O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Bosh oshpaz. Ushbu xodim restoranning asosiy javobgar xodimlaridan biri 
xisoblanadi. Uning o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lib, u ham ma’lum talablarni 
bajaradi. Uning vazifasi oshxona ishini muvofiqlashtiradi, taomnomani ishlab 
chiqadi. Taomnoma tuzadi va unga qo‘shimcha taomlar kiritadi, mahsulotlar va 
kerakli narsalarning xarajatlarini tahlil qiladi hamda nazoratini olib boradi, bosh 
menejer bilan birgalikda marketing tadqiqotlari ustida ishlaydi, katta hamda maxsus 
tadbirlar uchun o‘zi taomlar tayyorlaydi. 
U quyidagi talablarga javob beradi: 

ijodkorlik, ijodiy yondoshuvlikka egaligi; 

taom tayyorlash bo‘yicha yuqori tajribaga egaligi; 

boshqaruv sohasida ish tajribasining mavjudligi. 
Shuningdek, bosh oshpaz restoran xodimi sifatida har kunlik oshxonadagi 
jarayonlar va ishlar uchun mas’ul bo‘lib, bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 
Bosh oshpaz lavozimiga oliy ma’lumotli va shu sohada ish tajribasiga ega bo‘lgan 
yoki o‘rta ma’lumotga ega hamda ko‘p yillik tajribali xodim tayinlanadi.
Bosh oshpaz quyidagilarni bilishi shart: 

ovqatlantirish korxonalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan davlat tomonidan 
ishlab chiqilgan qarorlar, buyruqlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi; 

taom va qandolat mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarni bilishi; 

sanitariya - gigiyena va texnologik talablar, taom hamda qandolat 
mahsulotlari ro’yxatini bilishi; 


117 

har kunlik va parxez taomlar asosini bilishi; 

taomnoma tuzish tartibini bilishi; 

buxgalteriya xisobi va mahsulotlarni berish qoidalarini bilishi; 

xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar iste’moli me’yorini bilishi; 

taom va qandolat mahsulotlari kalkulyatsiyasi va uning narxini bilishi; 

tayyor, yarim tayyor va xomashyo mahsulotlarini saqlash muddati hamda 
qoidalarini bilishi; 

texnika asbob - uskunalar, oshxona anjomlari va boshqalarni ishlash 
tamoyillari hamda ularni ishlatish sharoitlarini yaxshi bilishi; 

ovqatlantirish korxonasi iqtisodiyoti, mehnatni tashkil qilish asoslari va 
ichki - tartib qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qonun - qoidalarini bilishi kerak. 
Bosh oshpazning vazifalariga quyidagilar kiradi: 

ovqatlantirish korxonalari mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha xo‘jalik 
faoliyatni boshqarishi; 

ovqatlantirish korxonasi talabiga muvofiq mahsulotlar assostimenti va 
sifatini ta’minlab berishi. 
Bosh oshpazning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 

talabni o‘rgangan holda taomnoma tuzish va turli xildagi taomlar va 
qandolat mahsulotlari assortimenti bilan ta’minlash; 

yangi taomnomani ishlab chiqish; 

texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi, taom tayyorlash, uni 
tayyorlashda ishlatiladigan asbob - uskunalar ishini yaxshi bilishi

belgilangan tartibda xisobotlar tayyorlash; 

oshpaz va ishlab chiqarishdagi boshqa xodimlarning ishga chiqish jadvalini 
tuzish va uni amalga oshirish; 

taom tayyorlash texnologiyasi va boshqa ishlab chiqarishga doir bo‘lgan 
savollar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish; 


118 

ishchilarning mehnatni muhofaza qilish huquqi va me’yorlarini, sanitariya 
talablari va shaxsiy gigiyena qoidalarini, mehnat intizomi, ishda tartib - qoidalarga 
rioya qilishlarini nazorat qilish. 
Bosh oshpaz quyidagi huquqlarga ega: 

tashkilot rahbari loyiha qarorlarining muhokamasida ishtirok etish; 

sifat tekshiruvi va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; 

belgilangan qoidalar va ko‘rsatmalarga muvofiq ish tugallanganligini 
(belgilangan talablarga bo‘ysunmasa va qoidani buzgan holatlarda) talab qilishi, 
kamchiliklarni tuzatish, qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha buyruq berish; 

majburiyatlarni bajarishga tegishli bo‘lgan savollar muhokamasida 
qatnashish; 

o‘z vakolati doirasida hujjatlarni imzolash; 

ishlab chiqarish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish. 
Bosh oshpaz quyidagi javobgarliklarga ega: 

noto‘g‘ri qilingan ishlar uchun mehnat qonuni hujjatlarida ko‘rsatilgan 
tartibda o‘z vazifalarini bajarishi

o‘z faoliyati davomida qonunga qarshi ish sodir etganligi uchun amaldagi 
ma’muriy, jinoiy va fuqarolik qonunlari hujjatlariga muvofiq javobgar; 

taom tayyorlash texnologiyasi, iste’molchilar sog‘ligiga zarar yetadigan 
past sifatli xomashyo va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishi natijasida yuzaga 
keladigan barcha oqibatlarga shaxsan javobgardir.

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling