129
kompter tizimi qo‘llaniladi, u buxgalteriya yuritishga, taomlarni kalkulyatsiyaga,
restoran omborida qoldiqlarni hisoblashga yordam beradi.
Haridni rejalashtiradi,
tayyor taomlar sotilishini hisobga oladi, xodimlar harakatini nazorat qiladi, qo‘riqlash
va videokuzatuvni bajaradi, chiroqlar va boshqa elektr priborlarni boshqarishga
ko‘maklashadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
turistik xizmatlarni ishlab
chiqishda barcha resurslar optimal kombinatsiyasi farqlarida bir tipli iqtisodiy
chiqimlar shakllanadi. Ular asosiy ikki turga ajratiladi: doimiy va o‘zgaruvchan.
Ularning munosabatiga bog‘liq holda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi.
Doimiy chiqim – bu ishlab chiqarish doimiy omillarini tashkil etuvchi
resurslarga pul harajatlaridir. Floridadagi «Sheraton Uorld» singari yirik kurort –
otellari nafaqat xususiy mehmonxona
binolari va uskunalarni, balki golf o‘ynash
uchun qimmat turadigan maydonlarni, suzish havzalarni,
tennis kortlarni,
sog‘lomlashtirish markazlarini ham balansga oladilar. Ularni saqlash va
ekspluatatsiya qilish, shuningdek ma’muriy – boshqaruv harajatlari doimiy chiqimga
qo‘shiladi. Bu kategoriya chiqimlarga,
shuningdek ijara haqi, mulk-joy solig‘ini
to‘lash, qarz mablag‘larga foiz va boshqalar ham kiradi. Ularning kattaligi ishlab
chiqarish hajmiga bog‘liq emas. Ular korxona yopilganda ham hech narsa ishlab
chiqarilmaganda ham mavjuddir. Shuning uchun doimiy chiqim firma zararini paydo
bo‘lishida asosiy sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: