O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Restoran biznesi faoliyatida menejerning tutgan o‘rni


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

2. Restoran biznesi faoliyatida menejerning tutgan o‘rni 
 
Malakasi yuqori bo‘lgan, nozik va xushmuomalali xodim restoranni xalq 
orasida obruyini yuqori tutishda muhim xisoblanadi. Agar xodim mijozlarga 
haqiqatdan ham yuqori darajadagi xizmatni ko‘rsatsa, mijozlar restorandan yaxshi 
taassurot bilan ketadilar. 
Restoranni boshqarish insonlarga ko‘rsatiladigan faoliyatdir. Bu ishdan maqsad 
mijozlarning talablariga mos keladigan xizmatni ko‘rsatishdir. Mijozlar yeyib - ichish 
kabi ehtiyojlaridan ko‘ra ko‘proq ma’naviy, ya’ni o‘zlariga ko‘rsatiladigan xizmat, 
muomala, xushfe’llik kabi sifatlardan mamnun bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib 
qo‘yadilar. Shuning uchun ham mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, ularga bo‘lgan 


107 
munosabat, taomning sifati va uning ko‘rinishi ham muhimdir. Restoran faoliyatini 
davomli tashkil qilishda eng asosiysi malakali xodimlarga ehtiyoj bo‘ladi.
Restoran 
xizmatini 
tashkil 
qilishda 
restoran 
xodimlaridan 
talab 
qilinadiganlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 

har doim eng yuksak mavqega erishish

xodimni o‘z ishiga ko‘proq yondoshishi; 

yangi fikrlarni o‘rtaga tashlash; 

xodimni o‘z ustida doimo ishlashi va yangiliklardan xabardor bo‘lishi; 

yangi ishga kirganlarga yordam berish va ularga o‘z tajribalarini o‘rgatish; 

ish jarayoni va tarkibiy tuzilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. 
Restoran boshqaruvi muvofaqqiyatli bo‘lishida menejerning o‘rni muhim 
xisoblanadi. Chunki yaxshi xizmat o‘z - o‘zidan amalga oshmaydi. Restoran faoliyati 
oldindan rejalashtirilib, boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish natijasida vujudga keladi. 
Bunda esa restoran menejeriga katta mas’uliyat yuklanadi. Menejer restoranni 
boshqarishdagi birinchi shaxs xisoblanadi va bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 
U menejment mutaxassisligi bo‘yicha oliy malakali yoki nazariy va amaliy 
menejment bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tgan, shuningdek, ovqatlantirish 
sohasida ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Bulardan tashqari restoran menejeri 
quyidagi fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozim (2-rasm). 
Menejerning vazifalariga quyidagilar kiradi: 

ishlab chiqarish xo‘jaligi va moliyaviy - iqtisodiy faoliyatni yuritishi; 

ovqatlantirish korxonasining boshqaruv tizimi va uning faoliyati; 

ovqatlantirish korxonasida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun shart - 
sharoitlarni yaratish; 

mijozlarga yaxshi xizmat ko‘rsatish va ularga etarlicha shart - sharoitlar 
yaratishni ta’minlash. 


108 
2-rasm. Restoran menejeriga xos fazilatlar 
Restoran menejeri quyidagilarni bilishi kerak: 

ovqatlantirish korxonalari foliyatiga tegishli bo‘lgan davlat tomonidan 
ishlab chiqilgan qarorlar, buyruqlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi; 

ovqatlantirish korxonasiga tegishli bo‘lgan me’yoriy va texnologik 
hujjatlashtirish ishlarini bilishi; 

ovqalantirish korxonasining xizmatlarini ishlab chiqish va uni realizatsiya 
qilish qoidalarini bilishi; 

ovqatlantirish korxonasining mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyasini 
bilishi; 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling