O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova
Restoran biznesi faoliyatida menejerning tutgan o‘rni
Download 6.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Restoran menejeriga xos fazilatlar
2. Restoran biznesi faoliyatida menejerning tutgan o‘rni
Malakasi yuqori bo‘lgan, nozik va xushmuomalali xodim restoranni xalq orasida obruyini yuqori tutishda muhim xisoblanadi. Agar xodim mijozlarga haqiqatdan ham yuqori darajadagi xizmatni ko‘rsatsa, mijozlar restorandan yaxshi taassurot bilan ketadilar. Restoranni boshqarish insonlarga ko‘rsatiladigan faoliyatdir. Bu ishdan maqsad mijozlarning talablariga mos keladigan xizmatni ko‘rsatishdir. Mijozlar yeyib - ichish kabi ehtiyojlaridan ko‘ra ko‘proq ma’naviy, ya’ni o‘zlariga ko‘rsatiladigan xizmat, muomala, xushfe’llik kabi sifatlardan mamnun bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Shuning uchun ham mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularga bo‘lgan 107 munosabat, taomning sifati va uning ko‘rinishi ham muhimdir. Restoran faoliyatini davomli tashkil qilishda eng asosiysi malakali xodimlarga ehtiyoj bo‘ladi. Restoran xizmatini tashkil qilishda restoran xodimlaridan talab qilinadiganlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: har doim eng yuksak mavqega erishish; xodimni o‘z ishiga ko‘proq yondoshishi; yangi fikrlarni o‘rtaga tashlash; xodimni o‘z ustida doimo ishlashi va yangiliklardan xabardor bo‘lishi; yangi ishga kirganlarga yordam berish va ularga o‘z tajribalarini o‘rgatish; ish jarayoni va tarkibiy tuzilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Restoran boshqaruvi muvofaqqiyatli bo‘lishida menejerning o‘rni muhim xisoblanadi. Chunki yaxshi xizmat o‘z - o‘zidan amalga oshmaydi. Restoran faoliyati oldindan rejalashtirilib, boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish natijasida vujudga keladi. Bunda esa restoran menejeriga katta mas’uliyat yuklanadi. Menejer restoranni boshqarishdagi birinchi shaxs xisoblanadi va bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. U menejment mutaxassisligi bo‘yicha oliy malakali yoki nazariy va amaliy menejment bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan, shuningdek, ovqatlantirish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Bulardan tashqari restoran menejeri quyidagi fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozim (2-rasm). Menejerning vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xo‘jaligi va moliyaviy - iqtisodiy faoliyatni yuritishi; ovqatlantirish korxonasining boshqaruv tizimi va uning faoliyati; ovqatlantirish korxonasida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun shart - sharoitlarni yaratish; mijozlarga yaxshi xizmat ko‘rsatish va ularga etarlicha shart - sharoitlar yaratishni ta’minlash. 108 2-rasm. Restoran menejeriga xos fazilatlar Restoran menejeri quyidagilarni bilishi kerak: ovqatlantirish korxonalari foliyatiga tegishli bo‘lgan davlat tomonidan ishlab chiqilgan qarorlar, buyruqlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi; ovqatlantirish korxonasiga tegishli bo‘lgan me’yoriy va texnologik hujjatlashtirish ishlarini bilishi; ovqalantirish korxonasining xizmatlarini ishlab chiqish va uni realizatsiya qilish qoidalarini bilishi; ovqatlantirish korxonasining mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyasini bilishi; Download 6.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling