O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

X - XV asrlar. O‘rta asrlarning boshida oddiy odamlarga mehmondo‘stlik 
xizmatini ko‘rsatish diniy muassasalar tomonidan amalga oshirilgan. O‘sha 
paytlarda sayohatchilarning safari qirol saroyi yoki cherkov bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Asosiy sayohatchilar missionerlar, ziyoratchilar va muqaddas joylarni sayohat 
qiluvchilar bo‘lgan. Shu sababli sayohatchilar to‘xtaydigan hovlilar, cherkovlar 
yaqinida qurilgan.



Yevropada Buyuk Karl VIII - asrlardayoq sayohatchilar uchun maxsus uylar 
qurdirgan. Ronseval darajasidagi bunday uylardan birida sayohatchilar uchun juda 
chiroyli qabul uyushtirilgan. U yerda bepul non, etikdo‘z xizmati, kasallar uchun 
to‘shaklari bor shifoxona bo‘lgan. Cherkovda ovqat oddiy, lekin boshqa joylarga 
nisbatan yuqori sifatli bo‘lgan.
O‘rta asrlarda odamlarning sayohat qilishlari birmuncha ko‘paygan. Lekin 
sayohatchilar 1 ta katta xonada yerda yotgan va har kim o‘zi olib kelgan ovqatini 
iste’mol qilgan (asosan non va chisnok).
Rimliklarning avlodi Italiyaliklar bo‘ladi. Italiya janubidagi savdo va 
hunarmandchilik bilan shug‘ullangan ilk Italiya burjua vakillari Yevropa oshpazlik 
san’atining barpo bo‘lishiga asos bo‘lishdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib 
Yevropada kulinariya pazandachilik san’ati Italiyadan Fransiyaga ko‘chdi. 
Fransiyada mazzali taom tayyorlash masalasini hatto davlat ham qo‘llab quvvatlab, 
fransuz qirollari o‘zlarini yaxshi oshxona tashkilotchilari sifatida ko‘rsatishgan.
1375 - yilda Fransiyada Karl V ning oshpazi Guyole Tirel tomonidan yagona 
nusxada «1 - oshpazlik kitobi» yaratildi. Bu pazandachilik san’ati olamida katta 
qadam bo‘lib, u shunchalik yuqori darajaga yetganini ko‘rsatdi. Vatikanda «1 - 
oshpazlik kitobi» 100 yil o‘tgach, ya’ni, 1470 - yilda yaratildi. Uning muallifi 
noma’lum Monax ruhoniy edi. Angliyada bunday kitob Tipografiya usuli bilan 
1508 - yilda yaratildi. 1571 - yilda Fransiyada Karl IX ning saroyidagi ziyofat 
uchun o‘zida taomlar ro‘yxatini aks ettirgan «1 - Menyu» ishlab chiqildi. Bu 
epizotik voqea bo‘lganligi sababli o‘sha paytda «Menyu» nomini olmadi. Haqiqiy 
menyu 100 yil o‘tgach, ya’ni, XIV asrning 60 - yillarida Lyudovik XIV ning saroy 
oshxonasiga tushlik buyurtmasi uchun taomlar ro‘yxati sifatida ishlab chiqildi. 
Ko‘rinishi jihatidan ular qalin qog‘ozdan tayyorlangan qaydnomalar bo‘lib, ularda 
taomlar ro‘yxati yagona nusxada qirolga tayyorlangan edi.
Fransiyada «Menyu A la carte» deb nomlangan taomnomadan foydalanilgan 
va mehmonlar o‘zlari xohlagan taomlarni tanlash huquqiga ega bo‘lganlar. 
Mahsulotlarni saqlash maqsadida konservalar va vaakumli qutilar yaratilgan. Qirol 
saroyidagi bazmlarda yuzlab mehmonlar ishtirok etgan. Bu ziyofatlarda 



mehmonlarning darajasiga qarab har xil taomlar tortilgan, ya’ni, yuqori darajali 
mehmonlarga eng tansiq taomlar berilgan. Lekin oshxonadagi sanitariya - gigiyena 
sharoiti yaxshi bo‘lmagan. Oshpazlar ham sanitariya - gigiyena haqida juda past 
tasavvurga ega bo‘lganlar. O‘sha paytlarda sanchqi haqida tasavvur bo‘lmagan. 
Tarixda, qirolicha Ekaterina Medichi fransuz saroyida sanchqidan foydalanishni 
o‘rgatishga harakat qilgan. Lekin sanchqidan keng foydalanish oradan 200 yil 
o‘tgach ommalashgan. Ungacha sanchqi o‘rnida odamlar qo‘llari bilan taomlarni 
iste’mol qilishgan. Pichoqni ikki maqsadda: kesish va yeyish uchun ishlatishgan. 
O‘rta asr mutaxassislari mikrob, gigiyena haqida hech qanday ma’lumotga ega 
bo‘lmasa - da, kechki taomlarda maxsus qoidalarga amal qilishgan:
1) Taomni vaqtida tortish zarur bo‘lgan, kech ham, erta ham emas. 
2) Taomni talabga javob beradigan joyda tortish kerak: xavfsiz, yoqimli va 
qulay.
3) Ziyofat berayotgan mijoz chin dildan va xursandchilik bilan tashkil 
qilishi kerak.
4) Tortiladigan taomlar har xil bo‘lishi lozim, chunki kimgadir bir taom 
yoqmasa boshqasini tanovul qilishi mumkin bo‘ladi.
5) Stolda har xil ichimliklar bo‘lishi kerak.
6) Xizmatchilar xushmuomala va odil bo‘lishlari kerak.
7) Mehmonlar bir - birlariga nisbatan yoqimli va mehribon bo‘lishlari 
kerak.
8) Qo‘shiq va ko‘ylar xursandchilik muhitida tashkil qilinishi kerak.
9) Xona yorug‘ bo‘lishi kerak.
10) Har bir tortiladigan taom bir - biridan mazasi bilan ajralib turishi kerak.
11) Mehmonlar taomlarni navbat bilan shoshilmasdan yeyishlari kerak.
12) Har bir mehmon kechki taomdan so’ng dam olishi kerak.
XVI asrga kelib Angliyada oddiy xalq uchun ham tavernalar paydo bo‘lgan. 
Bunda taom umumiy stolga tortilib, narxi esa chegaralangan. Asosiy taom sifatida 
achchiq taomlar berilgan.


10 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling