʻlgan ultramikroskopiya usulidan foydalaniladi. Kolloid zarrachalarning oʻlchami koʻzga koʻrinadigan yorugʻlik nurining toʻlqin uzunligidan kichik boʻlgani uchun oddiy optik mikroskop yordamida bu zarrachalarni koʻrib boʻlmaydi. Bunga sabab shuki, kolloid zarrachalarga tushadigan nur toʻlqinlari zarrachalarni aylanib oʻtadi va sochilgan nurni koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi. Ultramikroskop asbobini 1903-yilda Faradey-Tindal effekti asosida Zidentoff va Zigmondi yaratdilar. Oddiy mikroskop bilan ultramikroskopning farqi shundaki, oddiy mikroskopda yorugʻlik manbaidan tushayotgan nur kuzatilayotgan jism (ob‘ekt) orqali oʻtadi va kuzatuvchiga koʻrinadi. Ultramikroskopda esa yorugʻlik manbaidan kelayotgan yorugʻlik nuri optik sistemalarda kuchaytirilib, toʻgʻri burchak ostida qorongʻi fonda yon tomondan kolloid eritmaga tushiriladi, ya‘ni yorugʻlik toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatuvchi koʻziga tushmaydi. Shunday qilib, ultramikroskopda kolloid zarrachalarning oʻzi emas, balki shu zarrachalardan tarqalayotgan nur koʻrinadi. 70 36-rasm. Ultramikroskop sxemasi: 1 – yorugʻlik manbai; 2 – kondensor linza; 3 – tirqishli diafragma; 4 – yorituvchi obektiv; 5 – zolli kyuveta; 6 – optik mikroskop Kolloid eritmadan tarqalayotgan nurning intensivligi kolloid zarrachalarning eritmadagi konsentratsiyasiga, ularning shakli va oʻlchamlariga bogʻliq (36-rasm). Kolloid zarrachalar oʻz shakliga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: Birinchi guruhga oʻlchamlari har tomonlama bir xil boʻlgan zarrachalar (shar yoki kub shaklidagi), masalan, oqsillarning, smolalarning kolloid eritmalari, ba‘zi metallarning gidroksidlari kiradi. Ikkinchi guruhga gabarit oʻlchamlari turlicha boʻlgan kolloid zarrachalar kiradi. Bularning shakli bargsimon О zoli), tayoqchasimon yoki ipsimon, zanjirsimon (sovun, antraxinon zarrachalari) boʻlishi mumkin. Ultramikroskopda kolloid eritmalarni kuzatganimizda bizga zarrachalarning shakli ham, oʻlchamlari ham koʻrinmaydi. Shunga qaramay, ultramikroskop yordamida bilvosita yoʻl bilan kolloid zarrachalarning oʻlchami va shaklini aniqlash mumkin. Buning uchun ma‘lum hajmdagi zolda boʻlgan zarrachalar soni ultramikroskop yordamida vizual sanab topiladi. Ayni eritmada dispers fazaning massasini bilgan holda eritmadagi barcha zarrachalar soni hisoblab topiladi. Soʻngra dispers fazaning zichligini e‘tiborga olib, kolloid zarrachalarning hajmi va oʻlchamlarini topish mumkin. Zarrachalarning zichligi kolloid eritmaning kontsentratsiyasi (g/l), ultramikroskopga olingan zolning hajmi va shu hajmdagi zarrachalar soni boʻlsa, hajm birligidagi zarrachalar soni quyidagiga teng boʻladi: V Y n 71 Alohida zarrachalarning massasi va zarrachaning hajmi boʻladi, u holdа: Yd cY nd c w Demak, dispers faza moddasining zichligi , zarrachalar soni va kolloid eritmaning konsentratsiyasi C ma‘lum boʻlsa, zarracha hajmini v hisoblab topish mumkin ekan, ya‘ni: nd C bunda, agar zarrachani sfera shakliga ega deb faraz qilsak, uning hajmi 3 3 4 r ga teng boʻladi (bunda, r – zarrachalarning oʻrtacha radiusi); binobarin nd C r 3 3 4 ; kub shaklidagi zarracha uchun yoki 3 1 V ; sferik zarracha uchun 3 3 4 r V yoki 3 4 3 V r boʻladi. Ultramikrоskоp oʻlchami 3 nm gacha boʻlgan zarrachalarni kuzatish imkоniyatiga ega. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling