O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoran biznesida dizayn va reklama vositalari


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Restoran biznesida dizayn va reklama vositalari 
 
Restoranning joylashuvi ko‘p hollarda uning kelajakdagi mijozlar oqimini 
belgilab beradi. Shahar ichida joylashgan restoran mijozlari shahar tashqarisida 
joylashgan restoranlar mijozlaridan u yerga piyoda yoki transportda borish 
imkoniyati mavjudligi bilan ham farq qiladi. Restoran ma’muriyati bu omillarni 
xisobga olgan holda, uning intereri, xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi, oshxonasi, 
taomnomasi va taomlarini mijozlarga mos tashkil qilishlari zarur bo‘ladi.
Restoran dizayni, bino hajmi va shakli, devor va shiftlar rangi, jihozlari 
restoran mijozlari va taomnomasiga ham mos kelishi kerak. Psixologik tadqiqotlar 
shuni ko‘rsatmoqdaki, agar restoran devorlari qizil - jigar rangga bo‘yalgan bo‘lsa, 
taom ko‘p iste’mol qilinar ekan.
Restoranlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularni jihozlash turlari shunchalik ko‘p 
bo‘ladi. Masalan, restoranda o‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘lsa, u yerda katta 
yorqin xona va qattiq jihozlar bo‘ladi. Agar yuqori darajali restoran bo‘lsa, u yerda 
nim qorong‘ulik, alohida xonalar, yumshoq jihozlar, gullar va devorda rasmlar 
bo‘ladi. Yana bir omil sifatida «muhit» ya’ni «atmosfera» bo‘lib, u nafaqat dezayn va 
bezak, balki stollarning joylashuvi, ofitsiantlarning kiyimi, xizmat ko‘rsatish turlari, 
musiqa, mijozlar kiyimi, shovqin darajasi, bino harorati, tozalik va boshqa omillar 
yordamida yaratiladi. Bunday masalalarni tashkil etishda bachkanalikka yo‘l 
qo‘ymaslik lozim, ya’ni restoran juda ham tinch yoki shovqin, yorqin yoki qorong‘u, 
keng yoki tor bo‘lmasligi kerak. 
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalari reklamasi qator o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu eng avvalo restoran, kafe, barlarning joylashgan joyi, 
ko‘rsatiladigan xizmat turlari, ularga bo‘lgan munosabatini aniqlash va axborot berish 
bilan belgilanadi.
Reklamaning maqsadi restoranga tashrif buyuruvchilarda korxona haqida 
ijobiy fikr uyg‘otishga erishishdir. Restoran va uning ko‘rsatadigan xizmatlarini 
reklama qilish uchun turli vositalardan foydalaniladi: lavhalar, vitrina, plakatlar, 
transparantlar, panno, gazeta, radio, televideniye va b. 


332 
Doimiy mijozlarni ko‘paytirish uchun reklama xizmati muhim o‘ringa ega. 
Restoran uchun reklama tashkilotning vazifasi, ish uslubi, uning muhiti xisobga 
olinishi shart. Restoranning toifasi qancha yuqori bo‘lsa, reklama uchun shuncha 
ko‘p mablag‘ sarflanadi.
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining barcha turlari uchun bir xil 
ko‘rinishdagi reklama yaratish mumkin emas, lekin har bir restoran yoki kafe 
haqidagi reklama tashqi reklamadan boshlanadi. Tashqi reklama axborot berishdan 
tashqari atrofdagi arxitektura binolari bilan garmonik uyg‘unlashishi va uni to‘ldirishi 
shart. 
Ko‘cha reklamasining eng ko‘p tarqalgan usuli bu lavhalardir. Ular 
iste’molchilarga restoranlar va ovqatlantirish korxonalari turlari va xususiyatlari bilan 
tanishtiradi. Lavha - eng avvalo, restoranning tashrif kartochkasidir, tashqi 
reklamaning muhim qismi bo‘lib xizmat qilishi va ko‘cha bezagi bilan uzviy 
bog‘lanishi kerak. Lavha restoranning yuzi bo‘lib, uzoqdan ko‘zga tashlanadigan 
chiroyli, yorqin, kechki paytlarda xilma - xil chiroqlari bilan kishini o‘ziga jalb 
qiladigan, restoran ko‘rinishini tanishtiradigan reklama vositalaridan biri. Lavha ikki 
tilda ya’ni davlat tilida va chet tilida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Chunki mamlakat 
bo‘ylab sayohat qiladigan har qanday turist restoran haqida birlamchi ma’lumotga 
ega bo‘lishi kerak. Lavha original va unda esda qoluvchi nomlar bilan yoziladigan 
bo‘lsa, uning reklama xususiyati yanada ta’sirli bo‘ladi.
Restoranning nomi ko‘pincha mamlakat, shahar, hududning tarixiy muhim 
sana nomlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi kunda respublikamizning hamma 
viloyatlarida restoranga hudud ahamiyatiga ega bo‘lgan nomlar qo‘yilgan. Masalan: 
«O‘zbekiston», «Samarqand», «Bahor» va shu kabilar. 
Binoning arxitektura xususiyatini xisobga olgan holda tashqi ko‘rinishiga 
moslab lavhalar osiladi. Bunda har ikki tomondan o‘qiladigan lavhalar bo‘ladi. 
Rangli lavhalar, ayniqsa kechalari shahar husniga husn qo‘shadi. Chiroqlar o‘chib - 
yonuvchi, go‘yo harakat qiluvchi tarzda o‘rnatiladi. Agar restoran binolar ichida 
joylashgan bo‘lsa, unda restoran reklama bezagi bilan ajralib turishi kerak. 


333 
Neon lampasidan foydalangan lavhalar yaratish qimmat bo‘lishi bilan birga 
manzarali va chiroyli ko‘rinadi. Did bilan ishlangan lavha ko‘p yillar xizmat qiladi. 
Neon lampasidan vitrina va binoning old tomonida foydalaniladi, u qor, yomg‘ir 
kunlarida, hatto kunduz kunlari ham yaxshi yorug‘lik beradi. 
Vitrina - restoranning o‘ziga xos xususiyati, taomlar assortimenti, orkestr 
repertuari va boshqalar haqida axborotning muhim manbalaridan biri. Oyna vitrinasi - 
lavha reklamasini to‘ldiradi va u bilan uzviy bog‘langan holda bo‘ladi. Reklama 
shunday joylashishi kerakki, vitrina yonidan o‘tuvchilar diqqatini o‘ziga jalb qilishi, 
restoranga kirish ishtiyoqini uyg‘otishi lozim. Vitrina jihozi restoran old tomoni 
ifodasini bildirishi, taomlar assortimenti, qandolat mahsulotlari qaysi yo‘nalishda 
ekanligini anglatishi kerak. Vitrina romlariga reklama pannolaridan foydalaniladi. 
Vitrinani qo‘shimchalar bilan to‘ldirish maqsadida gullar, har xil ko‘rinishdagi 
dekoratsiyalar qo‘yish mumkin. Ba’zi restoranlar va ovqatlantirish korxonalari firma 
taomlarini vitrinada ko‘rsatadi yoki tayyorlash usullarini namoyish qiladi. Bu esa 
mijozlarga restoranning o‘zi haqida, taomlar assortimenti va ko‘rinishi haqida 
ma’lumotlar tarqalishiga sabab bo‘ladi. 
Luks va oliy toifadagi restoranlarda odatda yopiq vitrinalar bo‘ladi. Bu ham 
chiroyli ko‘rinishga ega. Unda tavsiya etilayotgan xizmatlar haqida axborot berilib, 
qisqa yozuvlarda taomlarning sifati aytiladi. Oynalarga tutiladigan pardalar ham 
restoranning umumiy ko‘rinishiga mos bo‘lishi, chiroy qo‘shishi kerak.
Hozirgi zamonaviy restoranlarda vitrina oynalari bir butun ishlanmoqda, 
natijada restoranning butun old tomoni yaxlit vitrinaga aylanadi. Yaxlit oyna 
qo‘yilganda restoran ichidagi bufet, bar, stol - o’rindiqlar va boshqa bezaklar reklama 
vazifasini o‘taydi. Ba’zi restoranlarning oyna devorlari tepasiga chiroyli matolardan 
pardalar osiladi. Ular ostiga restoran xizmati haqida axborot beriladi. Ba’zi 
restoranlarda oynaga parda tutilmaydi, oyna turli manzarali ranglar bilan bezatiladi. 
Panno, transporantlar restoran yaqiniga yoki restoranga kirish qismida 
joylashtiriladi. Agar restoran yaqinda ochilgan bo‘lsa, reklamalar restoran haqida 
to‘liq ma’lumot berishi zarur. 


334 
Eng asosiy masala «nimani reklama qilishda», ya’ni eng avvalo restoran va 
ovqatlantirish korxonasining mahsulotini reklama qilishdadir. Original tarzda 
ishlangan ko‘zga tashlanadigan ijodiy fantaziyali rasmlar restoranga tashrif 
buyuruvchilarning e’tiborini tezda jalb qiladi. Ularning mazmuni restoran faoliyatini 
ifodalaydi. Savdo tashkiloti tavsiya etayotgan firma taomlari, ichimliklari, an’analari 
va qo‘shimcha xizmatlari reklamada ko‘rsatiladi.
Shuningdek, reklamalar plakat shaklida, stendlar, ikki tomoniga yoziladigan, 
ko‘chirib yuriladigan va boshqa har xil ko‘rinishlarda bo‘ladi. Yoqilg‘i qo‘yish 
shahobchasi va avtobekatlarda plakat reklamalari osiladi. Unda restoranning nomi, 
masofasi, taomlari haqida ma’lumotlar beriladi. «10 chaqirimdan so‘ng «Bog‘i 
shamol» restorani, taomlar sifatli va arzon, 30 daqiqada ovqatlanasiz, xush kelibsiz 
aziz mehmonlar, xizmatingizga hamisha tayyormiz» mazmunidagi yozuvlar 
yo‘lovchilarni befarq qoldirmaydi. 
Hozirgi zamon reklamasi gazeta, radio, televideniye orqali ham keng miqyosda 
tarqatilmoqda. Ommaviy axborot vositalari restoran, kafe, oshxonalar haqida jamoat 
fikrini shakllantirish qudratiga ega. 
Foydali ovqatlanish reklamasini tashkil qilishda turli vositalardan, ya’ni qisqa 
metrajli filmlar, maxsus diapozitivlar, magnitofilmlar, varaqalar, plakatlar 
foydalanish mumkin. 
Reklama xabarlarida restoran va ovqatlantirish korxonalarining tashqi 
ko‘rinishi, tozaligi, chiroyi, xizmat madaniyati, taomlarning kishi ishtahasini 
ochadigan xususiyatlari ko‘rsatilishi kerak. Ovqatlanishning estetik sharoiti ham aholi 
ovqatlanish madaniyatining jiddiy o‘sish omili xisoblanadi. Reklamaning muomala 
xarakteri ham aholining turli qatlamlariga turlicha bo‘lishi kerak. Odamlar 
yashayotgan hududning ob - havosi, geografik sharoitlari e’tiborga olinishi ularning 
o‘ziga xosligi, odamlari, milliy xususiyatlari xisobga olinishi kerak. 
Reklama iste’molchilarga juda yaqinlashishi shart. Iste’molchi kunlik taomning 
kilokaloriyalari sonini taxminan bo‘lsa ham bilishi lozim. Biroq ko‘pchilik odamlar 
bunday axborotga ega emas. Shuning uchun restoranlar va ovqatlantirish korxonalari 


335 
taomnomasida taom nomi bilan birga uning kaloriya darajasini qo‘yish tavsiya 
etiladi. 
Quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun restoran reklamasining turli 
shakllari qo‘llaniladi: 

restoranda bo‘layotgan yangiliklar haqida restoranga keluvchilar va 
kelmoqchi bo‘lganlarga axborot berish; 

mijozlar oldiga yangi taomlarni qo‘yish. 
Bu maqsadga erishish uchun «NEWS REALIZE» dan foydalaniladi. Reklama 
qilinayotgan restoran, uning taomnomasi, xizmatlar va maxsus takliflar haqida 
esdalik daftarchasi shunday deb ataladi. Esdalik daftarchasi sovg‘a tarzida bezatilgan 
bo‘lib, mijozlar uni olib saqlab qo‘yadilar, do‘stlariga ko‘rsatib ularni ham shu 
restoranga borishga tavsiya qiladilar. O‘z navbatida taomnoma ham restoranda 
reklama vazifasini bajarishi mumkin. Rang - barang qilib, taomlar nomi aniq 
yozilgan, narxlar ko‘rsatilgan taomnoma restoranning xizmat darajasi yuqori 
ekanligini bildiradi. Taomnoma muqovasida restoran tamg‘asidan tashqari xushbo‘y 
taomlar rasmi ham ko‘rsatilishi mumkin. 
Ba’zi xorijiy davlatlar restoranida restoran tamg‘asi bosilgan podnos, kuldon 
va taomnoma kartochkasi bo‘ladi. U sovg‘a sifatida beriladi. Bu kamtarona sovg‘alar 
mijozlar restoranga yana kelib turishini unutmasliklari uchun beriladi. 
Xorijiy turistlar shu hududning tarixiy joylariga ko‘proq qiziqishadi. Ularning 
qiziqishini qondirish maqsadida turli xil reklamalar chiqariladi. Bularga eslatma, 
prospekt, yo‘l ko‘rsatkichi, yo‘l xaritasi va boshqalarni misol qilish mumkin. 
Mijozlar esdalik uchun reklama sovg‘alarini qiziqish bilan qabul qiladilar va tanish - 
bilish, do‘stlariga taom, xizmat va boshqalar haqida ma’lumot beradilar. 
Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida reklama qanchalik yaxshi 
bo‘lmasin, har qanday restoranning eng yaxshi reklamasi bu - uning a’lo taomi va 
yuqori madaniyatidir. Ushbu vosita reklama uchun ortiqcha xarajatni talab qilmaydi, 
aksincha juda ko‘p foyda keltiradi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling