O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
III BOB. HUJJATLASHTIRISH, INVENTARIZATSIYA,
HISOB REGISTRLARI VA SHAKLLARI 3.1. Buxgalteriya hujjati, hujjatlashtirish va hujjatlarni turkumlash Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini is- botlovchi, mas'ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlash- dan iboratdir. Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega. Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suyiste’mol qilish hollarini aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish hu- quqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik muomala- larini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda ishonchliligini tekshirishda muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida har bir buxgalter uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat 84 (ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin: — to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan; — xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan. Shunday qilib, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va tek- shirishni bilish – buxgalterlarning malakali ishlashini asosidir. Buxgaltyerlarning dastlabki hujjatlar bilan ishlash quyidagi huqu- qiy-me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 1) O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi- da»gi qonuni (7,8-moddalar) 2) O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanish to‘g‘ri- sida»gi qonuni 3) O‘zbekiston Respublikasining «Elektron imzo to‘g‘risida»gi qonuni 4) Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risi- dagi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan). Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish uchun hujjatlarda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigai bunday ma’lumotlarga rekvizitlar Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling