O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Taom taqsimlovchi. Zalga oshxonadan tayyor taomni uzatadigan shaxs bo‘lib, 
buyurtmalarni tarqatishga yordam beradi. Ofitsiantlar bilan muloqot qiladi va ba’zi 
hollarda ularga stolni yig‘ishtirishga yordam berishi ham mumkin. 
Ovqat magazini sotuvchisi (bufetchi).
Ovqat magazini sotuvchisi quyidagilarni bilishi shart: 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish tartibi va ular bilan xisob - kitobni bilishi; 

realizatsiya qilingan taom, gazak hamda ichimliklarning assortimenti, 
ro’yxati, tayyorlanish texnologiyasini bilishi; 

realizatsiya qilingan taom va mahsulotlarning qisqacha tavsifini bilishi; 

mahsulotlarni kesish va taomlarni bezash qoidasini bilishi; 

sovutish moslamalaridan foydalanishni bilishi; 

oshxonada ishlatiladigan idish - tovoq, anjomlar, inventarlarning turlari va 
maqsadini bilishi; 

taom, yarim tayyor, qandolat mahsulotlar va sotib olingan mahsulotlarni 
saqlash muddati hamda haroratini bilishi

mahsulotlarni bufet stoykasida va peshtaxtalarda joylashtirish hamda 
taxlash qoidalari, usullari, oziq - ovqatlarni muzlatkichda saqlash muddatini bilishi; 


132 

oziq - ovqat va mahsulotlarni qadoqlash qoidalari, usullarini bilishi; 

nazorat 
G’azna apparatlariva boshqalardan foydalanish, xisobni 
rasmiylashtirish tartibini hamda mijozlar bilan xisob - kitob qilishni bilishi; 

etika qoidalarini bilishi; 

taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon 
raqamlarini bilishi; 

ichki tartib - qoidalar, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, sanitariya va 
gigiyena qoidalarini bilishi; 

ish joyida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish talablarini bilishi shart. 
Bundan tashqari ovqat magazini sotuvchisi mijozlarga taom va ichimliklarni 
berayotganda ular haqida xizmat jarayonida qisqacha ma’lumot bera olishi kerak. 
O‘z faoliyatida ovqat magazini sotuvchisi quyidagilarni bajarishi shart: 

madaniyatli muloqot o‘rnata olishi; 

mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini tuta bilishi, professional etika 
me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik, xushmuomalalik, e’tiborli va ehtiyotkor 
bo‘lishni bilishi; 

mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi; 

mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi, 
ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. 
Ovqat magazini sotuvchisining majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 
Ish kuni boshlanishidan oldin: 

kiyim va sochlarini tegishli holatga keltirishi; 

xo‘jalik ishlari mudiridan kerakli topshiriqlarni olishi; 

kerakli inventar va uskunalarni tayyorlashi; 

sotish uchun oziq - ovqat va mahsulotlarni tayyorlashi; 

bufet va peshtaxtaga oziq - ovqat va mahsulotlarni qo‘yib chiqishi. 
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida: 

taom va ichimliklarni tanlashga yordam berishi

buyurtmalar qabul qilishi; 


133 

qandolat mahsulotlarni tayyorlashi (buterbrod, sosiska, issiq ichimlik va 
b.); 

taom va oshxona anjomlarini almashtirishni ta’minlashi; 

bufet va stollarni (idish - tovoqlar, oshxona anjomlari) tozalashni amalga 
oshirishi; 

mijozlar bilan xisob-kitob qilishi. 
Ish kuni mobaynida: 

bufet peshtaxtasi va stolni tozalashi; 

xizmat jarayonida oshxona anjomlari va inventarlarni saqlashni kuzatishi; 

zalning ichki holatini kuzatishi; 

taom, yarim tayyor va qandolat mahsulotlarini saqlash tartibi hamda 
haroratini ta’minlashi; 
Ish kunining oxirida: 

ishlatilmagan idish - tovoq va anjomlar, realizatsiya qilinmagan yarim 
tayyor va qandolat mahsulotlar hamda tovarlarni topshirishi;

uniformani topshirishi; 

buxgalteriyaga xisob, g’azna va xisobot hujjatlarini topshirishi. 
Ovqat magazini sotuvchisi quyidagi holatda bo‘lishi kerak: 

ishda belgilangan shakldagi kiyimda yurish, u doimo ozoda, ko‘rkam 
bo‘lishi, poyafzallari esa toza tutilishi lozim. Ismi - sharifi va lavozimi yozilgan 
ko‘krak nishonini taqib yurishi; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga rioya qilishi; 

taom va ichimliklarni uzatishda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishi; 

mijozlarga tezlik bilan xizmat ko‘rsatish, ularga xizmat ko‘rsatishda to‘xtab 
qolishga yo‘l qo‘ymaslik; 

mijozlar taom va ichimliklarni tanlayotganda sabrli, e’tiborli va ogoh 
bo‘lishi; 

mijozlar bilan xisob - kitob qilganda minnatdorchilik bildirishi; 

o‘z ish joyini tark etganida o‘rniga boshqa xodimni qo‘yib ketishi; 


134 

hech bo‘lmaganda 5 yilda bir marotaba malaka oshirishdan o‘tishi; 

o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi; 

sanitariya - gigiyenaga tayyorgarligi bo‘yicha maxsus kurslarga 
qatnashishi, hech bo‘lmaganda 2 yilda bir marotaba sanitariya bo‘yicha imtixondan 
o‘tishi. 
Ovqat magazini sotuvchisiga mutlaqo taqiqlanadi: 

ish joyida chekish va ovqat yeyishi; 

qarindosh va yaqin tanishlari bilan do‘stona suhbatlashishi; 

ularni iste’molchi sifatida zalda xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida 
qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilishi; 

kiyim cho‘ntaklariga shaxsiy buyumlarni saqlashi; 

mijozlar oldida shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish. 
U quyidagi javobgarliklarga ega: 

ishi va majburiyatlarini bajarishida sifatsiz hamda zamon talabi darajasida 
foydalanmasa; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ta’qiqlarni buzishi; 

hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqida bilimga ega 
bo‘lmasligi; 

unga ishonib topshirilgan moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni 
saqlamaganligi uchun, shuningdek, mahsulotlarni realizatsiya qilishda, noto‘g‘ri xatti 
- harakatlar qilishi; 

o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish qilsa, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda fuqarolik, ma’muriy va huquqiy javobgarlikka tortiladi.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling