O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Ofitsiantlarning qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

4. Ofitsiantlarning qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan
kichik banketlar 
 
Norasmiy banketlarda xizmat ko‘rsatish shakli yubiley, oilaviy tadbir va 
boshqa tadbirlarda beriladigan nonushta, tushlik, kechki taom yoki oddiy 
mehmondorchilik tarzida tashkil etilishi mumkin. 
Bunday banketlarda mehmonlarning o‘tirishi erkin bo‘lib, guruhlarga bo‘lingan 
holda yoki shu yerda shakllangan guruhdagi notanish kishilar ham bir stol atrofida 
o‘tirishi mumkin.
Banketga tayyorgarlik ko‘rish. Bu xildagi banketlarni o‘tkazish tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, stollarni qo‘yish va mehmonlarni joylashtirishda ikki xil yondashuv 
vujudga keladi: 

stollar aylana, kvadrat yoki to‘rtburchak, shuningdek P, T, E, Sh shakllarda 
bo‘lishi mumkin; 

stollarni buyurtmachi bilan kelishgan holda guruhlarga bo‘lib bezatish ham 
mumkin. 
Bundan tashqari stollar zalga simmetrik tarzda qo‘yiladi. Biroq stol yubiley 
sohiblari yoki hurmatli mehmonlar hammani ko‘rib turadigan qulay joyga 
joylashtirilishi kerak.
Banket stolini bezash uchun stolga gullar qo‘yiladi. Banketda mehmonlar ko‘p 
bo‘lsa, bosh ofitsiant ofitsiantlarga rahbar tayinlaydi va stollarga raqamlarni belgilab 
chiqadi. O‘z navbatida tayinlangan rahbar ofitsiantlarni sektorlarga bo‘lib chiqadi. 
Bunday banketlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, sovuq gazaklar, har xil 
ichimliklar va mevalar mehmonlar kelguniga qadar banket stollariga qo‘yib chiqiladi. 
Bu yerda zal bilan taom tarqatish joyining oralig‘i, zalda havo harorati va boshqa 
sharoitlar xisobga olinadi. Ofitsiant taom idishlari, ichimlik va boshqalar uchun zarur 
anjomlar qancha miqdorda kerakligini oldindan yaxshi bilishi kerak. Shu maqsadda 
bosh ofitsiant va ofitsiantlar har bir banket stolining xisobini olib chiqadi. 


293 
Qabul banketlariga qaraganda bu banketlarning taomnomalari uncha murakkab 
bo‘lmaydi. Banket stolini bezash ham ancha kamtarona bo‘ladi. Bunday banketlarda 
idish - tovoq va anjomlar qabul banketlaridagidek stolga qo‘yiladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling