O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Banketda xizmat ko‘rsatish. Banketga tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘ng, 
mehmonlar dasturxonga taklif qilinadi, har bir stolga biriktirilgan ofitsiant ularni 
kutib oladi va o‘tirishga yordamlashadi. Ofitsiant mehmonlarni joylashtirib, ularga 
suv quyib beradi, so‘ng taomnomada belgilangan gazak va taomlarni tavsiya qiladi. 
Gazaklar katta idishlarda 8-10 kishi uchun birdaniga olib kelinishi, mehmonlar 
ehtiyojiga yarasha o‘z tarelkalariga o‘zlari solishi yoki yonida o‘tirgan kishi yordam 
berishi mumkin. Bunday vaziyatda ofitsiantning xizmati talab qilinmaydi.
Mehmonlarning foydalanayotgan idish - tovoq va anjomlari qisman 
almashtiriladi, ularning o‘rniga yangisi, tozalari olib kelib qo‘yiladi. Tarelkalarni 
olishda mehmondan ruxsat so‘raladi. Agar mehmon idishlarni olish mumkin degan 
ishora qilsa, ofitsiant ruxsat so‘ramasdan idishlarni olib ketishi mumkin. Lekin stol 
ustidagi idishlarda qolgan gazaklarni ofitsiant banket oxirigacha olib ketmasligi 
kerak. Ularni birlashtirib bitta idishga solib, shakllantirib estetik tus berishi va 
mehmonlar idishiga solishi mumkin. Bunday banketlarda har 10-12 kishiga bitta 
ofitsiant xizmat ko‘rsatadi. 
Ichimlik shishalari mehmonlar xohishi bilan ochilishi yoki ochmasdan olib 
kelinishi ham mumkin. Shishalar mehmonlarga qulay bo‘lishi uchun 2-4 tadan 
stolning chetidagi bo‘sh joyga qo‘yiladi va xohlagan mehmon ichimliklardan quyib 
ichaveradi. 
Buyurtmachining xohishiga binoan ichimliklarning bir qismi saqlab turilishi 
mumkin. Shishalar yordamchi stolda turadi va xizmat jarayonida zarur bo‘lib qolsa, 
banket stoliga olib kelinadi.
Baliqli gazaklar berilgach, gazaklardan so‘ng bosh ofitsiant banket 
tashkilotchilari bilan kelishgan holda issiq taom berish kerakligini aytadi. Bu jarayon 
taom berilishidan 20-30 daqiqa oldin bo‘lishi kerak. Biroq issiq taom berishdan oldin 
20-25 daqiqalik tanaffus e’lon qilinishi lozim. Shunday paytda raqsga tushish, musiqa 
tinglash uchun imkoniyat yaratiladi. Mehmonlar tanaffus paytida o‘rinlaridan 


294 
turmasdan issiq taom keltirish oldidan ofitsiant ularning idishlarini ular ko‘z oldida 
almashtiradi. Yordamchi stolda ofitsiant taomlarni qizdirilgan tarelkalarga 
taqsimlaydi va issiq taomni banket stoliga keltirib, mehmonlar oldiga qo‘yadi.
 
 
 
 
6-rasm. Ofitsiantlarning qisman xizmatidagi banket stoli 
Issiq taomlar oshpazlar tomonidan to‘g‘ridan - to‘g‘ri tarelkalarga suzilishi va 
mehmonlarga berilishi ham mumkin. Bunda ofitsiantlar taomlarni mehmonlar oldiga 
olib borib beradi. Banket jarayonida ofitsiant bir necha marta stol ustidan 
foydalanilgan idishlarni yig‘ishtirib oladi. Bu ishni shirinliklar va issiq ichimliklar 
berish oldidan ham bajarishi mumkin. Banketda ofitsiantlar quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 

taomlarni solishda va ichimliklar quyishda ofitsiant mehmonlarga yordam 
beradi; 

vaqti - vaqti bilan ofitsiant mehmonlar oldidagi tarelkalarni qulayroq qilib 
tuzatib turadi; 

mehmonlar iltimosiga ko‘ra taom tayyorlash usullari, iste’mol xususiyati 
haqida ma’lumot beradi; 


295 

foydalanilgan idish - tovoqlarni mehmonlar oldidan o‘z vaqtida yig‘ishtirib 
oladi; 

issiq taomlar olib beradi; 

shirinliklar va kofe olib keladi; 

stolga qo‘shimcha ichimliklar olib keladi va hokazo. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling