O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Sho‘rva uchun kosalar. Ular chuqur, metallsimon va bir dastakli idishlardir. 
Ularning hajmi 0,4 litrgacha bo‘ladi. Bu idishda sho‘rvaning barcha turlari uzatiladi. 
Buning afzalligi shundaki, bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorli sho‘rvani tashish 
mumkin.
Muzqaymoq uchun krem soladigan idishchalar. Ular yarim shar shakliga ega 
bo‘lib, aylanasimon taglikdan iborat bo‘ladi. Ular 0,2 va 0,15 litr hajmga ega bo‘lib, 
ularga krem ham solish mumkin. 
Qo‘lni chayish uchun idishlar. Ular aylana va chuqur bo‘ladi. Bunda 
mijozlarga qisqichbaqa, tovuq go‘shti va mevalar uzatilgandan keyin qo‘lini chayishi 
uchun issiq yoki sovuq suv beriladi. 
Taqsimchalar (murabbo idishlari). Ular kichkina, aylanasimon va chuqur 
bo‘lmagan - 0,05 litrli idishchalardir. Bu idishlarda asal, murabbo, jem va shakar 
kukuni uzatiladi.
Tuxum uchun tagliklar. Bunda butunligicha qaynatib pishirilgan tuxumlar 
uzatiladi. 
Shakardonlar - aylanasimon, silindr shaklga ega bo‘lgan taglik va qopqoqli 
idishlardir.
0,2 litrli dastakli ko‘zachalar. Bu idishda issiq suv, sut, qahva, choy va 


179 
boshqa ichimliklar uzatiladi. 
Ichimliklarni sovutish uchun chetakchalar. Ular ikki dastakli, 3 litrdan 5 
litrgacha hajmga ega. Ularda shishalarni sovutish uchun muzlar turadi. Ular 
siljiydigan yoki siljimaydigan tagliklardan iborat bo‘lib, balandligi stolning balandligi 
bilan teng bo‘ladi. 
Non idishchalari. Ular turli shaklga ega bo‘lib, stolga qo‘yish uchun nonlar 
uzatiladi. 
Qopqoqli idishchalar. Kabob, panjarali taomlar va boshqalarni uzatishda 
ishlatiladi. 
Metall patnislar. O‘lchamiga qarab ular katta, o‘rtacha va kichkina bo‘ladi. 
Taom tashiladigan katta patnislarning o‘lchami 50x40 sm bo‘lib, ular taom 
idishlarini, ryumkalarni va ichimligi bor shishalarni uzatishda xizmat qiladi. 
O‘rtachalarining hajmi 35x25 sm yoki 30x30 sm bo‘lib, qabul marosimlari va 
banketlarda ishlatiladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling