115
6-Mavzu: RESTORAN BIZNESIDA XIZMAT KO‘RSATUVCHI
XODIMLARNING VAZIFALARI
Reja:
1. Restoranda xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarga
qo‘yiladigan talablar va ularning vazifalari
2. Xodimlarning restoran mijozlari bilan muomala
madaniyati
1. Restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga
qo‘yiladigan talablar va ularning vazifalari
Ushbu mavzu orqali restoranlarda faoliyat olib boradigan va xizmat
ko‘rsatadigan xodimlar haqida atriflicha ma’lumotlar keltirib o‘tamiz. Lekin bu
xodimlarning ayrimlari kichik restoranlarda faoliyat olib bormasligi mumkin.
Mavzuni o‘rganish davomida ularning faoliyati va
qanday talablarni bajarishi
kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Turizm sohasida tahsil olayotgan,
faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis ular haqida bilishi muhim ahamiyatga ega
deb xisoblaymiz.
Restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga
quyidagi xodimlar kiradi
15
:
Bosh oshpaz;
Bosh oshpaz yordamchisi (Su - shef);
Sovuq gazaklar bo‘yicha oshpaz (gardmanje);
Somole;
Ekspeditor;
Qandolat mahsulotlari bo‘yicha oshpaz;
Metrdotel;
15
Shur D.L., Shur-Truxanovich L.V.
Personal restoranov, zakusochnix, barov, kafe. Doljnostnie i proizvodstvennie
instruksii. Rossiya. 2010 g.
116
Ofitsiant;
Ofitsiant yordamchisi;
Barmen;
Taom tarqatuvchi;
Ovqat magazini sotuvchisi (bufetchi);
Xisobchi;
Kiyim qabul qiluvchi;
Shveysar.
Do'stlaringiz bilan baham: