O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
Ofitsiantning shaxsiy gigiyenasi. Ofitsiantning kasbi artist faoliyatiga o‘xshab
ketadi. Artistlar tomoshabinlar bilan bog‘langanidek, ofitsiant ham zaldagi mijozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi. Ofitsiant zalda psixologik muhit yaratadi, ularning harakatini, muomalasini kuzatayotgan mijozlarda bu tashkilot haqida ijobiy fikr paydo bo‘ladi. Ofitsiantning tashqi ko‘rinishi, yurish - turishi va o‘zini tuta bilishiga juda ko‘p narsalar bog‘liq. Xushmuomalalik ofitsiantning yuzidan, chehrasidan ko‘rinib turishi kerak, bo‘yi-basti o‘rtacha, sochi yaxshi taralgan, chiroyli qad - qomat restoran zalining xusniga husn qo‘shadi. Bu tabiat in’om etgan go‘zallik, yaxshi eshitish qobiliyati, dona - dona so‘z ifodasi - bularning hammasi restoranga tashrif buyuruvchilarda ofitsiantga nisbatan ijobiy munosabat uyg‘otadi. Ofitsiant xizmatining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u mijozlarga taom tashiydi, kerak bo‘lsa stol atrofida aylanib mijozlarga parvona bo‘ladi. Bu yerda ham albatta u sanitariya - gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim: ofitsiantning sochi ajib, g‘ayriodatiy bo‘lmasligi, sochlar ko‘z ustiga tushmasligi, ish jarayonida sochlarini tartibga keltirish, tarash tavsiya etilmaydi, chunki 139 soch taomga tushishi mumkin; og‘izdan noxush hid tarqalmasligi uchun maxsus pasta bilan og‘izni yuvish, chayish lozim. Har kuni kechki ovqatdan so‘ng va ertalab ish boshlashdan oldin tishni yuvib tozalash kerak; ishga kelishlaridan oldin dush qabul qilishi va erkaklar har kuni soqollarini olishlari zarur; ayol ofitsiantlarga ish boshlashlaridan oldidan kosmetik vositalardan haddan ortiq ko‘p foydalanishi, kuchli hidli atir sepishi, yirik taqinchoqlar taqishi tavsiya etilmaydi; ishga toza kiyimda kelishi, xizmatga kirishish oldidan qo‘llarni sovun bilan tozalab yuvish zarur; ish jarayonida ora - orada qo‘lini yuvib turishi, elektr sochiq bilan quritishi, agar u bo‘lmasa bir marta foydalaniladigan sochiqlarni ishlatishi lozim; restoran kiyimida ofitsiant tashqariga chiqishi, boshqa biron ish bilan band bo‘lishi mumkin emas. ofitsiant ko‘p harakatlarni mijozlar oldida, ularning ko‘z o‘ngida bajaradi, shuning uchun qo‘llarida ham hech qanday nuqson bo‘lmasligi, masalan, tirnoqlar olingan bo‘lishi, qo‘lda yara alomatlari bo‘lmasligi, biron barmog‘i bint bilan bog‘lanmagan bo‘lishi talab qilinadi. Ovqatlantirish korxonalarida faoliyat olib boradigan xodimlarining hammasi o‘z vaqtida tibbiy ko‘riqdan o‘tgan bo‘lishlari shart. Bundan asosiy maqsad kasallik taom orqali restoranning boshqa xodimlariga, restoranga tashrif buyuruvchilarga zarar yetkazmasligini oldini olishdir. Kishilar mehmondorchilikka borganlarida mezbon yaxshi kiyingan holda, xushchaqchaqlik bilan kutib olsa, kelgan mehmonlar mamnun bo‘ladi. Xuddi shunday ofitsiant ham restoran zalining mezboni, uning yaxshi kiyinishi, axloq - odobi va madaniyatli bo‘lishi restoranda chiroyli muhitni yaratadi. Ofitsiant restoran zalining sohibi, shuning uchun ham chiroyli, ham qulay shaklda kiyinishi kerak. U kuni bilan ishlaydi, uning harakati kiyimiga mos tushishi, ya’ni, ofitsiantning butun borlig‘i restoranni bezab turishi kerak. 140 Har bir restoranning o‘ziga xos kiyimi (uniforma) bo‘lishi lozim. Ular hamma xodimlar uchun bir xil shaklda va bir xil bichimda bo‘ladi. Ammo bosh ofitsiantning kiyimi boshqa ofitsiantlarnikidan ajralib turishi lozim. Ba’zi bosh ofitsiantlarning ko‘kragida ko‘krak nishoni (beyjik) bo‘ladi. Ofitsiantlarning kiyimi mavsumga qarab o‘zgarib turadi. Restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kiyimi restoran toifasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Luks va oliy toifadagi restoran xodimlarining kiyimi yuqori sifatli matolardan tikilib, quyi toifadagi restoran xodimlari uchun esa nisbatan arzon matolardan tayyorlanadi. Restoran xodimlarining kiyimlari har xil dizaynda, tikilishi, o‘lchami xodimlarga mos kelidigan, zamonaviy, chiroyli, qulay, yaxshi tozalanadigan, yuviladigan bo‘lishi, poyafzallari ham xuddi shunday bo‘lishi shart. Restoranda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kiyim va poyafzallarini doimo ozoda tutishi, kostyum va ko‘ylaklari dazmollangan bo‘lishi kerak. Ofitsiantga beriladigan kiyim va poyafzallar faqat xizmat vaqtida kiyiladi. Restorandan tashqarida esa kiyishga ruxsat etilmaydi. Shuning uchun agar kiyimlar saqlanayotgan joyida yuqolib qolsa, unda ofitsiantning aybi bo‘lmasa, ma’muriyat mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ofitsiantga yangi kiyim va poyafzal beriladi. Kiyim yuqolishi yoki ishdan chiqishida ofitsiant aybdor bo‘lsa, foydalangani uchun ofitsiantdan kiyim bahosi undirib olinadi va yangisi beriladi. Agar kiyim muddatiga qadar yaroqsiz holga kelib qolsa, ishdan chiqqanligi sababi ko‘rsatilib, dalolatnoma tuziladi. Ofitsiant sababchi bo‘lsa, kiyim uning xisobidan bo‘ladi. Agar ofitsiant biron munosabat bilan ishdan bo‘shasa: nogironlik, bemorlik, qisqartirishga tushsa yoki harbiy xizmatga chaqirilsa, boshqa bo‘limga ishga o‘tsa, ma’muriyat qaroriga binoan kiyim va poyafzallar qaytarib olinmaydi. Ofitsiant mehnat intizomini buzsa, o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shasa, boshqa sohaga ishga o‘tsa, kiyim va poyafzallar kiyilgan muddati chiqarib tashlanib, qolgan bahosi o‘ndirib olinadi. Kiyimlar muddati tugagandan so‘ng ofitsiantning mulkiga aylanadi. O‘zbekiston sharoitida ko‘pgina restoranlarda milliy an’analar e’tiborga olinib, ofitsiantlar milliy kiyimlarda xizmat qiladilar. Taomlar tayyorlash va mijozlarni oziq 141 - ovqat bilan ta’minlash jarayonida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralariga belgilangan me’yor talablari asosida rioya qilish ofitsiantlar zimmasiga tushadi: ofitsiant zal, taom tarqatiladigan joylar, zinalar va pollarning texnik holati, ularning singan va yaroqsiz xolatini sezgan zahotiyoq ularni ta’mirlashni talab qilishi; erga to‘kilgan moy, suyuqlik, taom bo‘laklari va boshqalarni tezlik bilan artib, yig‘ishtirib olishi; eshiklar, kirish yo‘laklarida ehtiyot va e’tiborli bo‘lishi; konserva qutilarini maxsus ochqichlar bilan ochishi; issiq taomlar solingan idishlarni yana kattaroq idishlar ustiga qo‘yib, patnislarda olib borishi; taom ko‘tarib zinapoyalardan yurganda ehtiyot bo‘lishi; mijozlar raqsga tushayotganlarida patnis ko‘tarib zal bo‘ylab yurmasligi; cheti uchgan, siri ko‘chgan, yorilgan idishlarni ishlatmasdan topshirib yuborishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatilayotgan paytda taom tarqatish joyida navbat tartibini saqlashi; patnisga faqat bir qator taom terishi; pichoq va sanchqilarning o‘tkir tomonini oldinga qilib yurmaslik, ularni tarelkalarda olib borishi; shishalarni maxsus ochqich bilan ochishi; kiyimlarga to‘g‘nog‘ich taqmaslik, cho‘ntaklarga sinadigan, kesadigan o‘tkir buyumlarni solmaslik va b. Xulosa. Restoranlar va ovqatlantirish korxonalarida faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi har bir xodim o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajarsa, tashrif buyuradigan mijozlarga chin dildan samimiy xizmat ko‘rsatsa hech qanday muammo hamda ziddiyatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Natijada ovqatlantirish korxonalarining obruyi va reytingi yuqori bo‘lib, doimo mijozlar bilan gavjum bo‘ladi. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling