176
oq vinoni 70 - 100 ml dan quyiladi (0,75, l vino 8 ta bokalga);
o‘tkir ichimliklar 25 - 50 ml dan quyiladi.
balandligi-225mm,
hajmi-610ml
Qizil
vino katta hajmdagi bokalni, oq vino o‘rta
hajmdagi bokalni va alkogolli ichimliklar esa kichik
hajmdagi bokalni talab etadi.
Agarda siz yangi rangdagi
vinoni tanlamoqchi bo‘lsangiz unda VINUM Extreme yoki
VINUM XL turidagi bokallardan birini tanlashingiz
mumkin, sababi ularning hajmi xushtam mazzali vinolarga
ko‘proq mos keladi. Vino bokalining to‘g‘ri
ishlab
chiqilganligi va unga vinoning to‘g‘ri usulda solinganligini
aniqlash uchun vino tanqidchisi,
vino ishlab chiqaruvchi
yoki vino bo‘yicha mutaxassis bo‘lish shart emas! Fransuz,
Italyan, Ispan vinosi iste’mol qilinganda ularga mos
keladigan bokallarni tanlash kerak. Hozirda sotuvda
Spiegelau bokallari mavjud.
Ular Riedel bokallaridan arzon,
biroq ular uzumlarning turlariga qarab emas, balki oq va qizil
vinoga qarab farqlanadi. Ularni faqat tejamkorlik maqsadida
ko‘p mehmonlarni taklif qilgan paytda ishlatish mumkin.
Ko‘plab degustatsiya natijalari shuni ko‘rsatadiki, shar
shaklidagi bokallar o‘zining katta
maydoni tufayli spirtli
hidlarni tezda bug‘lanishiga va meva iforlari saqlanib
qolishiga olib keladi. Riedel
tomonidan tavsiya etilgan
bokalning hajmi va shakli konyakning karamel va uzum
iforlarini saqlab qolgan holda, spirtning o‘tkir hidiga qarshilik
ko‘rsatadi.
balandligi-183mm,
hajmi-190ml
177
3. Metall idishlar
Restoran zalida ofitsiant taom tarqatish bo‘limidan yordamchi stolga taomlarni metall
idishlarda olib keladi. Metall idishlar mustahkam va ko‘rimlidir, u taomning issiqlik
haroratini saqlaydi. Mis va qalay eritmasidan yasaladigan idishlar issiqqa chidamli bo‘lib,
zanglamaydi. Yupqa kumush qatlami surtilgan bu idishlar (0,3 dan 0,5 mm gacha) ga badiiy
ishlov berish oson. Bunday idishlardan foydalanishda qattiq
urilishlardan saqlash
kerak, chunki shakli buzilishi mumkin. Yaltiroqlik xususiyatini yo‘qotmasligi uchun
vaqti - vaqti bilan bo‘yoq berib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: