O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoran biznesi faoliyatida ishlab chiqarish bo‘yicha


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

3. Restoran biznesi faoliyatida ishlab chiqarish bo‘yicha
menejerning vazifalari 
 
Restoranlarda samarali faoliyatini yuritishda ishlab chiqarish bo‘yicha 
menejerning o‘rni ham beqiyosdir. U o‘z vakolati doirasida zimmasidagi ma’lum 
vazifalarni bajaradi. Ular: 
 mijozlar ehtiyojini o‘rganish; 
 xomashyodan unumli foydalanishni ta’minlash, yuqori sifatli taom 
tayyorlashda pazandachilik qoidalariga, texnologik ko‘rsatmalariga amal qilish
 mavjud mahsulotlar assortimentini xisobga olgan holda taomnoma tuzish, 
taomlar navini belgilash xodimlarning ishga chiqish jadvalini tuzish, ularni joy - 
joyiga qo‘yish; 
 ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyena qoidalariga qarab, mehnatni 
muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga rioya qilishni tashkil etish
 mahsulot va moddiy boyliklarni sarflash bo‘yicha o‘z vaqtida 
buxgalteriyaga xisobot berish va b. 
Ishlab chiqarish bo‘yicha mudir ishlab chiqarish korxonalari ishiga rahbarlik 
qiladi. U texnologiya qoidalariga binoan taom tayyorlash, sanitariya - gigiyena 
qoidalariga rioya qilish, xodimlarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish o‘rniga 
joylashtirish, ishlab chiqarish bo‘yicha boshliqlar va ofitsiantlar boshlig‘ining 
noto‘g‘ri buyruqlarini bekor qilish huquqiga egadir.
Ishlab chiqarish bo‘yicha menejer o‘z vakolati doirasida zimmasidagi ma’lum 
vazifalardan tashqari zamonaviy bilim va ko‘nikmalaga ega bo‘lishi, hozirgi zamon 
talablariga to‘liq javob bera olishi kerak.


112 
Xulosa. Keltirilgan ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, yildan yilga 
ovqatlantirish korxonalarining har xil ko‘rinishdagi turlari ko‘payib bormoqda. 
Bunda, albatta, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Nafaqat 
boshqaruvchi menejerlar, balki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham yangi o‘zgarishlar 
va talablarga doimo professional darajada tayyor turishlari lozim. Bu esa barcha 
turdagi restoranlar va ovqatlantirish korxonalarining kelajakda muvafaqqiyatli 
faoliyat yuritishiga turtki bo‘ladi. 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling