O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


-Mavzu: «RESTORAN BIZNESI» FANIGA KIRISH


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

1-Mavzu: «RESTORAN BIZNESI» FANIGA KIRISH 
 
 
Reja: 
1. Restoranning paydo bo‘lish tarixi
2. «Restoran biznesi» fanining
maqsadi va vazifalari 
 
1. Restoranlarning paydo bo‘lish tarixi 
 
Har bir davr o‘zining tarixiga ega. Biz eng oliy ovqatlantirish xizmatini 
taqdim qiladigan restoranga ta’rif berganimizda uning qachon paydo bo‘lgani, 
qachondan buyon shakllanib kelayotgani, unga kimlar asos solgani hamda xizmat 
darajasida hozirgacha taraqqiy etib kelayotgani haqida bilishimiz muhimdir. Uning 
ildizi uzoq tarixga ya’ni, dastlabki mehmonxonalar davriga to‘g‘ri kelishini 
bemalol ayta olamiz. 
Aksariyat 
tarixchilar 
jamiyat 
taraqqiyotining 
bu davrida 
hozirgi 
mehmonxonalar va restoranlarning ajdodi dastlabki mehmonxona korxonalari 
paydo bo‘lgan davrni kiritadilar. Bunday korxonalar «Tavernalar» qadimgi 
manuskriptlarda tilga olinadi. Taxminan milloddan avvalgi 1700 - yilda yozilgan 
Bobil podshosi Hammurapi kodeksi mana shunday manuskriplardan biridir.
Qadimgi Yunonistonda milloddan avvalgi I - ming yillikda tavernalar 
ijtimoiy va diniy hayotning muhim unsuri xisoblangan. Tavernalarda 
sayohatchilarni joylashtirish uchun xonalar mavjudligiga qaramay, ular asosan 
ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan, vaholanki savdo - sotiqning 
rivojlanishi va shu bilan bog‘liq uzoq muddatli safarlar nafaqat ovqatlantirishni 
balki, tunash joylarini tashkil qilishni ham taqozo etgan.
Karvonsaroylarning eng rivojlangan tarmog‘i Rim imperiyasi hududida 
bo‘lgan. Keyinchalik, Marko Polo, bu yerda «Karvonsaroylar to‘xtashi mumkin» - 
deb aytgan va har 25 mil (40,22 km) uzoqlikda restoranlar qurila boshlangan. 



Bunga mansabdor shaxslarning har joyda to‘xtamasliklari sabab bo‘lgan. Bunday 
binolar hujjatlar asosida tashkil qilingan, lekin bunday hujjatlarni ham 
qalbakilashtirganlar ham bo‘lgan. O‘sha davrda Marko Polo sayohatga chiqqanda 
bunday binolar soni 10000 tagacha yetgan deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir mulkdorlar 
o‘zlarining yerlarida bunday binolarni qurgan va u yerga badavlat odamlar kela 
boshlagan. Shu sababli boy shaxslar o‘z mablag‘larini ko‘paytirish va saqlash 
maqsadida shunga o‘xshash restoranlarni qura boshlagan. Bu kabi «tadbirkorlik» 
Sekviyu Lokatoga tegishlidir. Rim traktorchisi S.Lokato (milloddan avvalgi 40 - 
yillarda) juda band shaxs bo‘lganligi sababli, u restoranda ovqatlangan. O‘sha 
davrda bino egalari ko‘plab huquqlardan mahrum bo‘lganlar. Xususan ular harbiy 
xizmatga chaqirilmagan, bola asrab olish huquqidan mahrum etilgan. Boshqacha 
qilib aytganda ma’naviy odamiylikdan chetlatilgan. Mana shu ish bilan 
shug‘ullanganlar to‘g‘ridan - to‘g‘ri shubha ostida qolganlar.
Rimlik oshpazlar o‘z ishlarini yuqori darajada deb bilganlar. Imperator 
Adrianning (milloddan avvalgi 118 - 138 - yillar) bosh oshpazi Platinskiy o‘zining 
shaxsiy akademiya san’atini ochgan. Odatga ko‘ra yig‘ilishlar gunoh xisoblanib, 
faqat mansabdor shaxslarga ruxsat berilgan.
O‘sha paytlarda o‘z navbatida hammomlar ham faoliyat ko‘rsatgan va 
bunday hammomlarda yuqori lavozimli shaxslar dam olganlar. Milodiy 37 - yilda 
taxtga Kaligula kelganda, hammomlar tinimsiz ishlagan. Hammomda alohida - 
alohida xonalar bo‘lib, ularda bazmlar uyushtirilgan va bunday bazmlarning 
kuchayib ketganligi sababli ortiqcha xarajatlarni cheklash uchun qarorlar 
chiqarilgan. Rim imperiyasi qulagandan so‘ng imperiyada «Mehmondo‘stlik» 
tushunchasi kuchaydi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling