O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Turd Arjan»
- «A la carte»
- «Qovoqxona»lari
XVI - XVIII asrlar. XVI asrda dastlabki «Qahvaxonalar» ochilgan. Ular
o‘sha davr madaniy va adabiy hayotining markazlariga aylangan. Yevropada dastlabki «Qahvaxonalar» 1652 - yilda va 1683 - yili Venada birinchi marta «Asal va Sut» qo‘shilgan qahva taklif qilingan. 1553-yilda Parijda birinchi marta «Restoran» ya’ni, «Turd Arjan» restorani ochilgan. Bu restoran keyingi ikki asr mobaynida o‘ziga xos muassasa bo‘lib qoldi. Chunki uning yagona vazifasi faqat ovqatlantirishdan iborat bo‘lgan. «Restoran» atamasining o‘zi keyinroq, XVIII asrning ikkinchi yarmida muomalaga kiritildi. 1789 - 1799 - yillardagi buyuk fransuz inqilobi davrida Fransiyalik mashhur oshpazlar boshqa davlatlarga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Yangi joyda ular restoran biznesi bilan shug‘ullandilar. Natijada «Restoran G‘oyasi» butun dunyoga tarqaldi. XIX asr o‘rtalaridan «A la carte» taomnomasidan foydalanila boshlangan. Mijoz taklif qilingan ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul taomni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. 1831 - yilda Nyu - Yorkda ochilgan mashhur «Delmoniko» restorani AQShdagi birinchi restoran xisoblanadi. O‘sha davrda AQShda restoran ishining rivojlanishiga fransuz an’analari katta ta’sir ko‘rsatgan. 1852 - yilga kelib AQShning birinchi klassli har bir mehmonxonasi o‘z fransuz bosh oshpaziga ega bo‘lgan. Taomnoma ham an’anaga ko‘ra fransuz tilida yozilgan, bu esa ingliz tilidagi mijozlar uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan. «Delmoniko» restoranining sohiblaridan biri Jon Delmonikoning sa’y - harakati bilan birinchi marta ikki tilli taomnoma joriy qilingandi. Unda taomlarning fransuz va ingliz tilidagi nomlari qarama-qarshi joylashtirilib, yillar o‘tib bu an’ana butun duyoga keng tarqaldi. XVIII asr. Tarixchilarning fikricha, Amerikada karvonsaroylar Yevropaga nisbatan kech 1607 - yildagina paydo bo‘lgan. Tavernalarning birinchisi 1634 - yilda Nyu - Yorkda Golland kompaniyasi tomonidan «Taverna» ochildi. James Tovondoning birinchi kichik «Qovoqxona»lari paydo bo‘lgandi. O‘sha vaqtdan boshlab kichik «Qovoqxona»si askarlar va tadbirkorlar uchrashuv markaziga aylangandi. Ular nafaqat shaharlarda, balki katta yo‘l bo‘ylarida va asosan 11 chorrahalarda ham qurilgan. Amerikaga Yevropadan ko‘chib kelgan ko‘chmanchilar o‘zlari bu qovoqxona, karvonsaroy hovlilarining qurilishi va boshqarish mahoratlarini yuz yillar davomida yig‘ilgan tajribalari asosida o‘rganishgan. Chunki o‘sha vaqtda inglizlarning mehmondo‘stligi g‘arbliklarnikidan ancha yaxshi xisoblangan. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling