Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Sinerezis hodisasi sxemasi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24.2-§. Polimerlarning osmotik bosimi. Koatservatsiya va tuzlanish. Polimerlarning osmotik bosimi.
- 133-rasm. Osmotik va tashqi bosimlar orasidagi muvozanat sxemasi.
132-rasm. Sinerezis hodisasi sxemasi.
Sinerezis hоdisasi sanоat mоllari va оziq-оvqat mahsulоtlari ishlab-chiqarish texnоlоgiyasida koʻp uchraydi. Sinerezis hоdisasining kelib chiqish sababi shundaki, zarrachalarning oʻzarо tоrtishish kuchi gelda toʻrsimоn struktura hоsil boʻlgandan keyin ham ta‘sir etaveradi. Sinerezis hоdisasini mukammal tekshirgan S.Lipatоvning fikricha, jelatinalanish (ivish) va sinerezis jarayonlari bir xil jarayonlar boʻlib, ular kоllоidlarning "eskirish" hоdisasida ayrim-ayrim bоsqichlardir. Agar dispers fazasining zarrachalari asimmetrik tuzilishga ega boʻlgan gellar oʻzgarmas temperaturada saqlansa, ularning qоvushqоqligi oʻz-oʻzidan оrtadi. Zоllarning vaqt oʻtishi bilan oʻz-oʻzicha oʻzgarishi zоlning "eskirishi" deb ataladi. Eskirish jarayoni faqat zоllardagina emas, gellarda ham yuz beradi. Gel eskirganda uning tiksоtrоpik xоssasi yoʻqоla bоshlaydi. 24.2-§. Polimerlarning osmotik bosimi. Koatservatsiya va tuzlanish. Polimerlarning osmotik bosimi. Yarimoʻtkazgich parda (membrana)dan erituvchining eritmaga oʻtish hodisasi osmos deyiladi. Membrana erituvchi molekulalarini oʻtkazib, erigan modda molekulalarini, xususan polimerlarning katta molekulalarini oʻtkazmaydi. Faraz qilaylik AC hajmda toza erituvchi, AB hajmda esa ayni erituvchida qandaydir komponent eritmasi boʻlsin. Erituvchi va eritma faqat erituvchi oʻta oladigan toʻsiq bilan ajratilgan (133-rasm). 246 133-rasm. Osmotik va tashqi bosimlar orasidagi muvozanat sxemasi. Agar tashqi bosim ikkala porshenga bir xil kuchda berilsa, erituvchi molekulalari AC hajmdan AB hajmga oʻtadi va B porshen koʻtariladi. Agar B porshenga bosimni erituvchining eritmaga oʻtishga intilishini kompensatsiya qiladigan darajada oshirsak, sistemada dinamik muvozanat qaror topadi. Muvozanat qaror topgandagi gidrostatik bosim osmotik bosimga ekvivalent boʻladi. Vant-Goffning klassik qonuniga muvofiq suyultirilgan ideal eritmaning osmotik bosimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: M CRT Bunda, π — osmotik bosim; C — konsentratsiya; M — erigan moddaning molekulyar massasi; R — universal gaz doimiyligi; T — absolyut temperatura. Shunday qilib π—(osmotik bosim) eritmaning umumiy xarakteristikasi boʻlib, faqat zarrachalar soniga bogʻliq, erigan modda va erituvchining tuzilishiga bogʻliq emas. Toza erituvchiga boʻlgan tashqi bosimni 0 P va eritmaga boʻlgan bosimni P bilan belgilaylik. Muvozanat vaqtida ortiqcha bosim 0 P P osmotik bosim ga teng boʻladi, ya‘ni: 0 P P Polimer eritmalari uchun Vant-Goff qonunini bu koʻrinishda qoʻllash birmuncha noaniqliklarga olib kelishi mumkin. Chunki, birinchidan, yuqori molekulyar birikmalar eritmalari uchun osmotik bosim Vant-Goff tenglamasi boʻyicha hisob qilinganidan koʻra birmuncha yuqori boʻladi. Bu hol polimer makromolekulasining qayishqoqligi tufayli eritmada oʻzini qisqa molekula kabi 247 tutishi, ya‘ni kinetik birlik rolini yaxlit molekula emas, balki uning segmenti oʻynashi bilan tushuntiriladi. Ikkinchidan, konsentratsiyaning ortishi bilan eritmaning osmotik bosimi toʻgʻri chiziq boʻylab koʻtarilmaydi. 134- rasmda quyi molekulyar (1-egri chiziq) va yuqori molekulyar (2-egri chiziq) birikmalar eritmalari konsentratsiyasining ortishi bilan osmotik bosimning oʻzgarishi koʻrsatilgan. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling