O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ofitsiant xizmatidagi buyumlar
Ofitsiant. Restoranga xodimlar tanlashda, ofitsiantlikka xohish bildiruvchilar
oldiga asosan samimiylik, sofdillik va mijozlarga hurmat kabi muhim talablar qo‘yiladi. Hozirgi zamon ofitsianti qiyofasi saranjom-sarishta, chiroyli kiyingan, ravon qadam tashlaydigan, ortiqcha gapirmaydigan, chaqqon, har qanday vaziyatidan chiqib keta oladigan bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan yetuk pazanda, taomlar va ichimliklar xususiyatini biladigan xodimlargina ofitsiant bo‘lib ishlay oladi. Restoran ishini san’at deb qarab, bajonidil ishlaydigan xodimgina ofitsiant bo‘lishi mumkin. Ofitsiant quyidagilarni bilishi shart: stol servirovkasi qoidalari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni bilishi; taomning qisqacha tavsifini bilishi; ovqatlantirish korxonasidagi mahsulotlar va xizmatlarga oid me’yoriy hujjatlar talabini bilishi; taom va ichimliklarni navbat bilan berish qoidalarini, ularning bezagi va haroratiga qo‘yiladigan talablar, beriladigan taomning xususiyatiga qarab vino va ichimliklar assortimenti taomlarga moslashtirib berishini bilishi; realizatsiya qilingan pazandachilik mahsulotlari, qandolat mahsulotlari va sotib olingan mahsulotlar narxini bilishi; taomnomada ko‘rsatilgan taom va ichimliklar mavjudligini, uning bahosi, ularni berish tartibi va tayyorlash texnologiyasini bilishi; banket, rasmiy va norasmiy qabullar uchun taomnoma tuzish qoidalarini bilishi; oshxona idish - tovoq va anjomlari, dasturxonlarining turlari, maqsadi va foydalanishiga qo‘yiladigan talablar, ularni olish va qo‘yish qoidasini bilishi; jihozlar va inventarlardan foydalanish qoidalarini bilishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatish qoidalari va texnik usullarini bilishi; etika qoidalarini bilishi; xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatishning xalqaro etika qoidalari, texnikasi va o‘ziga xosligini bilishi (luks, oliy va birinchi toifadagi restoran, barlar uchun); 124 milliy, buyurtmali va firma taomlari, chet el oshxonasi taomlarini tayyorlanish xususiyatlari, ularga bezak berish va uni mehmonga uzatish qoidalarini bilishi; banket, bayramlar va boshqa maxsus tadbirlarda, jumladan, boshqa hududdan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini bilishi; xorijiy til va mutaxassislikka oid atamalarni (gaplasha olish darajasida) bilishi; nazorat g’azna apparatlari va boshqalardan foydalanish, xisobni rasmiylashtirish tartibini hamda mijozlar bilan xisob - kitob qilishni bilishi; taksi, ichki ishlar, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatlari telefon raqamlarini bilishi; ichki tartib - qoidalar, mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, sanitariya va gigiyena qoidalarini bilishi; ish joyida mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish talablarini bilishi shart. Bundan tashqari ofitsiant mijozlarga taom va ichimliklarni berayotganda ular haqida xizmat jarayonida qisqacha ma’lumot bera olishi kerak. O‘z faoliyatida ofitsiant quyidagilarni bajarishi shart: madaniyatli muloqot o‘rnata olishi; mijozlar bilan muomala qilganda o‘zini tuta bilishi, professional etika me’yorlariga amal qilgan holda muloyimlik, xushmuomalalik, e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishni bilishi; mehmondo‘stlik muhitini yarata olishi; mijozlar bilan muloqot qilganda mehribon va sabrli, irodali bo‘lishi, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Ofitsiantning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: Ish kuni boshlanishidan oldin: kiyim va sochlarini tegishli holatga keltirish; rahbaridan kerakli vazifalarni olishi; kerakli inventar va uskunalarni tayyorlash. 125 Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida: stolni oldindan bezash va servirovka qilish, kerakli idish - tovoq hamda anjomlarni qo‘yishi; mijozlarni kutib olish va stolga joylashtirishi; taom va ichimliklar bilan tanishtirish hamda tanlash uchun mijozlarga taomnomani taqdim qilishi; xizmat ko‘rsatish jarayonida taom va ichimliklarni ta’riflash, mijozlarga tegishli axborotlar berishni bilishi; mijozlardan buyurtmalarni qabul qilib, ishlab chiqarish bo‘limiga uni berishi (oshxona); stolga taom va ichimliklarni olib kelishi; ovqatlantirish mobaynida taom va anjomlarni o‘z navbati bilan olib kelishi; butun ish kuni davomida ish joyi, stollarni toza va tartibli tutish, dasturxonni o‘z vaqtida tuzash, foydalanilgan idish - tovoq va anjomlarni o‘z qoidasiga binoan yig‘ishtirib olishi; xizmat so‘ngida mijozlarga xisobni to‘lash uchun rasmiylashtirish va taqdim etishi. Ofitsiantning xizmati ish jarayonida zarur bo‘ladigan narsalarni olishdan boshlanadi. Ulardan biri ofitsiantning bilak uchiga olib yuradigan sochiqchadir. Bu sochiq ofitsiantning qo‘li kuyishi va kiyim yengi ifloslanishining oldini oladi. Bundan tashqari ochish uchun ochqich, avtoruchka, dastro‘mol, agar zalda chekishga ruxsat bo‘lsa, gugurt yoki zajigalka kabilar ofitsiant xizmatida foydalaniladi. Ish kuni mobaynida: stollarni tozalash, notoza dasturxon va salfetkalarni almashtirish; xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish, zalga boshlab kirish, joylashtirish, taomnomani taklif qilish, xizmat qilish texnikasi qoidalariga muvofiq tezlik bilan buyurtmalarni bajarishga kirishish; singan, yorilgan, darz ketgan yoki dog‘i bor idish - tovoq va anjomlardan foydalanmaslik; 126 zalning tozaligi va holatini kuzatish. 1-rasm. Ofitsiant xizmatidagi buyumlar Ish kunining oxirida: ishlatilmagan idish - tovoq, anjomlar va dasturxonlarni topshirish; o‘z uniformasini topshirish; buxgalteriyaga xisob, g’azna va xisobot hujjatlarini topshirish. Ofitsiant quyidagi holatda bo‘lishi kerak: ishda belgilangan shakldagi kiyimda yurish, u doimo ozoda, ko‘rkam bo‘lishi, poyafzallari esa toza tutilishi lozim. Ismi - sharifi va lavozimi yozilgan ko‘krak nishonini taqib yurishi; mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga rioya qilishi; stolni servirovka qilishda, anjom, inventar va boshqa qimmatbaho buyumlardan foydalanishda, zalda patnosda taom tashiganda ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishi; mijozlar taom va ichimliklarni tanlayotganlarida sabrli, e’tiborli va ogoh bo‘lishi; mijozlar bilan xisob - kitob qilganda minnatdorchilik bildirishi; o‘z ish joyini tark etganida o‘rniga boshqa ofitsiantni qo‘yib ketishi; o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. 127 Ofitsiantga mutlaqo ta’qiqlanadi: zalda chekish, o‘tirish, ovqat yeyish, qattiq gapirish, shuningdek, servant, devorlar va boshqalarga suyanishi; zalda qarindosh va yaqin tanishlari bilan do‘stona suhbatlashishi; kiyim cho‘ntaklariga shaxsiy buyumlarni saqlashi; banket, to‘y va boshqa tadbirlar uchun bosh ofitsiantsiz buyurtmalar qabul qilishi; xizmat ko‘rsatish jarayonida jamoa rahbari yoki bosh ofitsiant ruxsatisiz uzoq muddatga ketib qolishi; mijozlar oldida shaxsiy gigiyena tadbirlarini o‘tkazish va b. Ofitsiant quyidagi javobgarliklarga ega: ishi va majburiyatlarini bajarishida sifatsiz hamda zamon talabi darajasida foydalanmasa; hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ta’qiqlarni buzishi; hujjat va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqida bilimga ega bo‘lmaslik; unga ishonib topshirilgan moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni saqlamaganligi uchun, shuningdek, taom va ichimliklarni realizatsiya qilishda noto‘g‘ri xatti - harakatlar qilishi; o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish qilsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik, ma’muriy va huquqiy javobgarlikka tortiladi. Umumiy talab bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha xodimlar maxsus ma’lumotga yoki kasb - hunar tayyorgarligiga ega bo‘lishlari shart. Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling