O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Bosh oshpaz yordamchisi (su - shef)
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovuq gazaklar bo‘yicha oshpaz (gardmanje).
- Ekspeditor.
- Qandolat mahsulotlari bo‘yicha oshpaz.
Bosh oshpaz yordamchisi (su - shef). Restoranda oshpazdan keyin ikkinchi
o‘rinda turadigan xodim bo‘lib, oshxonani boshqaradi. Oshpazlar va oshxonadagi boshqa xodimlarga ko‘rsatma berib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bosh oshpaz yordamchisi quyidagi talablarga javob beradi: taom tayyorlash bo‘yicha tajribaga egaligi; liderlik bo‘yicha tajriba va sifatga egaligi. Sovuq gazaklar bo‘yicha oshpaz (gardmanje). Oshxonada tayyorgarlik ishlarini kuzatadi va nazorat qiladi. Mutaxassis oshpazlarni yo‘naltiradi va ularga 119 ko‘rsatmalar beradi. Taomlarni tayyorlash va ularga bezak berishda yordamlashadi. Ular taom tayyorlash bo‘yicha tajribaga egalik talablariga javob berishi kerak. Somole. Vino va ichimliklar assortimentini tanlash bo‘yicha rahbariyat bilan maslahatlashadi. Mehmonlarning buyurtma qilgan taomlariga qaysi vino to‘g‘ri kelishini tavsiya qiladi. Vino va ichimliklar assortimentini buyurtma qiladi va qo‘llab - quvvatlaydi. Bundan tashqari undan mahsulot bilan vino birikmasi mos kelishi to‘g‘risida keng bilimga ega bo‘lishliligi talab qilinadi. Ekspeditor. Oshxonaga berilgan buyurtma o‘z vaqtida tayyor bo‘lishini kuzatadigan xodim. Har bir suzilgan taom tarelkasi bezagi nihoyasiga yetganligini va uzatiladigan taom haroratiga mosligini kuzatadi. Tayyor bo‘lgan buyurtmani berishdan oldin ofitsiant yoki taom tarqatuvchilarni yo‘naltiradi. Qandolat mahsulotlari bo‘yicha oshpaz. Xamir, pishiriq mahsulotlari yoki dessert mahsulotlarini tayyorlash uchun javobgar xisoblanadi. Ko‘pincha tungi navbatchilikda yoki ertalab ishlaydi. Metrdotel. Restoranda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan biri metrdotel bo‘lib, uning faoliyati ham muhim o‘ringa ega. Metrdotel lavozimiga o‘rta maxsus ma’lumotiga ega, ovqatlantirish sohasida ish tajribasi ko’proq yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs tayinlanadi. Shuningdek, shveysar, kiyim iluvchi, farroshlar, bufet xodimlari ishlari ham uning nazoratida bo‘ladi. Metrdotel quyidagilarni bilishi shart: ovqatlantirish korxonasida xizmat ko‘rsatish qoidalari, boshqa turdagi mahsulotlarni sotish tartibi, me’yoriy hujjatlar, ovqatlantirish korxonasida ko‘rsatiladigan xizmatlarga qo‘yiladigan talablar, jumladan xizmatni sertifikatsiyalash kabilarni bilishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatish qoidalari, usullari va shakllarini bilishi; taom va ichimliklarni realizatsiya qilish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar assortimentini bilishi; taom va qandolat mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan sanitariya, texnologiya talablarni bilishi; 120 qandolat mahsulotlari va ichimliklarni tayyorlashning an’anaviy usullarini bilishi; milliy, buyurtmali va firma taomlari, chet el oshxonasi taomlarini uzatish qoidalari va ularga bezak berishni bilishi; bayramlar va boshqa maxsus tadbirlarda, jumladan, boshqa hududdan tashrif buyurganlarga xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini bilishi; stol servirovkasining qoidalarini bilishi; binoni bezash va uni loyihalash tamoyillari, korxona reklamasini bilishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatish psixologiyasi, etika qoidalari asoslarini bilishi; xorijiy tilni xalqaro muloqot darajasida va malakaga oid atamalarni bilishi; xalqaro etika qoidalari va xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi; taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon raqamlarini bilishi; ovqatlantirish sohasi iqtisodiyoti, menejmenti va marketing asoslarini bilishi; narxlashtirish tartibini bilishi; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ofitsiantlar va barmenlarning ish tartibi, ularning huquq hamda majburiyatlarini bilishi; ishni to‘g‘ri taqsimlashni tashkil etishi; mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlarini hamda ichki mehnat tartib qoidalarini bilishi; yong‘inga qarshi himoya vositalarining joylashgan joyi va signalizatsiya tizimi, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilishi; favqulotda vaziyatlarda tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qilishni bilishi kerak. O‘z faoliyatida metrdotel quyidagilarga ega bo‘lishi shart: xodimlarni boshqarish mahoratiga ega bo‘lishi; 121 suhbatlashish madaniyatiga ega bo‘lishi; xodimlar va mijozlar bilan muloqot qilganda sabrli hamda irodali bo‘lishi; ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Metrdotelning vazifalariga quyidagilar kiradi: mijozlarga madaniy xizmat ko‘rsatish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratishi; ofitsiantlar va barmenlarni boshqarish; mijozlar bilan ko‘ngilsizliklarni bartaraf qilish. Metrdotelning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: zalning axborotlar doskasida narxlar ro’yxati, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa hujjatlar mavjudligini ta’minlash; zalni xizmat ko‘rsatishga tayyorlash, zal, bar stoykasi va boshqa jihozlarni bezash ishlarini o‘tkazish, stolni servirovka qilish ishlarini tashkil etish; zalda tozalik va tartibni ta’minlash; zalda mijozlar dam olishlari uchun yaxshi muhitni yaratish; yubiley, to‘y, banket, qabul marosimlari va boshqa tadbirlar uchun buyurtmalar qabul qilish; qariyalar va nogironlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; ofitsiant barmenlarni kun yangiliklari bilan tanishtirish (yangi taom va shirinliklar, yangi ichimliklar, xizmat ko‘rsatish qoidalari va usullari), oldingi kunda bajarilgan ishlarni tahlil qilish, ba’zi bir taomlarni berish usullarini tushuntirish, stollarni qanday bezash kerakligini o‘rgatish va b.; ofitsiant va barmenlar tomonidan qandaydir ko‘ngilsizliklar bo‘lsa, ularga nisbatan chora ko‘rish; ofitsiant va barmenlarning axloqiy va madaniy etika qoidalariga rioya qilishlarini (xushmuomalalik va yaxshi xizmat, e’tiborli, ehtiyotkor, do‘stona, mijozlar bilan muomalada sabrli) nazorat qilish; 122 ishchilarning mehnatni muhofaza qilish huquq va me’yorlarini, sanitariya talablari va shaxsiy gigiyena qoidalarini, mehnat intizomi, ishda tartib - qoidalarga rioya qilishlarini nazorat qilish; mijozlarning shikoyatlarini eshitish va ularni bartaraf etish uchun hamma kerakli sharoitlarni tashkil etish (ayrim hollarda mijozdan uzr so‘rashi ham mumkin). restoran va barda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning uniforma kiyishlarini ta’minlash hamda ularning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish; ofitsiant va barmenlarning mehnat va ishlab chiqarish intizomi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, texnika xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va sanitariya - gigiyena talablari me’yorlariga rioya qilishlarini nazorat qilish; o‘z ishi, ofitsiantlar, barmenlar ishi bo‘yicha xisobot tayyorlab, rahbarlarga taqdim qilish; Metrdotel quyidagi huquqlarga ega: tashkilot rahbari loyiha qarorlarining muhokamasida ishtirok etish; mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish; o‘zining qo‘l ostidagi xodimlariga buyruqlar, ko‘rsatmalar va vazifalar berish; sifat nazorati va berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilganligini tekshirish; ofitsiant va barmenlarni ishdan olish, boshqa ishga tayinlash yoki ishdan haydash, shuningdek, yaxshi ishlagan va muvofaqqiyatga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish, mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan jarimalar solish bo‘yicha ma’lumotlarni rahbariyatga taqdim etish; metrdotelning majburiyatlarini bajarishga tegishli bo‘lgan savollar muhokamasida qatnashish. Metrdotel quyidagi javobgarliklarga ega: belgilangan mehnat qonun doirasida o‘z vazifalarini bajarishi; o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish sodir etilganligi uchun amaldagi ma’muriy, jinoiy va fuqarolik qonunlari hujjatlariga muvofiq javobgardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling