O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Turistik talab mohiyati Ehtiyoj va talab
Nazorat savollari 1. Alohida olingan mamlakatda yil davomida tashrif buyuruvchilar soni turistik kelishlar soniga mos keladimi? 2. Nima uchun mamlakatlar tashrif buyuruvchilar turistik oqimlar kelishi hajmi bo‘yicha hisob yuritishadi? 3. Mamlakatga barcha tashrif buyuruvchilarning bo‘lishi davomiyligi va xalqaro turizmdan valyuta turizmlari umumiy summasi qanday hisobga olinadi? 4. Jahon mamlakatlari bo‘ylab xalqaro turistlar bo‘lishi davomiyligidagi katta farqni nima bilan izohlash mumkin? 5. Nima deb uylaymiz, Shimoliy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida turistik harajatlar bir xilda olib boriladi? Ko‘hna dunyoning bir qismi boshqa qismiga qaraganda xalqaro turizmga ko‘proq sarflashi sabablarini ayting. 6. Sizga statistik kuzatuvlarni tashkil etishning qanday shakllari ma’lum? 7. Xalqaro turizm to‘g‘risida axborotlar to‘plashning asosiy usullari kamchiligi va yutuqlari nimadan iborat? 8. Turistik oqimlar to‘g‘risida, ularning tarkibi va hajmi haqida birlamchi ma’lumotlar yig‘ish uchun mustaqil anketa tuzing. Uning to‘g‘ri tuzilganini tekshirib ko‘ring, siz taklif etgan savollarni anketaga kiritish maqsadga muvofiqligiga e’tiborni qarating. 82 V Bob. XALQARO TURIZM BOZORI 5.1. Turistik talab mohiyati 5.2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari 5.3. Hozirgi zamon turistik talablar tendensiyasi 5.4. Turistik mahsulot tushunchasi 5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari 5.6. Turistik takliflar mohiyati 5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar xususiyatlari 5.1. Turistik talab mohiyati Ehtiyoj va talab. Har qanday odam o‘z hayoti davomida qandaydir u yoki bu narsaga ehtiyoj sezadi. Bu birlamchi ehtiyoj o‘zining fiziologik tabiatiga ko‘ra, odatda tug‘ma hisoblanadi. Bu – ovqatga, suvga, nafas olishga, uyquga, jinsiy aloqaga ehtiyojdir. Ulardan farqli ravishda ikkilamchi ehtiyoj psixologik harakterga egadir. Agar atrofdagilar uning xizmatlarini, iste’dodini yoki jamoa a’zosi sifatida huquqini tan olmasa kishi kuyinadi. Birlamchi ehtiyoj genetik jihatdan qoida bor, ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo‘ladi. Odamlar hech qachon bir xilda tajribaga ega bo‘lishmaydi. Shu jihatdan ikkilamchi ehtiyoj ko‘p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi. Ehtiyojni bevosita ko‘rib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Uning mavjudligini odamlar xulqi-atvoriga qarabgina bilish mumkin. Psixologlar odamlarni kuzata turishib, ehtiyoj harakat motivlari bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelganlar. Agar nimadir yetishmasligi kuchli sezilsa, odamda intiluvchanlik hissiyoti uyg‘onadi. Bu bo‘lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu holda maqsad hech narsa emas, zaruratni qondirish vositasi xolos deb tushuniladi. Qo‘yilgan maqsadga erishilganida esa ehtiyoj to‘liq yoki qisman qondirilgan, yo qondirilmagan bo‘ladi. Misol uchun charchoq hissiyoti kishida chipta (bilet) olib kurortga jo‘nab ketish harakatini uyg‘otadi. Biroq yomon ob-havo to‘laqonli dam olishga halaqit beradi. Ehtiyoj qondirilmay qoladi. Kuchaygan ichki zo‘riqish esa shaxsni uni so‘ndirish uchun yangi yo‘llar va usullar qidirishga majbur etadi. Maqsadga erishish chog‘ida olingan qoniqish darajasi shunday o‘xshash vaziyatlarda kishi xulqiga ta’sir etadi. Yanagi safar u xulq modeli bo‘yicha harakat qiladi, ijobiy natijalarga tayanadi, salbiy tajribalarni takrorlamaslikka intiladi. Shaxs xulqi faqat ehtiyoj bilangina aniqlanmaydi. U umidvorlik va qabul qilishga ham bog‘liq. Motiv va mukofatlanish psixologik motivatsiya nazariyasida asosiy tushunchalar mohiyatini tashkil qiladi. Bu sohada ilmiy qarashlar yarim asrdan ko‘proq oldin shakllana boshladi. Ammo «Odamlarni harakat qilishga nima majbur etadi?», «Ular o‘z kuch va imkoniyatlarini ko‘zlangan maqsad sari qanday yo‘naltirishadi va taqsimlashadi?» degan bosh savollarga hozirgacha yagona qat’iy javob olingani yo‘q. Psixologlar shaxs faoliyati motivlarini tushuntiruvchi qator 83 nazariyalar ishlab chiqishgan. Ulardan eng mashhurlari Zigmund Freyd va Abraham Maslou nazariyalaridir, ularda iste’molchi xulqi atvorini o‘rganishga mutlaqo turli tomonlardan yondoshilgan. Quyida nomlari keltirilgan mualliflar nazariyalaridan turistik bozorni tadqiq etishda foydalanish mumkin. Avstraliyalik psixiatr – vrach va psixolog, psixoanaliz asoschisi Z. Freyd (1856 - 1939) odamlar ularning xulqi – atvorida shakllangan psixologik kuchlarning haqiqiy mohiyatini tushunmaydilar deb hisoblagan. Bu hissiyotlar tushlarda, turli-tuman gap- so‘zlarda, shuningdek ruhiyat va asab buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo‘lgan xulq-atvori motivlarida juda ko‘p yashirin dalillar va qiziqarli holatlarni to‘plashgan. Misol uchun, ba’zi odamlar olxo‘ri qoqisini sotib olishmaydi. Chunki u qora va burishgan bo‘lganligi sababli, ular keksalik va kasallikni eslatadi. Iste’molchilar motivatsiyasini tadqiq qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassislarga qo‘l kelishi mumkin. Amerikalik psixolog-faylasuf, Brendon universiteti psixologiya professori A.Maslou (1908-1968) ham nima uchun konkret ehtiyoj kishini ma’lum vaqtda harakat qilishga majbur etishini tushuntirishga urindi. Uning fikricha, inson ehtiyoji qandaydir iyerarxik tizimda (rasm 4). Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling