O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Mavzu : RESTORAN BIZNESI FAOLIYATIDA SANITARIYA - GIGIYENA TALABLARNING O’RNI
Muammoni yechish yo‘llari: 1. Avval muammoni yaxshilab o‘rganib tahlil qiling. 2. Uning hal qilish yo‘llarini topishda har xil usullardan foydalaning. 3. Ushbu muammoning yechimini topishda biron restoran misolida ko‘rib chiqing. 145 7-Mavzu: RESTORAN BIZNESI FAOLIYATIDA SANITARIYA - GIGIYENA TALABLARNING O’RNI Reja: 1. Restoran zallariga qo‘yiladigan sanitariya - gigiyena talablar 2. Restoran xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya - gigiyena talablar 3. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va dezodoratsiya tadbirlari 1. Restoran zallariga qo‘yiladigan sanitariya - gigiyena talablar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ovqatlantirish korxonalari ustidan sanitariya - epidemiologiya, go‘sht, sut, baliq va o‘simlik mahsulotlari ustidan veterinariya, fitosanitariya nazoratlari o‘rnatilgan. Korxonalar, inshootlar, oziq - ovqat mahsulotlari ustidan sanitariya - epidemiologiya nazorati 1992 - yilning 3 - iyulida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq respublikaning hududlarida joylashgan barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilot va birlashmalar, ularning qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena talablariga rioya etishlari lozim hamda davlat sanitariya nazorati bilan qamrab olinishi kerak. Ushbu qonun sanitariya - epidemiologiya masalalarida aholining xotirjamligi va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, respublika hududida yashaydigan aholining qulay atrof - muhitga ega bo‘lish huquqini, u bilan bog‘liq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlaydi. 146 Respublika davlat sanitariya - epidemiologiya xizmatining barcha davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tomonidan sanitariya me’yorlari, qoidalari talablariga hamda gigiyena me’yorlarga rioya qilishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Davlat epidemiologiya xizmatini O‘zbekiston Respublikasi sanitariya - epidemiologiya nazorati qo‘mitasi boshqarib boradi. Qo‘mita boshlig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Respublika Bosh sanitariya shifokori tayinlanadi. Uning asosiy vazifasi respublikada davlat sanitariya nazoratini tashkil qilish va amalga oshirishdan iborat. U o‘zining asosiy vazifasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi sanitariya - epidemiologiya xizmatining barcha idoralariga rahbarlik qiladi. Sanitariya - epidemiologiya nazoratining amaliy idorasi sifatida respublika viloyatlarida, shaharlarida va tumanlarida sanitariya - epidemiologiya stansiyalari tashkil qilinadi. Sanitariya - epidemiologiya stansiyalari ishlarni bajaruvchi tibbiy - profilaktik muassasa xisoblanadi. Shuning uchun ham sanitariyaga doir va epidemiologiyaga qarshi chora - tadbirlarni belgilaydi va ularning o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Davlat sanitariya nazorati sanitariya - epidemiologiya stansiyalari (SES) respublika bo‘yicha ogohlantirish (oldini oladigan) va joriy sanitariya nazoratini olib boradi. SES xodimlari shtatiga boshqa sohalar bilan bir qatorda ovqatlantirish gigiyenasi bo‘yicha ham shifokori shtati kiritiladi. Sanitariya - epidemiologiya xizmatlari idoralariga viloyat, shahar va tuman bosh sanitariya shifokorlari rahbarlik qiladi. Sanitariya shifokorlari, ularning o‘rinbosarlari va ovqatlantirish gigiyenasi bo‘yicha shifokorlar hech qanday qarshiliksiz restoranlar va ovqatlantirish korxonalariga kirishi, tayyorlangan va tayyorlanayotgan toam, mahsulotlarning sifati hamda korxonaning sanitariya holatini tekshirishlari mumkin. Respublika, viloyat, shahar, tuman Bosh davlat sanitariya shifokorlari va sanitariya - epidemiologiya xizmati idoralarining boshqa mansabdor shaxslarining huquqlari va vazifalari ushbu qonunning 25 - 27 moddalarida batafsil bayon qilingan. 147 Ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya nazorati korxona rahbarlariga va shaxsiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarga yuklatiladi. Ularning asosiy vazifasi ishlab chiqarish davrida korxona xodimlari tomonidan sanitariya qoida va me’yorlariga rioya qilishlarini ta’minlash, mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan atrof - muhitning ifloslanishiga qarshi va boshqa tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Korxona xodimlari xizmat qiladigan restoran va ovqatlantirish korxonalarida sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilinishi xodimlar sog‘ligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli ular kasaba uyushmalari qo‘mitalarining qoshida ovqatlantirish korxonalarining sanitariya va gigiyena holatini nazorat qilish uchun jamoa nazorati tashkil qilinadi. Uning tarkibiga tashkilot va korxonalarning mas’uliyatli xodimlari kiritiladi. Jamoa sanitariya nazorati ushbu joydagi davlat va tarmoq SESlari bilan hamkorlikda ishlaydi. Xuddi shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan barcha restoranlar va ovqatlantirish korxonalari nafaqat sanitariya va gigiyena holatiga javob berishi, balki mijozlarga sifatli va ko‘ngildagidek xizmat ko‘rsatishlari uchun barcha ichki tartib qoidalar va talablarga ham to‘liq javob berishi lozim. Bundan tashqari mijozlarning to‘g‘ri ovqatlanishi, standart darajadagi xizmatlar, jihozlarning talabga javob berishi, ishlatiladigan idish - tovoqlarning holati hamda gigiyena talablari mos bo‘lishi kelajakda restoranlar va boshqa turdagi ovqatlantirish korxonalarning faoliyat yuritishlarida zarur omillardan biridir. Jumladan, restoranlar zallarining jihozlariga stol - o’rindiqlar, o’rindiqlar, divanlar, servantlar va ofitsiantlarning yordamchi stollari kiradi. Ularga qo‘yiladigan sanitariya va gigiyena talablari quyidagilardan iborat: ular mijozlarning o‘tirishi uchun qulay va mustahkam bo‘lishi; tez yuviladigan va tozalanadigan bo‘lishi; ular restoran va ovqatlantirish korxonalari turlariga mos kelishi kerak. Restoran va kafelarning ovqatlantirish zallarida o‘rnatiladigan stol - o’rindiqlarning usti rangli dekorativ plastiklar bilan yoki issiqqa chidamli laklar bilan qoplanadi. Ovqatlanish stoli ustiga dasturxon to‘shab xizmat ko‘rsatiladigan 148 restoranlarda stol yuzasi mato yoki yumshoq mato bilan qoplanadi. Ular oshxona idish - tovoqlari va anjomlarini qo‘yishda chiqadigan shovqinni so‘ndiradi hamda idishlarning mustahkam turishini ta’minlaydi. O‘tirish jihozlari (o’rindiqlar) qulay shaklga, mustahkamligiga va minimal o‘lchamiga ega bo‘lishlari kerak. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling